8.5. «Devoni Foniy»ning tuzilishi, janriy tarkibi va g’oyaviy-badiiy
xususiyatlari
Adabiyotimiz tarixida Alisher Navoiyning tabamik nomi zullisonayn ijodkor sifatida ham qadrlidir. Shoir bu sharafli unvonga boy ma'naviy merosi tufayli sazovor bo’ldi. U fors-tojik tilini puxta bilibgina qolmay, qadimiy an'analarga boy bu tilning imkoniyatlaridan liam durustgina xabardor edi. Buni ulug’ adibning «Muhokamat ul-lug’atayn» asari to’la tasdiq etadi. Asar forsiy va turkiy tillar bilimdonining shu ikki lisonning ichki imkoniyatlarini o’zaro qiyoslash asosida bildirgan umumlashma-xulosalari zaminida vujudga keldi. Shuningdek, Alisher Navoiyning fors-tojik tilidagi asarlari «Devoni Foniy» (Ba'zi manbalarda to’plam «Devoni forsiy» tarzida ham tilga olinadi. Bunday nom ilmiy haqiqatga zid) nomi bilan mukammal bir to’plam tusini oldi. Devonning mundarijasi xususida muallifning o’zi «Muhokamat ul-lug'atayn» asarida shunday mulohaza yuritadi: «Yana forsiy g’azaliyot devoni Xoja Hofiz tavridakim, jami' suxan adolar va nazm piyrolar nazarida mustahsan va matbu'dur, tartib beribmankim, ko’prak ul hazrat she'riga tatabbu' voqe' bo'lubtur.» (Alisher Navoiy. Asarlar. 14-tom, 125-bet) Ko’chirganimiz parchadan «Devoni Foniy»ning ikki muhim xususiyati ayon bo’layotir. Bulardan birinchisi, shu to’plam tarkibidagi asarlarning aksariyati Xoja Hofiz Sheroziy g’azaliyotiga tatabbu' qilinganligi hisoblanadi. Ikkinchisi, to’pIamga kiritilgan she'rlar miqdorining (misralar sonining) olti ming baytdan ziyodroq ekanligidir.
Alisher Navoiy o’zining bu devoniga daxldor qaydlarini davom ettirar ekan, yozadi: «Va ba'zi hazrati Shayx Muslihiddin Sa'diyg’akim
g’azal tavri muhtariidur. Va ba'zi Mir Xusravg’akim, ishq otashkadasining shu'la angizidur va dard g’aribxonasining ashkrezi, Va ba'zi hazrati Maxdumi Nurang’akim, kamol avjining mehri lomiidur va mazkur bo’lg’on azizlar holatining jamiiki, bu devon xaloyiq orasida shoe'dur va ro’zg’or ahlining tab'lari ul sari roje' va anda ko’p turluk dilkash adolar va dilpazir ma'nolar voqe'durki, tafsili bu faqirdin munosib emas». (o’sha asar. 125-bet) Alisher Navoiy musulmon mintaqa she'riyati shuhratini Sharq-u arbda tanitgan yetuk ijodkorlar haqida gapirar ekan, u birgina jumlada ular nazmining o’ziga xos xususiyatini ta'kidlashga erishadi. Shuningdek, shoir «Devoni Foniy» tarkibidagi nazmiy janrlarni ham ma'lum qiladi. Shoir qaydlariga ko’ra, bu to’plam tarkibida g’azal, qifa, ruboiy, masnaviy, ta'rix, lug’z, qasida, musaddas kabi janrlarda bunyod etilgan she'rlarjamlangan. Shu bilan fair qatorda, ko’pchiligi Abdurahmon Jomiy e'tiboridan o’tkazilgan besh yuzga yaqin muammolar ham «Devoni Foniy» tarkibidan o’rin olgandir.
«Devoni Foniy»ning Uddta Parij, ikkita Turkiya, ikkita Hirot va bitta Tehron kutubxonalarida saqlanayotgan nusxalari mavjud. Adabiyotshunos Hamid Sulaymon o’z tadqiqotlarida sanab o’tilgan qo’lyozmalar o’rtasida «Devoni Foniy»ning Parij nusxalari birmuncha mukammal ekanligini e'tirof etadi. Akademik B.Valixo'jayev ana shu nusxalar asosidagi «Devoni Foniy» tarkibidagi she'rlarning quyidagicha janriy tarkibga ega ekanligini ma'lum qiladi:
«1. Debocha; 2. Qasida-lOta; 3. azaI-554 ta; 4. Musaddas-lta; 5. Marsiya-lta; 6. Qit'a-72 ta; 7. Ruboiy-73ta; 8. Ta'rix-16 ta; 9. Muammo-373 ta; 10. Lug’z-9ta. Demak, devonda jami 1109 ta asar bo’lib, ularning umumiy hajmi 6179 baytni tashkil etadi». (B.Valixo'jayev. Mumtoz siymolar. Toshkent: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2002, 122—bet). Olim devonning mukammal nusxasi hali aniqlanmaganligini asosli dalillar vositasida izohlaydi: «Bu o’rinda Alisher Navoiyning forsiy tildagi muammokr soni haqida «besh yuzga yaqin muammo» (MAT. 20-tomlik, 16-tom, 32-bet) degani e'tiborga olinib, bu Parij nusxalaridagi muammolar soni (373 ta) bilan solishtirilsa, unda Parij nusxalari ham «Devoni Foniy»ning mukammal nusxalari bo’la olmasligini ko’rsatadi. Bu fikrni Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-hig’atayn»da fonsiy she'rlari janrlari qatorida masnaviyni eslatishi va bu janrdagi asarning Parij nusxalarida uchramasligi yana bir karra tasdiqlaydi. Demak, «Devoni Foniy»ning mukammal nusxasini aniqlash hali davom etmoqda» (o’sha asar. 122-bet).
«Devoni Foniy»ning mazmun va mundarijasini belgilashda «Ixtirolai> va «O'ziga javob aytadi», «Na't», «Zamon ahli tanqidiga doir», «Zamonaning bevafoligi xususida nasihatlar», «O'sha tavrda», «Oldingi uslubda», «Mav'iza», «Ba'zi azizlarga tatabbu'», «Maxdum she'riga javob», «Amir Xusrav Dehlaviy g’azaliga tatabbuV, «Maxdumning Xoja tavridagi g’azaliga tatabbu'» singari sarlavhalar muhim ahamiyat kasb etadi. «Devoni Foniy»dagi she'rlar mavzu doirasi, g’oyaviy-badiiy qimmati, nafisligi va til boyligi jihatidan «Xazoyin ul-maoniy» qatoridan o’rin olishga sazovor. Bu ayniqsa, Navoiy—Foniyning muxtarelarida— ixtiro g’azallarida yorqin ko’zga tashlanadi. Yuqoridagi sarlavhalar shoirnlng javobiya yo tatabbu' tarzida aytilgan g’azallariga tegishli bo’lib, ulardan tashqari, devon tarkibida bevosita Alisher Navoiyning o’z kashfiyoti bo’lgan muxtare'-ixtiro g’azallar ham talaygina uchraydi. Ko’rinadiki, g’azal shoirning turkiy devonlarida bo’lgani singari «Devoni Foniy»da ham yetakchi janr sifatidagi mavqeini saqlab qolgan. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, muxtare' va tatabbu' g’azal namunalari bilan yaqindan tanishish «Devoni Foniy» haqida umumiy tasawur hosil qilishga imkon beradi. Hamid Sulaymon, Abdug’ani Mirzoyev, Rasul Hodizoda, Shoislom Shomuhammedov, B.Valixo'jayev, Rahim Vohidov, E.Shodiyev, Alisher Shomuhammedov, Yoqubjon Ishoqov kabi adabiyotshunos olimlar «Devoni Foniy»ga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlarida ulug’ shoirning forsiy she'rlari ham turkiyda bitilgan ko'p sonli asarlari singari mazmun-mohiyati, badiiyati nuqtai nazaridan g’oyatda qimmatli ekanligini e'tirof etadilar. Bu, ayniqsa, Alisher Navoiy g’azalliyotiga xos bo’lgan musalsallik-fikrni tadrijiy rivojlantirish uslubi forsiy devon tarkibidagi g’azallarning vujudga kelishi uchun ham asos bo’lganligida yaqqol ko’zga tashlanadi. «Devoni Foniy»dagi ixtiro g’azallarga mansub bo’lgan quyidagi voqeaband g’azal ham yuqorida qayd etilgan navoiyona uslubning mahsulidir:
Do'stlaringiz bilan baham: |