Adabiyotlar
LAlisher Navoiyning adabiy mahorati. Maqolalar tplami, Toshkent: «Fan», 1993.
2.Alisher Navoiy. Lirika (Tuzuvchi :N.Mallayev, 3-nashri). Toshkent; «O'qituvchi», 1992.
3. Alisher Navoiy. Mukammal asarlartplami. 1-6-tomIar. Toshkent: «Fan», 1997-2000. (Iqtiboslarda jild va sahifalar krsatib borilgan).
4.Alisher Navoiy. azallar. Sharhlar. Toshkent: «Kamalak», 1991.
5. AbduafforovA. «Xazoyin ul-maoniy» jumboqlari. «O(zbek tili va adabiyoti». 1995, 1-son, 10-18-betlar
6. Valixjayev B. Mumtoz siymolar. Toshkent: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2002, 85-129-betlar.
7. Vohidov R., Ne'matov H., Mahmudov M. Sz baridagi ma'rifat. Toshkent: «Yozuvchi», 2001.
8. Jumaxja N. Satrlar silsilasidagi sehr. Toshkent: «0'ituvchi», 1996.
9. Mallayev N. zbek adabiyoti tarixi. Toshkent: «O'qituvchi», 1976, 380-419-betlar.
10. Shayxzoda M. Asarlar. 6 tomlik, 4-tom. Toshkent: .ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1972, 195-234-betlar.
11. zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik, 2-tom. Toshkent: «Fan», 1987, 82-201- betlar.
12. HayitmetovA. «Xazoyin ul-maoniy» devoni tahlili va Husayn Boyqaro. «O'zbek tili va adabiyoti», 1998. 1-son, 7-10-betlar; Yana Alisher Navoiy uslubi muammolari. «O'zbek tiii va adabiyoti». 1999, I-son, 26-28-betlar.
13. Hasan.N. XVT asr zbek adabiyotida Yassaviy an'analari. «O'zbek tili va adabiyoti». 2004, 2-son, 26-34-betlar.
14. Haqqul I. Kamol et kasbkim. Toshkent: «Cho'lpon», 1991.
15. Haqqul I. Tasawuf va she'riyat. Toshkent: .G'ulom nomidagi Nashriyot-matbaa birlashmasi, 1991.
IX-BOB
SHARQ XALQLARI ADABIYOTIDA XAMSACHILIK AN'ANASI VA ALISHER NAVOIY "XAMSA"SI
9.1. Xamsachilik an'anasi va Alisher Navoiy «Xamsa»sining yaratilishi tarixi
Sharq xalqlari adabiyoti tarixida beshlik dostonlar turkumining bunyod etilishi an'anasi Alisher Navoiy dunyoga kelgunga qadar sal kam uch yuz yillik jarayonni boshidan kechirdi. Ozar xalqining suyukli va salohiyatli farzandi Ilyos Yusuf li Nizomiy Ganjaviy (1141-1205) «Panj ganj» («Besh bebaho xazina») asarining yaratilishi musulmon olami badiiy sz san'ati tarixida inqilobiy hodisa, mjizaviy voqea bldi. Forsiyda dunyo yuzini krgan bu besh ma'naviy xazina qalam sohiblari qalbini junbushga soldi, ular uchun chinakam ijodiy bahs va mahorat darajasini belgilashning sinashta tamal toshiga aylandi. Shunday qilib, Nizomiy Ganjaviyning mjizakor qalami tuhfa etgan «Panj ganj» Sharq xalqlari adabiyoti tarixidan xamsachilik an'anasiga asos blgan asar sifatida rin oldi. Xamsa ijod etish besh doston yozish blibgma qolmay, bu adabiy janrga xos blgan me'yorlar bevosita «Panj ganj»ning xususiyatlaridan kelib chiqib belgilandi. Bunga ko'ra, dostonlarning nomi, janri, vazni, voqealar tizimi, qahramonlari va tuzilishi bilan Nizomiy Ganjaviy beshligi talab—tamoyilariga monand blishi, shuningdek, yangi ijod etilgan xamsa ulu ozar shoiri shoh asarining takrori yoki taqlidiy nusxasi blmay, balki mavzu va oyalari, badiiyati nuqtai nazaridan tamomila yangi asar blishi talab etilardi. Bulardan tashqari, xamsa muallifi sz san'atining ilohiy qudratini teran his qilgani holda uning ravnaqini yanada yuksak chqqilarga ktarishga z asari bilan xizmat qilmoi lozim edi. Sharq adabiyotida bu nihoyatda murakkab va ta talabchan an'anaga aylanib qoldi. Musulmon mintaqa xalqlari adabiyotida bu adabiy janrning vujudga kelishi sabablarini taniqli adabiyotshunos olim, akademik B.Valixo'jayev quyidagicha izohlaydi: «Xamsa deb ataluvchi asarlarning maydonga kelishigacha, ya'ni XII asrgacha blgan davrda turkum qissa va dostonlardan iborat «Kalila va Dimna», «Sindbodnoma» (Rdakiy), «Shohnoma» (Firdavsiy), «Qutadg'u bilig» (Yusuf Xos Hojib) kabi forsiy va turkiy tillarda bitilgan turkum asarlar mavjud edi.
Eslatilgan asarlarning ayrimlari bir syujetli («Qutadu bilig») blsa, boshqalari kp syujetli («Kalila va Dimna», «Shohnoma») asarlardir.
Xuddi ana shu davrda xamsa ziga xos xususiyatlaiga ega blgan
badiiy janr sifatida shakllandi. Shuning natijasida u ham bir syujetli, ham kp syujetli hamda syujetsiz—maqolatlardan iborat asarlardan tashkil topdi, ya'ni qurilishi jihatidan kp qirrali janr bldi. Uning asosiy mavzusi ham insonning kp qirralari faoliyatini badiiy obrazlar misolida aks ettirishdan iboratdir» (Valixjayev B. Mumtoz siymolar. Toshkent, 2002, 131-bet).
Krinadiki, xamsa inson kamolotining serqirra jihatlarini zida tIa in'ikos etish imkonini hosil qilgan adabiy janr sifatida vujudga kelib, bir va bir necha syujetli asarlarga xos bIgan xususiyatlarni zida mujassam etdi va ijodkorning yana sha komil inson xususidagi falsafiy, ilohiy-irfoniy, ijtimoiy- siyosiy, axloqiy-ta'limiy qarashlarini mufassal bayon etishi uchun tarkibida mayjud blgan syujetsiz maqolatlar bilan mukammallashdi. Ayni choqda xamsa tuzilishiga aloqador blgan bunday unsurlar bir- birini taqozo qilishi bilan ahamiyatlidir. Jumladan, Shayx Nizomiyning «Panj ganj»i «Maxzan ul-asror» («Sirlar xazinasi») sarlavhali dasturiy doston bilan boshlanadi. Mazkur asar tarkibidagi maqolat-u hikoyatlar uning «Panj ganj»ining barcha dostonlari uchun rejanoma vazifasini tashini ta'min etgan. Ana shu shoh asarda xalq maqollari kabi sayqallangan va lnda xulosalar tarzida teran badiiy ifodalangan dolzarb umuminsoniy mavzu- muammolar turkumning «Xusrav va Shirin», «Layli va Majnun», «Haft paykar» («Y yetti go'zal»), «Iskandamoma» kabi masnaviylarida mantiqiy badiiy tajassumini topadi. Shuning uchun ham zohiran alohida-alohida va mustaqil dostonlar maqomida kzga tashlanuvchi bu asarlar uchun ana sha «mustaqillik» ta nisbiy tushunchadir. Ular, bizningcha, barcha a'zolari bir-biri bilan uzviy aloqador, yaxlit, yagona jismni eslatadi. Aslida ana shu bosh tamoyii xamsaning Sharq xalqlari adabiyoti tarixida mustaqil janr maqomida krinishining tayanch omilidir.
Shayx Nizomiydan keyin undan rganish, uni ustoz deb bilish, ilor adabiy an'analarini davom ettirish adabiyot olamida asrlar osha turli shakllarda yashab keldi. Buyuk Nizomiyga izdoshlik qilish an'anasiga doir ma'lumotlarni umumlashtiigan holda uch katta ynalishga ajratish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |