Rahim Vohidov, Husniddin Eshooqutov


Chashmam oluda xun zi hasrati o’st. i Rahshash abri balo-u lam'ai na'l, / Dar gahi po*ya barqi ofati o’st



Download 3,81 Mb.
bet99/188
Sana23.05.2022
Hajmi3,81 Mb.
#607255
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   188
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI

Chashmam oluda xun zi hasrati o’st. i Rahshash abri balo-u lam'ai na'l, / Dar gahi po*ya barqi ofati o’st.
Gar zalilam ba ishq-u may, ey shayx, In mazallat ham az maishati o’st. Bandai piri dayram, ey /ohid, Ki farog’am zi durdi suhbati o’st. Foniy-u dilbari xaroboti, Ki fano hosilash zi xidmati o*st. Mazmuni:
Dilimda yor muhabbatining o’ti bor,
Ko’z yoshlarim firoq tutinidandir.
Dilimdan chiqadigan sarv yanglig’ (narsa) dilim tutini emas,
(Balki) dilimdan o’sib chiqqan uning sarv qomatidir.
U nozaninning la'l lablari mayga, bo’yalgan,
Ko’zim esa uning hasratidan qonga belandi.
Uning chaqin sochuvchi taqali oti—balo buluti-yu,
Yurish chog’ida u go'yo ofat yashinidir.
Ey shayx, agar ishq va may sababi bilan xor bo’lsam.
Bu xorlik ham Tangrining xoxishidandir.
Ey zohid, mayxona pirining qulidirmen,
Farog’atim esa uning suhbatidagi may quyqasidandir.
Foniy (bo’lsin-u) unga mayxona dilbari bo’lsin, chunki
Uning xizmatidan foniylik (yo’qlik) hosil bo’ladi.
(Asarlar. 5-tom, 1-kitob. 122-123-betlar)
Ulug’ o’zbek shoiri ayrim javobiya-g’azallarida an'anaviy nazmiy unsurlar: vazn, qofiya, radif, timsol va tashbehlarni saqlab qolgani holda, she'rning g’oyaviy mazmun qirralari, she'r qahramoni ruhiy holati va g’azal ohangini o’ziga manzur yo’naiishda davom ettiradi. Ayrim javobiyalarida esa nazirachilikning an'anaviy shakliy unsurlari batamom ko’zga tashlanmaydi. Bu fikryuqorida keltirilgan tatabbu'-g'azalga to’la daxldordir. Chunonchi, Alisher Navoiy Xoja Hofiz g’azallarida qo’llangan atigi birgina qofiyani saqlagani holda, qolganlarini batamom yangilaydi. Bunday harakatni Navoiy—Foniy g’azaliga singdirilgan ayricha mazmun va g’oyalar taqazo etadi. Tatabbu' g’azaldagi yangilikni faqat y yetti qofiyadosh so’zning almashganidan iborat deb qarash ham to’g’ri emas. Chunki tatabbu'-g'azal zamirida buyuk mutafakkirning shaxsiy kuzatishlari, o’ziga xos insonsevarlik g’oyalari, teran hayotiy

mushohadalari yotadi. Ijtimoiy hayot va uning zeboliklariga navoiyona muhabbat nuri g’azal satrlariga yog’du sochadi. Xoja Hofiz g’azalining matlaida majoziy muhabbat haqida gap boradi. Biroq o’sha ishq talqini mavhum, o’quvchi shuuriga aniq va zudlik bilan yetib bormaydi. To’g’ri, Xoja Hofiz g’azalidagi faqr-u fano, ishqi ilohiyga aloqador bo’lgan lahzalar ma'lum darajada Alisher Navoiyning ham tatabbu'-glazalida ko’zga tashlanadi. Biroq «Sheroz sehigari»ga izdoshlik qilgan ulug’ o’zbek shoiri o’sha an'anaviy she'riy ashyolarni: ishq va uning mojarolarini ijodiy talqin qilish va yangicha jiloda tasvirlash yo’lidan borgan. Alohida ta'kidga sazovornuqta shundaki, Navoiy-Foniyjavobiyasida dunyoviy ruh, ko’tarinki hayotiy kayfiyat, insoniy muhabbat va undan zavqlanish ko’zga tashlanadi. Ayni mulohaza Xoja Hofiz va Alisher Navoiy g’azallarining umumiy ruhiyatida ohangdoshlik, uyg’unlik borligini ham inkor etmaydi. U bor. Chunki har ikkala ulkan iste'dod sohibining maslakdosh qilgan, bir-biriga bu qadar jipslashtirgan bosh omil-inson va uni ulug’lash mavzuidir. oyaviy yo’nalishi, ifoda uslubi, dunyoqarashda Xoja Hofizning ham, Alisher Navoiyning ham o’ziga xosligi borligini e'tirof etgan holda, har bir tatabbu'-g’azalda, o’sha tafovutlardan qafiy nazar, ikki dohiy so’z san'atkorini yuqorida eslatganimiz kabi bosh ma'naviy uyg’unlik birlashtirib turadi.


Navoiy-Foniy o’z g’azallarining ichki tuzilishiga alohida e'tibor bilan qaragan. Tatabbu'-g’azal matnida muallifning voqeabandlikka ishtiyoq bilan qaraganligini his qilish qiyin emas. Tadrijga erishmoq uchun shoir satrlarda qo’llangan voqea-hodisalar va buyumlarning xossalariga, shuningdek, ular o’rtasidagi mantiqiy iizviylikka amal qiladi. Ana shu zaminda Alisher Navoiyning aksariyat g’azailarida bir-biriga ma'no va mazmun jihatidan tutash baytlar vujudga keladi. Bunday misralarda gapdan-gap tug’iladi. Xoja Hofiz g’azaliga qilingan tatabbuning matlai va undan keyingi baytida Navoiy-Foniyrting o’ziga xos o’sha yetakchi tasvir ushibi ravshan namoyon bo’ladi.: Dar dilam otashi muhabbati o’st,
Obi chashmam zi dudi fiirqati o’st
Nest dudi dilam ba hay'ati sarv,
Az dilam rasta sarvi qomati o’st. Mazmuni:
Dilimda yor muhabbatining o’ti bor,
Ko’z yoshlarim firoq tutunidandir.
Dilimdan chiqadigan sarv yanglig’ (narsa) diiim tutiiti emas,
(Balki) dilimdan o’sib chiqqan uning sarv qomatidir. Tatabbu'-g’azai matlaida ishq, oshiqlik va uning iztiroblari, mashaqqatlar xususida gap boradi. Hijron azoblaridan oshiqning dili yonadi, go’yo unda laxcha cho’g’ bor. Uning ko’zlaridan qatra-qatra yoshlar oqadi. Buning boiskori ham o’sha olamso’z ishq. Oshiqning ma'shuqa firoqida cho’g’dek yongan yuragidan bo’rqsib tutun chiqadi. Achchiq tutun oshiqning ko’zlariga ta'sir etadi, achitadi, yoshini shashqator qiladi. Qarang, birgina baytda qanchalik teran mazmun va voqealar tizmasi mujassam. Ayni satrlarda she'r qahramonining azoblarga liq to’la ruhiy olami tasviri ham yorqin ifodasini topgan. Biroq, shoir hali tugal yoritilmay qolgan niyatlarini ro’yobga chiqarishda qo'l kelishi mumkin bo’lgan so’z va tasviriy ashyolar bilan g’azal matlasidayoq «xayrlashib» qo’ya qolmaydi. Aksincha, ularni sharhlash, mohiyatini kengroq ochish, yoritilmay qolgan yangi-yangi qirralarini kashf qilishda davom etadi. Ulug’ o’zbek shoiri o’rtaga qo’ymoqchi bo’lgan g’oyaviy muddaosiga mos tushuvchi nozik hayotiy manzara — «dildan o’rlab chiqqan tutun»dir. Tatabbu'-g'azalning ikkinchi bayti ana o’sha tashbehli birikma asosida quriladi. Ma'lumki, mo’ridan chiqqan tutunning samoga «sayri» — o’rlab chiqishi kuzatishga arzigulik manzara va u rang-barang shakllarni vujudga keltiradi. Birinchidan, ulug’ shoir oshiqning iztirobli, oh-u fig’onli qalbi bilan mo’ridan chiqayotgan tutun o’rtasida monandlik tuyadi. Masalaning yana bir nozik jihati ham bor. Xoja Hofiz g’azalining matlaida ishqi ilohiyga ishoralar mavjud edi. Navoiy - Foniy ham tatabbuida buni nazardan qochirgani yo’q. o’sha «ko'z ostiga olingan» g’oyaviy niyat nafis ishoralarda o’zini ko’rsata boshlaydi. Shuning uchun tasvir yo’nalishi samoga qarab buriladi. Ikkinchidan, buyuk mutafakkirning topqirligi va sinchkovligi shundaki, unchalik nazarga tashlanmaydigan ana shu oddiygina hayotiy voqeadan nafosat topgan. o’sha topilma bo’yoqdor, zavq uyg’otuvchi, ta'sirchan badiiy tashbeh tarzida kitobxon hukmiga havola etUadi. Alamlargirdobida qolgan oshiq diiidan toshib, osmonga ko’tarilayotgan tug’yon oddiy shakldagi tutun emas, u sarv ko’rinishidadir. Aslida u odatiy sarv daraxti ham emas. Oshiq dili zaminida o’sib, parvarish topgan ma'shuqaning hushbichim, sarvmisol qomati. Daraxt quyoshga, nurga intilgani kabi qomat-sarv ham osmonga bo’y cho’zmoqda. Qarang, qanday nozik, ta'sirchan va mohirona o’rtaga qo’yilgan chiroyli tasvir! Navoiy-Foniy tatabbu'-g’azaliga xos bo’lgan bunday fazilatlarni Xoja Hofiz she'rlarida ham ravshan. his qilish mumkin. Xususan, Alisher Navoiy ilhomini
Navoiy-Foniy barcha tatabbu'-g'azallarida, ularning deyarli hamma misralarida o’rtaga qo’yilgan masalalarga ijodiy qarash, zakiyona munosabat mujassam. Mutafakkirona g’oyalar, teran mazmun, navoiyona mushohada o’rtaga qo’yilgan muammolar yechimida sobitqadamlik, insondo’stlik o’sha asarlarning mag’z-mag’ziga singdirilgandir.
Alisher Navoiyning maqtaga xotimaga kelish yo’lida Xoja Hofiz g’azalida kuzatganimiz tasvir uslubiga mayl seziladi. Navoiy -Foniyga fanoning uyqash qilinishi, xarobotga moyillik, o’sha g’aribona kulbani yoqtiradigan dilbarga xizmat qilishni sharaf bilish zamirida yashiringan mazmun g’oyat keng qamrovlidir. Masalaning bir uchi esa qanoat va qone'Iik, faqirona turmush tarziga bog’lanadi. Shuningdek, dabdaba-yu surfiylikdan xoli turish, niyat va qalbning pokligi, shuhrat va mol-u mulkka hirs bilan qarash illatiga o’t ochish tuyg’usiga borib ulanadi. Bular Alisher Navoiy qalbini rom etgan, umr bo’yi uni shu yo’lda xizmat qildirgan ezgu niyatlar edi. Yuqorida qisman qiyosiy o’rganganimiz ikki g’azaldan ravshan bo’ladiki, tatabbuchilik an'anasi Alisher Navoiyning nihoyatda cheksiz badiiy salohiyati imkoniyatlarini jilovlab qo’yaqolmagan. Ulug’ o’zbek shoiri loqaydona taqlid qoliplarini yorib, ijodiy kengliklarga ko’tarilgan. Ana shu hukmni Alisher Navoiy qalami hadya etgan barcha tatabbu'-g'azallar, fors-tqjik adabiyoti ulkan arboblarining eng sara asarlari tavrida vujudga kelgan she'rlariga ham taalluqli desak, xato bo’lmas. Bu va shunga o’xshash qator fazilatlariga ko’ra «Devoni Foniy» Alisher Navoiy adabiy merosining eng qadrli manbalaridan biridir.

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish