Yorlardin qilibon ram go’yo, Bo’Idung ag’yorga hamdam go*yo. Xayli ushshoqki mardud yetting, Bormen ul xaylda men ham go*yo. Dudi oh ichra qora kiymishlar, . Bo’ldi ishq ahlig’a motam go’yo. , Buki, devona ko’ngul sevdl pari, Bevafodur bani odam go’yo. Girdi bolish anga xurshid o’ldi, , Ul erur Isoi Maryam go’yo. Olam asbobi uchun g’am emagil, Arzimas bungacha olam go’yo. Ey Navoiy, buki, aylandi habib, Yo’qtur ul zahmga malham go’yo. (6, 25).
azal y yetti bayt, o’n to’rt misradan iborat. Taxallusli, mazmuniga ko’ra oshiqona-orifona. Chunki unda har ikkala ishqqa ham moyillik seziladi. Butun she'r davomida «go'yo» radif bo’lib kelgan. Radifni she'riyatning shunchaki zohiriy unsuri sifatida qabul qilish yaramaydi. Salohiyati bor ijodkor qo’Uda she'rga olib kirilgan har bir belgi yoxud so’z o’z muayyan vazifasini bajaradi. Bunday g’azallarda muallaq yoxud betaraf turuvchi ishorani topish noimkon bo’lib qoladi. Ko’chirganimiz g’azalda radif zimmasiga katta mas'uliyat yuklatilgan. U g’azal ohangini belgilashi shart. «Go’yo» zamirida gumon maylidan tashqari, muayyan bir holatni ko*ra turib, ko’rmaslikka olish va uni tusmoilab so’rash tuyg’usi ham yashiringan. Mumtoz she'riyatda shoir tomonidan tutilgan bunday yo'l tajohuli-orif san'ati deyiladi. Ko’rinadiki, ulug’ shoirning sohir qalami g’azal matlaidayoq mazmunni bolliq yuzaga chiqamvchi she'riy san'atlar lashkarini safga tizib qo’yadi:
Yorlardin qiiibon ram go*yo, Bo’Idung ag’yorga hamdam go’yo. Matladagi «ram» va «ag’yor» izoh talabdir. Birinchisining «hurkish», «cho'chish», «qo'rqish» singari ma'nolari bor. Ag’yor esa (g’ayri, o’zga, raqib) mumtoz she'riyatdagi yetakchi obrazlar — oshiq-u ma'shuqalar borjoyda hozir-u nozir, ularsuvini loyqalatuvchi, rashk qo’zg’atuvchi, oshiq qalbida shubha tug’diruvchi timsoldir. Ijod ahli esa ayni urinishlar bilan muhabbat otashini shu'lalantirishga harakat qilishgan. Ishq yonida jindak rashkning bo’Iishi oshiqlik darajasini belgilashda mahaki imtihon (tamal toshi) vazifasini o’taydi. Oshiq iltijolariga parvo qiimagan ma'shuqa go’yo ag’yorga «qiyo boqadi». Bunday urinish ravshanki, oshiqqa ham yoqmaydi va u yor payidagi seigak harakatini davom ettiradi. Ba'zan ginaxonlik ham qilib qo’yadi. Shunday manzara tahlil qiiayotganimizg’azal matlaida ko’zga tashlanadi. Oshiqning kelayotganini ko’rgan ma'shuqa o’zini atayin uni ko’rmaslikka oladi va qasddan ag’yorlar tomon yura boshlaydi. Mahbubaning bunday raftori oshiq nigohida qo’rqoqlik, aniqrog’i, va'daxiloflik bahosini oladi. Ulug’ shoir shu o’rinda tazod (qarshilantirish) san'atiga tayanadi. Ma'shuqaning oshiqdan «yuz o'girishi» va ag’yorga qarab yuz burishi lavhalari ifodasida bu (tazod) badiiy tasviriy vositasining o’rni yorqin nazarga tashlanadi. Shu o’rinda yana bir hodisani aytish joiz ko’rinadi. Mumtoz g’azallarimizda deyarli hamisha ma'shuqa jafokor, oshiq jafokash
qiyofasida namoyon bo’Iadi. Mushohadalarimizga asos bo’lgan baytda ham xuddi shu manzara mavjuddir. Yana an'anaviy mumtoz g’azallarda mahbubaning o’zi shaxsan ko’rinmaydi. Uning yaxshi-yomon jihatlari haqidagi xabar oshiq tilidan keltiriladi. Tahlil qilinayotgan g’azalda ham shunday holat nazarga tashlanadi.
Ma'shuqaning jafokorligi esa o’z izohlariga ega. U ishqday ulug’ insoniy tuyg’uga yengil-elpi qaramaydi. o’'ziga munosib yor tanlash ilinjida ruhiy qiynoqlarga dosh beradi. Hijronning shunday murakkab azoblarini oshiqning ham boshiga soladi. Ana shu jarayonlar ishq ahlini ikkiga — bardoshli, bosiq hamda qo’nimsiz, bulhavas oshiqlarga ajratadi. AJisher Navoiy talqinidagi aksariyat oshiqlar o’sha tasnifning birinchi guruhiga mansubdir. azalning keyingi satrlarida ma'shuqasidan shikoyat qilayotgan oshiqning ruhiy holati o’z ifodasini topgan: