3-rasm. Maktab yoshidagi bolalarda bo‘g‘inlardagi
harakatchanlik darajasi.
Yengil
atletika
bilan shug‘ullanuvchilarda
Sport bilan
shug‘ullanuvchilarda
42
«oyoqlarini buklab» sakrash usulini o‘rganadilar. Keyinchalik
uzunlikka sakrashda malaka hosil bo‘lishiga qarab, «qaychi»
usulida sakrashga o‘tiladi.
Langar bilan sakrash o‘g‘il bolalar uchun juda qiziqarli
mashq bo‘lib hisoblanadi. Uning murakkab texnikasini na-
zarda tutib, faqat maxsus mashqlar bajarish bilan ko‘nikma
hosil qilib borish kerak.
Uch hatlab sakrash (joydan turib yumshoq yerda) jismoniy
fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, 13–14 yoshdan
boshlab o‘rgatish mumkin. Uncha uzoq bo‘lmagan masofadan
yugurib kelib uch hatlab sakrashga 14–15 yoshdan boshlab
o‘rgatiladi.
Uloqtirish mashqlari kichik yoshdagi maktab o‘quvchi-
larining mashg‘ulotlarida ham qo‘llaniladi. Boshda o‘quvchi-
lar yengil narsalarni (tennis koptogi, xokkey to‘pi, yengil
to‘ldirma to‘plarni) uloqtirishga o‘rganadilar, keyin esa za-
monaviy uloqtirish asboblarini o‘rganishga o‘tadilar.
Granat uloqtirish uni ushlash va joydan turib uloqtirishni
o‘rgatishdan boshlanadi. Keyin bir qadamdan uloqtirish va
yugurib kelib uloqtirish o‘rgatiladi. Har qanday uloqtirishni
o‘rgatish mana shu tartibga asoslanib olib boriladi.
Nayza uloqtirishga granat uloqtirish texnikasini o‘rganish
ko‘p yordam beradi. Aksincha ham bo‘lishi mumkin. Nayza
uloqtirishga o‘rganish uni to‘g‘ri tutish va uloqtirish uchun
dastlabki turishdan boshlanadi. Nayzani orqaga olib borish
va qo‘ldan chiqarib yuborish, dastavval, turgan joyda, keyin
esa yugurib kelishda o‘rgatiladi.
Yadro itqitishga o‘rgatishdan oldin, yadro og‘irligini o‘zlash-
tirib olish uchun turli xil maxsus mashqlarni o‘rgatish kerak.
Yadro itqitishga yengil narsalarni (1 kg gacha og‘irlikdagi)
bir qo‘llab itqitishdan boshlanadi. Albatta yadroni o‘quvchi-
larning yoshi va jismoniy tayyorgarligiga qarab tanlash zarur.
Bolalar yadroni barmoq uchida tutmasliklari ma’qul, chunki
ularning barmoqlari hali kuchsiz bo‘lib, yadroning og‘irligiga
bardosh berolmaydi.
43
Lappak (disk) uloqtirishga o‘rgatish uni ushlash va sil-
kishlardan boshlanadi. Keyin joydan turib uloqtirishga o‘ti-
ladi. Lappakni burilib uloqtirishdan oldin, lappaksiz buri-
lishga o‘rgatib, harakatlarning silliq va yaxlit bajarilishiga
e’tibor berish kerak.
Yengil bosqon uloqtirishga o‘rgatish aylanishni va joydan
uloqtirishni o‘rgatish bilan boshlanadi. Burilib uloqtirishdan
oldin maxsus jismoniy tayyorgarlik amalga oshirilishi kerak.
3–5 kg og‘irlikdagi bosqon uloqtirishga 15–16 yoshdan
boshlab o‘rgatish mumkin.
Yosh yengilatletikachilarning kuchini yengil shtanga va
toshlar bilangina rivojlantirish mumkin emas. Ularning kuch
tayyorgarligi uchun akrobatika, kurash, qayiq haydash va
boshqa mashqlardan ko‘proq foydalanish kerak. Har bir
kuch mashqlarini yaxshilab o‘ylab ko‘rib, ularning bajari-
lishiga e’tibor berib turish kerak.
Yosh yengilatletikachilarning jismoniy tayyorgarligi dara-
jasini tezkorlik, kuch quvvat va chidamlilikni aniqlaydigan
quyidagi nazorat sinovlar orqali bilish mumkin:
a) pastki va yuqori startdan 30 va 60 m ga yugurish;
b) turgan joydan uzunlikka sakrash;
d) ikkala oyoq bilan depsinib yuqoriga sakrash;
e) dinamometr orqali asosiy kuchni o‘lchash;
f) oyoqlarni to‘g‘ri burchak ostida bukib, qo‘llarda osilish
(vaqt hisoblanadi);
g) chidamlilik yugurishi: 13 yoshli o‘g‘il bolalar – 300 m,
13–14 yoshli qiz bolalar – 300 m, 14–16 yoshli o‘g‘il
bolalar – 600 m, 17–18 yoshli o‘spirinlar – 800 m, 15–18
yoshli qizlar – 600 m.
Bolalar, o‘smirlar va o‘spirinlarning yosh xususiyatlari
hamda yosh organizmiga yengil atletika ayrim mashqlarining
ta’sirini hisobga olib, yosh yengilatletikachilarning muso-
baqadagi yuklamalarining yo‘l qo‘yiladigan normalari 3-
jadvalda ko‘rsatilgan.
44
Do'stlaringiz bilan baham: |