Rafiyev yengil aòLEÒika va uni o‘QIÒish meòodikasi


-jadval Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekistonlik



Download 39,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/154
Sana29.03.2022
Hajmi39,96 Mb.
#515734
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   154
Bog'liq
engil atletika

2-jadval
Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekistonlik
yengilatletikachilar

 
Sana O‘tkazilgan joy 
Ismi-sharifi 
Т
uri, natija, o‘rin 
XV 
1952 
Х
elsinki 
S. Popov 
G‘ovlar osha yugurish,
14,7 sek. 4-o‘rin 
XVI 
1956 
Myelburn 
V. Ballod 
Balandlikka sakrash, 
160 sm,
21-o‘rin 
XVII 
1960 
Rim 
V. Ballod 
Balandlikka sakrash, 
165 sm,
15-o‘rin 
XXII 
1980 
Moskva 
Т
. Biryulina 
Nayza uloqtirish, 65 m 
08 sm,
6-o‘rin 
 
А
. Dimov 
Т
o‘siqlar osha 3000 m 
ga yugurish, 8 min 19,8 
sek
8-o‘rin


33
Mavzuga oid nazorat savollar
1. 
Yengil atletika sport turi qachon va qayerlarda rivojlana
boshladi?
2. 
Yengil atletika Olimpiya o‘yinlari dasturiga qachondan
kiritildi?
3. 
O‘zekistonda yengil atletikani rivojlanishini izohlab bering.
4.
O‘zbekiston yengilatletikachilarining Olimpiya o‘yinlarida
ishtirokini bayon qilib bering.
Mavzu bo‘yicha mustaqil ish
1. 
Yengil atletika sport turini vujudga kelishi va uni rivojlanishi
tarixi.
2. 
O‘zekistonda yengil atletikani rivojlanish tarixi.
8-o‘rin
 
А

Х
arlov 
G‘ovlar osha 400 m ga 
yugurish, 50,64 sek, 5-
o‘rin 
XXIII 
1984 
Los-
А
njeles 
Ishtirok 
etmagan 
XXIV 
1988 
Seul 
R. Gataulin 
Langarcho‘p bilan 
sakrash, 590 sm, 
kumush medal 
XXV 
1992 
Barselona 
M. Shmonina 
4
х
400 m estafyeta 
yugurish,
oltin medal 
XXVI 
1996 
А
tlanta 
12 kishi 
XXVII 
2000 
Sidney 
27 kishi 
XXVIII 
2004 
А
fina 
10 kishi 
XXIX 
2008 
Pekin 
12 kishi 
XXX
2012
London
13 kishi
S.Radzivil balandlikka
197 sm dan sakrab o‘tib
finalda 7 o‘rinni
egalladi
L.Andreyev – 12 o‘rin
2-jadvalning davomi


34
III BOB
BOLALAR VA O‘SMIRLAR BILAN
O‘ÒKAZILADIGAN YENGIL AÒLEÒIKA
MASHG‘ULOÒLARINING XUSUSIYAÒLARI
3.1. BOLALAR VA O‘SMIRLAR JISMONIY ÒARBIYASI
ÒIZIMIDA YENGIL AÒLEÒIKA
Yengil atletika mashg‘ulotlari bolalar, o‘smirlar va o‘spi-
rinlar jismoniy tarbiyasi tizimiga kiradi. Ular umumta’lim
akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari va boshqa ta’lim
muassasalari uchun ko‘zda tutilgan.
Yurish, yugurish, sakrash va uloqtirishlar hamda yengil
atletika mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan turli maxsus mash-
qlar xilma-xil, yengil me’yorlashtiriladi va bolalar uchun bu
juda qulaydir.
Bolalar maktab yoshiga yetmasdan, har xil o‘yinlar,
yugurish, sakrash va uloqtirishlarning oddiy shaklda bajarilishini
o‘rganadilar. Maktab o‘quvchilarining yengil atletika mashqlari
texnikasini bajarishni o‘rganishi, harakat imkoniyatlarini
kengaytirib, ularning boshqara olish qobiliyatlarini yaxshi-
labgina qolmay, keyinchalik sport-texnik mahoratiga erishish
uchun zamin ham yaratadi. Yengil atletika mashqlari bilan
shug‘ullanish yosh organizmning o‘sishi va shakllanishiga,
har tomonlama ma’naviy va jismoniy rivojlanishiga, sog‘liqning
mustahkamlanishiga yordam beradi.
Yengil atletika mashqlari bilan shug‘ullanish yurak-qon
tomir va nafas olish tizimini mustahkamlaydi, mushaklarning
garmonik rivojlanishini ta’minlaydi, bo‘g‘inlardagi harakat-


35
chanlikni yaxshilaydi va asab-mushaklarning bir-biriga
muvofiqligini takomillashtiradi.
Yengil atletika mashg‘ulotlari maktabda jismoniy ma-
daniyat darslarida, maktab jismoniy madaniyat jamoasi
seksiyasida, bolalar sport maktabida, akademik litsey va
kasb-hunar kollejlarida o‘tkaziladi.
Bolalar, o‘smirlar va o‘spirinlar bilan o‘tkaziladigan yengil
atletika mashg‘ulotlarining mazmuni ularning yosh xusu-
siyatlariga bog‘liq bo‘lib, mashg‘ulotlarni rejalashtirish va
o‘tkazish vaqtida buni e’tiborga olish zarur. Kishi orga-
nizmining o‘sishi, shakllanishi va rivojlanishi o‘rta hisobda
25 yoshgacha davom etadi. Organizmning shakllanishi bilan
birga, bolaning suyak tizimi ham rivojlanadi. Òo‘qimalardagi
zich, g‘ovak moddalar tuzilishi o‘zgaradi, suyaklar bo‘yiga
va eniga o‘sadi.
Yoshdagi farq umurtqa ustunining tuzilishida ham o‘z
ifodasini topgan. Hatto 14 yoshdan keyin ham umurtqaning
suyak to‘qimalari ko‘payib, kattalashib boradi. Umurtqa
tanasi epifizlarining suyakka aylanishi 20–25 yoshgacha sodir
bo‘ladi. Davomli zo‘riqishlar, yerga sakrab tushishda bo‘-
ladigan kuchli siltovlar, kuchi yetmaydigan og‘ir jism ko‘tarish
va tashlash umurtqa pog‘onasining qiyshayishiga va diepifizor
tog‘aylarning jarohatlanishiga olib keladi. Bularni mashqlarni
tanlashda e’tiborga olish kerak. Shu bilan birga, mashqlarni
to‘g‘ri tanlash va me’yorlash suyak tizimining to‘g‘ri rivoj-
lanishiga yordam beradi.
Og‘ir yadro va lappaklar bilan muntazam mashq bajarish
ko‘krak qafasida (ko‘krakning pastki qismi va qovurg‘alar
o‘sishi 15–16 yoshga borganda to‘xtaydi) va qo‘l panjalarining
tuzilishida ko‘ngilsiz o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.
Ayni vaqtda o‘pka va yurak ishlarini me’yorlovchi yugurish
va sakrash mashqlari ko‘krak qafasini kengaytirishga yordam
beradi. O‘pkaning hayotiy sig‘imi ko‘krak qafasining keng-
ligiga bog‘liq. Bu jihatdan ochiq havoda mashq bajarish


36
juda foydali, chunki bunda nafas olish va yurak-qon tizimining
faoliyati tezlashadi.
Bolalarning tog‘aylaridagi yuqori elastiklik va bo‘g‘in-
laridagi harakatchanlik mashqlarni keng doirada bajarishga
yordam beradi. Keng doira bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlar
bolalarning suyak to‘qimalari rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi,
xilma-xil yengil atletika mashqlari esa bola skeletining o‘sishi
va shakllanishiga yordam beradi.
Mushaklarning kuchli o‘sishi 12 yoshdan boshlanadi. Bu
paytda yengil atletika bilan shug‘ullanish ularning rivoj-
lanishiga yordam beradi. Muskullarning tez o‘sishiga qara-
may, u skeletning o‘sishidan orqada qolib, faqat jinsiy yeti-
lishning oxirida (qiz bolalarda 13–16 yosh, o‘g‘il bolalarda
14–17 yoshda) tananing umumiy og‘irligining qizlarda —
36 foizini, o‘g‘il bolalarda esa 40 foizini tashkil qiladi. Bir
xil davomli mashqlarni ehtiyotlik bilan qo‘llash kerak. Shu-
ning uchun ayrim mushaklar guruhining dambadam ishlashini
ta’minlaydigan mashqlarni tanlash tavsiya qilinadi.
Kishi qonining miqdori yoshiga qarab o‘zgaradi. Chu-
nonchi, 14 yoshda qon miqdorining nisbati 9 foizni, katta-
larda esa 8 foizni tashkil qiladi. Bolalarning kapillarlari
ancha keng bo‘lib, ulardagi qon kattalarga nisbatan tezroq
oqadi. Bolalarda to‘qimalarning ovqatlanishi va parchalanish
jarayoni kattalarga nisbatan faolroq o‘tadi. Yurak yaxshiroq
oziqlanishi sababli tezroq o‘ssa kerak. Lekin jinsiy voyaga
yetish davrida yurak o‘sishi sur’ati qon-tomirlari o‘sishi sur’a-
tidan oshib ketadi, natijada ba’zan qon bosimi birmuncha
oshishi mumkin. Bu davrda kichik yuklamali mashqlar
bajarib, dam olishni, tanaffusni ko‘paytirgan ma’qul.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, yurak faoliyatiga psixik
holat ham ta’sir ko‘rsatadi. Emosiya va boshqa psixik omil-
larning ta’siri bolalik va o‘smirlik yoshida ko‘proq namoyon
bo‘lishi ma’lum.


37
Yengil atletikada quyidagi yosh guruhlari belgilangan:
tayyorlov guruhi – 11–12 yosh;
kichik o‘spirinlik guruhi– 13–14 yosh;
o‘rta o‘spirinlik guruhi – 15–16 yosh;
katta o‘spirinlik guruhi – 17–18 yosh.

Download 39,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish