Rafiyev yengil aòLEÒika va uni o‘QIÒish meòodikasi


Mavzuga oid nazorat savollar



Download 39,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/154
Sana29.03.2022
Hajmi39,96 Mb.
#515734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   154
Bog'liq
engil atletika

Mavzuga oid nazorat savollar
1. Yengil atletika qanday mashqlardan iborat?
2. Yengil atletika qanday fan?
3. “Atlet”, “Alp” deganda nimani tushunasiz?
4. “Yengil atletika” va “Og‘ir atletika” tushunchalarini izohlang.
5. Yengil atletikaning boshqa sport turlari hamda fanni
hartamonlama rivojlantirishdagi o‘rni nimadan iborat?
6. Yengil atletika sporti turlarini tasniflab bering.
7. Yengil atletika bo‘limlarini tavsiflab bering.
8. O‘zbekiston jismoniy madaniyati tizimida yengil atletikaning
o‘rnini bayon etib bering.
Mavzu bo‘yicha mustaqil ish
1. 
Jismoniy madaniyat mutaxassislarini tayyorlashda yengil
atletika fanining o‘rni va ahamiyati.
2. 
Yengil atletika sport turlarining tasnifiy tavsifi va ularning
O‘zbekiston jismoniy madaniyati tizimida tutgan o‘rni.


19
II BOB
YENGIL AÒLEÒIKA ÒARAQQIYOÒINING
QISQACHA ÒARIXI
2.1. YENGIL AÒLEÒIKA MASHQLARINING KELIB
CHIQISHI
Yengil atletika mashqlarining kelib chiqish tarixi juda
qadim zamonlardan boshlanadi. Odamlar yugurish, sakrash
va uloqtirishni, tabiiy zarur harakat sifatida qadim zamon-
lardan beri mehnatda va kundalik hayotda qo‘llab kelganlari
ma’lum. Ammo ularning jismoniy tarbiya vositasi va sportning
bir turi sifatida rasm bo‘lganiga qadar ko‘p ming yillar o‘tdi.
Ibtidoiy jamoa tuzimi davrida yengil atletika mashqlari
odamlarning mehnat faoliyati bilan chanbarchas bog‘liq edi.
Ular insoniyat quldorlik jamiyatiga o‘ta boshlashiga yaqin
jismoniy tarbiyada ma’lum daraja mustaqil bo‘la boshladi.
Yugurish, sakrash va uloqtirish Qadimiy Yunonistonda
anchagina rivoj topdi. Jismoniy mashqlarning boshqa turlari
qatori, ular quldorlarning harbiy-jismoniy tayyorgarligiga katta
o‘rin egalladi va qabilalar hamda umumyunon diniy bayram-
larining muhim qismini tashkil qiladigan bo‘ldi. Bunday
tantanalarning eng ahamiyatlisi olimpiya o‘yinlari hisoblanadi.
Feodal jamiyatida, ayniqsa ilk o‘rta asrlar davrida jismoniy
mashqlar xalq ommasiga rasm bo‘lgan edi. Rivoyatlar, qissalar
va boshqa madaniyat yodgorliklari o‘yin-kulgilarida o‘ziga
xos jismoniy mashqlar ko‘p bo‘lganidan dalolat beradi. Ko‘p
manbalarda xalq turmushida tez yugurish, yugurib kelib
uzunlikka sakrash va tosh uloqtirishdan iborat uchkurash
mavjud bo‘lgani ko‘rsatiladi.


20
Shafqatsiz ekspluatatsiya, bo‘sh vaqt va keraklicha moddiy
sharoit bo‘lmaganligi xalq jismoniy mashqlarining taraqqiyot
darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababdan feodalizm davrida
hamma vaqt xalq jismoniy mashqlari an’anaviy o‘yin-kulgilar
shaklida bo‘lib, faqat bayram kunlari o‘tkazilar edi.
Shahar aholisi va feodallarning harbiy-jismoniy tayyor-
garligida esa yugurish, sakrash va uloqtirish mashqlari katta
o‘rin tutar edi.
Burjua jamiyatida yugurish, sakrash va uloqtirish dastlab
jismoniy tarbiya gimnastika tizimiga kiritilar, kundalik
hayotda qo‘llanar edi. Lekin bu yengil atletika sporti tashkil
topishga muhim ta’sir o‘tkaza olmadi, chunki gimnastika
tizimida bu mashqlarning ahamiyati asosiy bo‘lmay, ikkinchi
darajali edi. Xalqning bu mashqlar bilan shug‘illanishi esa,
mehnatkash omma imkoniyati chegaralangani uchun yengil
atletika taraqqiyotiga to‘la ta’sir o‘tkaza olmadi.
Yugurish, sakrash va uloqtirish mustaqil jismoniy mashq
sifatida va yengil atletika sportning muhim elementlari sifatida
XIX asrning ikkinchi yarmida tashkil topa boshladi. Bunga
yoshlarning keng qatlamlari o‘rtasida bunday mashqlarga
qiziqish oshganligi, burjuaziya ham o‘z hukumronligini
kuchaytirish vositasi sifatida jismoniy tarbiyaga ko‘proq qiziqa
boshlagani sabab bo‘ldi.
Burjuaziya kapitalistik korxonalar uchun jismoniy ba-
quvvat ishchilarga va bosqinchilik armiyasi uchun soldatlarga
muhtoj edi. Bunga eski gimnastika tizimlari allaqachonlar
to‘la yordam berolmay qolgan edi. Burjuaziya, an’anaviy
xalq o‘yin – kulgilardan olingan atletik mashqlarga e’tibor
bera boshladi. Bular orasida takomillashish jarayonida
sportcha yugurish, sakrash va uloqtirish tusini olib, yengil
atletika sporti tarkibiga kiradigan yugurish, sakrash va
uloqtirish mashqlari ham bor edi.


21

Download 39,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish