Mundoq muqattaotkim, men yig’misham, erur Har bir hadiqai xirad aylar uchun farog*.
Majmuin uyla kishvari anglaki, sathini, Hikmat suyidin aylamisham qit'a-qit'a bog*. (6, 520) She'rning sarlavhasidan anglashiladiki, shoir qalami tuhfa qilgan qit'alarning mohiyatini izohlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Baytlardagi mazmun quyidagicha: men shunday qifalar yig’dimki (yozdimki), ularning har biri xotirjam yashash uchun bir aql bog’idir. Barchasini bir mamlakat sifatida tasawur qilsang, iming hududini hikmat suvidan sug’orib bo’lak-bo’lak bog’ qildim. Alisher Navoiy qifalarining barchasini bir mamlakatga o’xshatar ekan, qit'a so’zining lug’aviy ma'nosidan kelib chiqib, ularni shu mamlakatdagi bo’lak-bo’lak bog’larga qiyoslaydi. Bu bog’lar hikmat suvi bilan sug’orilganligi bois insonlarning osoyishta umr kechirishlari uchun xizmat qiladi. Baytlarda keltirilgan «hikmat» so’zi alohida e'tiboiga molikdir. U «bilim», «donolik», «falsafa», «sir», «ilohiy ilm», «mohiyat» singari ma'nolarni anglatadi. Bulardan tashqari, Qur'oni karim-Allohning hikmati, ilmi va sirlarining bayoni tarzida ham talqin qilinadi. Ayni paytda bu so’z Alisher Navoiy qifalari xalqimiz milliy qadriyatlarining ajralmas bo’lagi sanalgan islom dinining umumbashariy g’oyalari bilan sug’orilganiga ishoradir. Zero, ulug’ shoir devonlari tarkibidan hamd, na't yo’nalishidagi qifalarning o’rin olganligi ham bu fikrni yanada quwatlantiradi. Anglashiladiki, ilohiy mavzuda yozilgan qifalar ulug’ shoir devonlarida salmoqli mavqega ega. Shunday qifalarning birida Alisher Navoiy komil musulmon sifatida o’z ruhiy isyonining shiddati va ko’nglini aytib, haqning karami kengligi hamda bandasini avf qilishi osonligini sarlavhadayoq bayon qiladi. Undagi baytlardan asosiy mazmun-mohiyat shoirning Allohga munojoti sifatida tasvirlanadi: Qilibmen oncha isyonkim, agar do*zax aro kirsam, Mening behad gunohim birla do*zax sarbasar bo’lg’ay. Xudoyo, avf osonroqdurur, yo’qsa g’azab qilsang, Magarkim o’zga do’zax, o*zga o’t, o’zga azob bolg’ay.
(5, 504-506).
Alisher Navoiy zamonasining ulug’ mutafakkiri sifatida qifalarida adolatli shoh, ota-ona hurmati, ilm-ma'rifatni egallash, yaxshi axloq egasi bo’lish, yomonlik va yomonlardan uzoq bo’lish singari mavzularni qalamga oladi. Shubhasizki, bunday qifalar markazida barcha zamonlar uchun birday orzu bo’lib kelgan komil inson g’oyasi turadi. Shoir «Hukamo qalbining tarjimasi insoniyat bobida» («Donishmandlarning insoniyat haqidagi fikrlari tarjimasi») nomii qit'asida komil inson uchun
uch narsa muhimligini e'tirof etadi. Bular: tavoze' (izzat-ikrom, ehtirom), kamtarlik, kechirimli bo’lish, bergan hadyasini minnat qilmaslik. Shoirning fikricha, tavoze' - kamtarlik himmat-u saxovatni ahli davJat ham odat qilsalar nur ustiga a'lo nur bo’lur edi: i Tavoze' yaxshi, ammo yaxshiroqdur, Agar da'b etsa ani ahli davlat. Erur ham avf xo’b-u xo’broq ul Ki, /ohir bo’Ig’ay el topqanda qudrat ; Ato ham turfa ishdur turfaroq bil, Agar yo’qtur aning yo’qdur yonida minnat. Hakim insoni komil debtur ani v Ki, bo’lg’ay zotida bu necha xislat. (4, 523). Alisher Navoiy qifalari nafaqat mazmundorligi, balki badiiy mahoratining yuksakligi bilan ham noyob san'at namunalari sanaladi. Shoir ko’pincha qifaning ilk baytida keltirilgan tayanch g’oyani o’quvchiga yetkazish, uning his-tuyg’ulariga so’zning ilohiy sehri bilan ta'sir etish maqsadida hayotiy tamsil (misol keltirish)lardan g’oyat ustalik bilan foydalanadi. Buning uchun shoir qit'ada ifodalangan tayanch g’oyaga uyg’un borliqdagi voqea, hodisa, narsa, hayvonot olami kabilardan tashbehlar izlaydi. Yuqorida ta'kidlanganidek, Alisher Navoiy hayotga o’ta teran nigoh bilan nazar tashlagani bois mutafakkirona fikrlariga mos borliqdagi favqulotda o’xshashliklarni kashf etadi. Shunday qilib, ana o’sha muqoyasalar qifada o’z ifodasini topib, she'rcon qalbini to’lqinlantiradi. Aytilganlar nuqtai nazaridan shoirning «Oz-oz demakning manfaatida-vu va ko’p so’zning manzarratida» nomli qifasi ahamiyatlidir:
Navoiy, tiling asrag’il zinhor, Desangkim, yemay dahr ishidin fusus. Nazar qilki, o*q og’zi tilsiz uchun, Qilur tojvarlar bila dast bo's. Necha tojvardur kesarlar hoshin, Chu hangomsiz nag’ma tortar xurus (3, 549-550). Ilk baytda ulug’ shoir dunyo ishlaridan afsuslanmaslik uchun tilingni zinhor asragil,-deya o’z-o’ziga murojaat etadi. Qit'a to’la ma'noda til odobiga bag’ishlangan bo’lib, ilohiy ne'mat til va so’zni qadrlash, beliuda gapirishning zarari ko’plab nozik badiiy ishoralarda o’z ifodasini topgan. Alisher Navoiy qifasining muvaffaqiyatini uning keyingi baytlarida keltirilgan ikki tamsil tashkil qiladi. Dastlab ulug’ shoir she'rxon
274
diqqatini o’qqa qaratadi. Uning uchini og’izga tashbeh qilib, unda til yo'q ekanligi nafis ta'kid qilinadi. Ayni choqda bu sukut saqlash, kam so’zlash tilni ehtiyot tutishni ham anglatadi. Boya ta'kidlangan o’q shu «fazilati» tufayli podshohlar bilan qo'lma-qo'l ko’rishish sharafiga mussar bo’ldi. Keyingi tamsil esa tahlil qilayotganimiz tamsil bilan ma'no jihatidan zidlik hosil qiladi. Unda ta'kidlanishicha, xo’roz qanchaHk tojdor bo’lsa ham, bevaqt qichqirgani uchun boshi kesiladi. Ayni baytda tamsilni irsoli masal san'ati misra mag’ziga xalq maqoli mazmunini singdirish bilan quwatlantirib kelgan. Ko’rinadiki, Alisher Navoiy qifada badiiy san'atlar, jumladan, tamsillarni kitobxonga aytish lozim bo’Igan g’oyani yuzaga chiqarishda mohirlik bilan xizmat qildiradi. Ulug’ shoir qifalarining g’oyaviy mazmun va badiiy mahorat jihatidan mukammalligi mazkur adabiy shaklning o’zbek mumtoz she'riyatining faol janrlaridan biriga aylanishiga zamin hozirlaydi.
Alisher Navoiy ruboiy janrida ham barakali ijod etgan ulug’ so’z san'atkoridir. «Xazoyin ul-maoniy»ning birinchi devoni «G'aroyib us-sig’an->da 133 ruboiyga o’rin berilganligi o’shanday xulosaga kelish huquqini beradi. Shuningdek, mazkur devon «Debocha»sida o’ttiz, «Nazm ul-lavohii» tarkibida ikki yuz oltmish oltita hamdaboshqa ilmiy, badiiy, tarixiy asarlari bag’rida ko’plab turkiy tilda bitilgan ruboiylar uchraydiki, ayni dalillar ulug’ shoirning bu jamga yuksak muhabbatidan darak beradi. Shoirning «Devoni Foniy» va yana boshqa asarlarida keluvchi fonsiy ruboiylarining umumiy miqdori esa yuzdan oshaadi. AngJashiladiki, Alisher Navoiy she'ritida ruboiy janri ham o’ziga xos o’rin va mavqega egadir.
Arabcha «to'rtlik» ma'nosini anglatuvchi bu so’z adabiy istiloh sifatida to’rt misradan tarkib topgan, satrlari a-a-b-a yoki a-a-a-a tarzida qofiyalanuvchi hazaj bahrining «ahram» va «ahrab» shajaralaridan birida (ularning 24 ko’rinishi mavjud) bitiladigan she'riy shakJga nisbatan qo’llaniladi. Alisher Navoiy «Mezon ul-avzon» asarida ruboiyni «dubaytiy» va «tarona» nomlari bilan ham atalishini eslatib o’tadi. Mumtoz manbalarda qayd etilishicha, fors-tojik adabiyotida ruboiyning dastlabki namunalarini Abu Abdulloh Ro’dakiy va Shohidi Balxiylar ijod etishgan. Shubhasizki, ruboiyning adabiy janr maqomida yozma adabiyotda shakllanishida Abu Ali ibn Sino ham salmoqli hissa qo’shdi. Mazkur janming g’oyaviy-badiiy ravnaqi, falsafiy-irfoniy yo’nalishining teran ildiz otisM esa Uniar hayyomning nomi bilan chambarchas bog’liqdir.
Turkiy adabiyotda mumtoz she'riyat nazariyasi talablariga to’la javob beruvchi ruboiy namunalari Mavlono Lutfiy devonida uchraydi. Bu adabiy
shaklning nomlanishida arabcha so'z asos qilib olingan bo’lsa-da, o’zbek mumtoz adabiyoti tarixi, xususan, xalq og’zaki ijodida ruboiyning tayanch ma'no-mohiyatiga uyg’un hamda qofilanishi bir xil bo’lgan to’rtliklarni juda ko’plab uchratish mumkin. Jumladan, Mahmud Qoshg’ariyning «Devoni lug’otit turk», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig», Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq», Rabg’uziyning «Qisasi Rabg*uziy» asarlaridagi to’rtliklar bunga misol bo’la oladi. Bu to’rtliklarning ruboiylardan jiddiy farqi, faqat ularning vaznidadir. Shunga qaramay, mazkur to’rtliklar o’zbek adabiyoti tarixida mumtoz ruboiy janrining shakllanishi va ravnaqi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Alisher Navoiy ruboiynavislikda turkiy og’zaki va yozma adabiyot tajribalari hamda fors-tojik adabiyotining bu boradagi boy adabiy an'analarini teran o’rganib, ruboiyning yuzlab mumtoz namunalarini ijod etdi. Shoir qalamiga mansub ruboiylar asar niuaUifining mavjud an'analar doirasida cheklanib qolmay, masalaga ijodiy yondoshganligidan dalolat beradi. XV asrning ikkinchi yarmiga qadar o’zbek mumtoz adabiyoti tarixida asosan ishqiy mavzuda bitilgan ruboiylarni uchratish mumkin edi. Alisher Navoiy she'riyatida esa bu adabiy shaklda ijod etilgan asarlarning mazmun-mohiyati, mavzular olami ancha kengaydi. Ularda hamd, na't, falsafiy-maVifiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-taMimiy mavzular qalamga olinib, yangi-yangi badiiy obrazlar, timsol-u tamsillar vositasida yetakchi g’oyalarning o’quvchi shuuriga yuksak san'atkorlik bilan yetkazilishiga erishildi. Ulug’ shoir raboiylari, ayniqsa, ijodkor tarjimai holiga oid qaydlar hamda ijtimoiy ohanglarga juda ko’p murojaat etilganligi bilan ahamiyatlidir. She'r qahramoni ijodkorning ruhiy-ma'naviy olami bilan nafas olgani tufayli ularda qalamga olingan zamon va ahli zamonga munosabatdek dolzarb mavzular vositasida adibning hayoti bilan bog’liq ma'lum bir lavhalarga ishora etilganligini ilg’ash irmmkin. Biroq bu ishoralarning ulug’ shoir hayotining qaysi fasli bilan aloqadorligini aniqlash juda mushkul. Bunday holatlarda satrlardagi ba'zi so’zlarga tayanib, ma'lum bir taxminiy xulosani bayon qilish imkoniyati vujudga keladi, xolos. Fikrimizni quyidagi ruboiy tahlili jarayonida quwatlantirishimiz mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |