Rahim Vohidov, Husniddin Eshooqutov


Kichik she'riy asarlari: qifa, ruboiy, tuyuq va lug’/ (chiston)lar



Download 3,81 Mb.
bet87/188
Sana23.05.2022
Hajmi3,81 Mb.
#607255
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   188
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI

8.3. Kichik she'riy asarlari: qifa, ruboiy, tuyuq va lug’/ (chiston)lar
«Xazoyin ul-maoniy»ning ko’plab sahifalari kichik she'riy asarlar bilan faezalgan. Bular orasida qifaning alohida o’rni bor. Arabcha «parcha», «bo'lak», «pora» ma'nolarini anglatgan bu so’z istiloh sifatida ikki va undan ortiq baytlardan tashkil topgan, juft misralari o’zaro qofiyalanuvchi ( a-b~v-b-s-b...) she'riy shaklga nisbatan qo’llanadi. Qifa-boshsiz (matlasiz) g’azal ham deyiladi. Bu janr arab, fors-tojik va turkiy xalqlar adabiyotida keng qo’llanilgan she'riy shakllardan biridir. Mavzular olami rang-barang bo’lgan qit'alarda ko’pincha shoirlarning falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta'limiy ilohiy-irfoniy qarashlari ifoda etiladi. Sharq mumtoz adabiyotida qifa alohida j'anr sifatida amal qiladi va axloqiy-ta'Iimiy, falsafiy-maMfiy qarashlar ifoda etilgan nasriy badiiy, tarixiy-memuar, pandnoma asarlar, shuningdek, devonlarning debochalari tarkibida ham uchraydi. Odatda, ijodkorlar bunday asarlarda ma'lum bir masala yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalarini yakunlash, umumlashma-xulosalarini bayon etish maqsadida qit'adan foydalanishgan. Qit'aning bunday xususiyati «qissadan hissa* chiqarish vazifasini bajarishga safarbar etilgan,
Alisher Navoiyning sohir qalami qit'aning o’zbek mumtoz sheMyatidagi yetakchi janriaridan biriga aylanishini ta'minladi. Bu ulug’ so’z san'atkoriga qadar Yusuf Amiriyning «Bang va Chog’ir munozarasi»da (ikkita o’zbekcha), Xorazmiy «Muhabbatnoma»sida (bitta) va Mavlono Lutfiy devonida qit'a janriga mansub asarlar mayjudligi kuzatiladi. Alisher Navoiy turkiy adabiyotda juda kam qo’llanilgan bu
adabiy janrning yuzlab mumtoz namunalarini ijod etdi. «Xazoyin ul-maoniy»da 210 ta qifa mavjuddir. Yig’ma devonlar «Debocha»sida kelgan qit'alar esa yuqorida ko’rsatilgan raqamga qo’shilmagan. Bulardan tashqari, «Mahbub ul-qulub», «Arbain hadis» va boshqa asarlar tarkibidagi qifalar ham nazarda tutilsa, ularning soni uch yuzdan ortadi. Chunki «Aibain hadis»ning o’zida Janobi rasuli akramning axloqqa doir qirq hadisi qirq qifa shaklida o’zbek tiliga o’girilgan va keng kitobxonlar ommasiga taqdim etilgan.
«Xazoyin ul-maoniy» tarkibida kelgan qifalar ulug’ shoirning muayyan vaziyatdagi kayfiyatini, juda chuqur falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta'limiy, ilohiy-irfoniy qarashlarini badiiy ifoda etganidan kelib chiqib aytish mumkinki, ular daqiqnazar ijodkorning hayotga yanada teran nigoh bilan qarashi mahsuli sifatida vujudga kelgan. Awalo, yig’ma devonlarga kiritilgan har bir qit'adan oldin nasriy sarlavhalarning berilishi o’sha qit'alar mazmunining mukammalligini ta'min etgan. Qit'adagi baytlar va ularning badiiy nasriy sarlavhasi shoir aytmoqchi bo’lgan fikrni o’quvchi ko’z oldida to’laqonli namoyon bo’lishida xolis xizmat qiladi. Buning uchun o’sha sarlavhalarning shoir tomonidan maqol, hikmatli so’z darajasiga ko’tarilganligi, ularning mualif tarjimai holi va ijodi bilan aloqadorligi hamda payg’ambar hadislari bo’liq g’oyalarini she'riy tarzda ifodalashga qaratilganligi kabi juda ko’plab fazilatlar shunday mukammallikning vujudga kelishiga asos bo’lgan. Quyida nomlari keltirilgan qit'alar sarlavhalari fikrimizning yorqin dalilidir: «Yomon yomonlig’ini qilmasa, yaxshilig’cha bor va bir yaxshilig’ qilsa o’n yaxshilig’ qiliqcha», «Falokatdin ayog’iga kafsh bo’lmag’ong’a chun kafsh uchun ayog’i bor, shukr vojibdur», «Do’stdinkim dushman xayi bo’Ig’ay, dushman yaxshiroqdurki, do’st ro’yi bo'Ig’ay», «o’ziga bu mulkdin yetgan balolar toshi ozori, bosh olib o’zga mulkka borurning izhori», «Majozdin maqsudi haqiqat ekani izhor qilmoq va suratdin g’araz ma'ni ekonin iqror qilmoq», «Annosu' 'alo dini muluk» hadisining ta'siri» va hokazolar shular jumlasidandir. Ko’chirilgan sarlavhalarning o’zi Alisher Navoiy qifalarining mavzular ko’lami juda kengligini tasdiqlaydi. Shoirning o’zi ham shu janrda yoziigan she'rlarining o’shanday fazilatini quyidagicha e'tirof etadi:
Bu qit'a o’z qifalari ta'rifidakim, bu ham alardin birdu va ta'rif bunga ham sodiq kelur

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish