Jahonki marhalai tangi shohrohi fanost, Dar o’ majo’y iqomat, ki rohi shoh-u gadost. (20. 257). Ushbu misralarni quyidagicha o’zbekchalashtirish mumkin: Dunyo ayvoni inson uchun muqim manzil emas—o’tkinchi. U fanoga olib boruvchi shoh ko’chadagi muvaqqat bekatni eslatadi. Bekat esa hamisha omonatdir. Unda uzoq turish niyatida bo’lganlar qattiq yanglishadilar. Negaki, shoh yo'l chetidagi bekat tafovutni bilmaydi. U shohni ham, gadoni ham birday qabul qilib, kuzatishga mo’ljallangandir. Dunyo ayvoni-harakatdagi karvon. Bo’ynida qo’ng’irog’i bor nor tuyalar hamisha safarda. Daftari a'molidagi sehrli bitikka ko’ra, navbat- banavbat fanodan baqo olamiga ketish davom etadi... Alisher Navoiyning bunday qarashlaridan noto’g’ri xulosaga kelish yaramaydi, albatta. Qasida muallifi mo’min-musulmonlarni uzlatga, go’shanishinlikka da'vat etayotgani, o’lishdan burun o’limga ham undayotgani yo’q. Ul zoti mukarram ikki jihatdan bunday g’oyani ilgari surolmas edi. Birinchidan, Alloh marhamati bilan Odam Ato zurriyotlari uchun taqdir qilingan ne'matlardan butkul yuz o’girib, go’shaga kirish islomiy e'tiqod ahkomlariga rost kelmaydiki, ulug’ shoirning unga xayrixohlik qilishi mumkin emas edi. Ikkinchidan, Alisher Navoiy naqshbandiya tariqatiga mansub bo’la turib, «DiI ba yor-u tan ba bozor», «Dil ba yor-u.dast ba kor» kabi solikning o*z luqmai halolini tanti qo'l mehnati bilan topishga chorlovchi hayotsevarlik g’oyalarini inkor qilolmasdi, albatta. «Qut ul-qulub» keyingi satrlarining mutolaasi muallifning tayanch g’oyaviy niyatini oydinlashtirish imkoniyatini hozirlaydi. Buning uchun bayt-u satrlarda qo’llangan tazod san'ati kitobxon uchun ko’makka keladi. o’sha badiiy-tasviriy vosita yordamida fano va baqoning qirralari juda ko’p hayotiy lavhalar, tabiiy, tarixiy, ilohiy, adabiy, afsonaviy istiloh-u dalillarni keltirish, yuzlashtirish orqali ochib beriladi. Nahang agarchi buvad qahramoni kishvari bahr, Ba kirmi obie az xud fuzun hamesha g*izost. (20. 259). Nahang (akula) dengiz-u okeanning eng katta hayvoni va o’zini o’sha makonning egasi, yagona sohibi hisoblaydi. Atrofida o’rmalab yuruvchi ko’p sonli suv qurtchalarini nazar-pisand ham qilmaydi. Ammo vaqt-u soati kelib, u ana shu qurtchalarning yemiga aylanishini xayoliga ham keltirmaydi. Tashbeh uchun nahangning tanlanishi tasodifiy emas. Shunday urinish negizida katta hikmat, ibrat bor. Xuddi shunday gapni suv qurtiga nisbatan ham aytish o’rinlidir. Fano olamida hamma narsaning sarhad-u o’lchovi bor. Bu hukm jismoniy, ruhiy, ma'naviy, moddiy
ne'matlarning barcha-barchasi uchun birday tegishlidir. Pahlavonlikning ojizlik, yoshlikning qarilik, zebolikning xunuklik, boylikning qashshoqlik bilan almashinishi muqarrardir. Nahangning fojiali qismati bunga yorqin misol. Afsuski, bugun hamma narsani g’alamislik bilan yutuvchi bu yuho sifat maxluq ertaga yutilish navbati o’ziga yetishini unutib qo’yadi... Keyingi baytda ganj va ajdarho timsollariga duch kelamiz. Og’zaki va yozma badiiy adabiyot naraunalarida bular hamisha yonma-yon. keladi. Xazina bor joyda, albatta, ajdarho paydo bo’ladi. Bu maxluq xazinadagi javohirotni yutmaydi, ammo undan bahra oladi. Biroq tirik ekan, uni fairovga ravo ko’rmaydi... Ulug’ shoir esa bu maxluqqa doir hukmini ham e'lon qiladi: hirs ham fano. Xazina siljiydi, ajdarholar esa kelib-ketishda davom etadi. Biroq ulug’ shoirning muddaosi dahshatli maxluqlar qismatini yoritish emas. Ulug’ shoirning nigoh-u nidosi esa insonga, uni nafs-u hirs domidan qutqazish, g’aflat uyqusidan bedor qilishga qaratilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |