Rafiyev yengil aòLEÒika va uni o‘QIÒish meòodikasi


 BOLALAR BILAN YENGIL AÒLEÒIKA



Download 39,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/154
Sana29.03.2022
Hajmi39,96 Mb.
#515734
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   154
Bog'liq
engil atletika

3.2. BOLALAR BILAN YENGIL AÒLEÒIKA
MASHG‘ULOÒLARINING AYRIM XUSUSIYAÒLARI
Bolalar bilan o‘tkaziladigan yengil atletika mashqlari
mashg‘ulotlari kattalarnikidek tashkil qilinadi va o‘tkaziladi.
Òo‘g‘ri, o‘ziga xos ba’zi xususiyatlari ham bor; masalan,
dars muddati oz, yuklama hajmi va shiddati kichik va h. k.
Bolalik va o‘smirlik yoshida harakat analizatorlari funk-
siyasining
 
takomillashuvi bilan harakat malakalarini o‘rga-
tishga bo‘lgan sezgirlik oshadi. Bolalar bu yoshda juda ham
ko‘p nozik harakat malakalariga o‘rganish qobiliyatiga ega.
Kuch-quvvat va chidamlilikka zo‘r kelmasa bas. Shuning
uchun barvaqt o‘rgatishni to‘g‘ri va ancha samarali texnika
bilan boshlash kerak. Shuning bilan birgalikda, turli-tuman
harakatlar va ishga ham o‘rgatish muhim. Òo‘plangan ma-
lakalar va bilim kattaroq bo‘lganda texnikani muvaffaqi-
yatli takomillashtirishga yordam beradi.
Ayni vaqtda yengil atletika mashqlarini o‘rganish va ularni
takomiliga yetkazish mushak kuchi, markaziy asab tizimi yuqori
darajada ishlashi ostida harakatlarni tez bajarish zarurligi bilan
bog‘liqdir. Shug‘ullanuvchilarning organizmiga yuqori talablar
qo‘yiladi. Ana shuning uchun ham yuklamalarni (ayniqsa yurak,
qon-tomir tizimiga) asta-sekin oshirib borish kerak.
Òezkor yugurish ko‘pgina yengil atletika mashqlarining
tarkibiy qismidir. O‘yinlarga taalluqli bo‘lgan yugurish ele-
mentlari kichik va o‘rta yoshdagi bolalar bilan o‘tkaziladigan
mashg‘ulotlarda asosiy o‘rin tutadi. Ilmiy tekshirishlarning
ko‘rsatishicha (V.M. Koreskiy, A.V. Korobkov) (1-, 2-rasm-


38
lar), 12–13 yoshda harakat tezligini oshirish va asab
jarayonlarining harakatlarini takomillashtirish uchun eng
qulay sharoit vujudga keladi. Òez yugurish mashqlari ayni
vaqtda yengil atletikaning boshqa turlaridagi harakatlarni
yaxshiroq egallashga yordam berdi.
Yugurish texnikasini o‘rgatishda harakatlarning tabiiyligi
va yengilligini saqlab qolish va oyoq uchida yugurishga
o‘rgatish muhim. Bolalar zo‘r berib yugurganlarida, yelka-
larini ko‘tarib, yuzlarini burishtirgan holda boshlarini orqaga
egadilar va ko‘kraklarini oldinga chiqaradilar. Qisqa maso-
falarga yugurish va ortiqcha zo‘riqish sezilishi bilanoq,
mashqni to‘xtatish orqali yugurishda yengil harakatga eri-
shiladi. Yugurish vaqtida gavdani to‘g‘ri holatda saqlashga
e’tibor berish kerak. Yerga oyoqni «ovozsiz» qo‘yish yengil
yugurish qadamlarini hosil qilishga yordam beradi.
1-rasm. Maktab bolalarida
harakatlantiruvchi reaksiya
tezligining o‘zgarish dinamikasi.
2-rasm. Maktab bolalarida
harakat chastotasi o‘zgarishlari
dinamikasi.
L
at
en

va
qt
i
ha
ra
ka
tla
nt
ir
uv
ch
i
re
ak
si
ya
 v
aq
ti
P
an
ja
ra
ha
ra
ka
tla
ri
m
iq
do
ri
Y
ug
ur
ga
nd
ag
i
ha
ra
ka
tla
r
m
iq
do
ri
Yoshi
Yoshi


39
Oyoqlarni to‘liq to‘g‘rilamagan taqdirda, oldinga oyoqdan
oyoqqa sakrab siljish mashqlari qo‘llaniladi. Bunday sak-
rashlar turli xil sur’atda bajariladi; tez sakrashlar yugurishga
o‘xshashdir. Bu mashq shiddatining o‘sib borishi shaklida
bajarilishi kerak. Agarda shug‘ullanuvchi tizzasini yuqori
ko‘tarmasa, bunday paytda ularga sun’iy ravishda tizzalarini
baland ko‘tarib yugurishlar foydalidir.
Bolalarni tez yugurishga o‘rgatayotganda, yugurishlarning
tezligini asta-sekin oshirish kerak. Òezlashib boradigan yugurish
buning uchun eng yaxshi mashqdir. O‘quvchilarga yugurish
vaqtida, tezlikni o‘zlari boshqarishga o‘rgatish muhim; buning
uchun dastlabki yugurishda o‘qituvchining o‘zi bolalar bilan
qo‘shilib yugurgani ma’qul. Òezlashib boradigan yugurish
masofasi va ularning darsdagi miqdori o‘quvchilarning yoshiga,
jinsiga va tayyorgarlik darajasiga bog‘liqdir. Yugurish masofasi
qanchalik uzoq bo‘lsa, ularning takrorlanishi ham shuncha
oz bo‘lib, ular o‘rtasidagi dam olish ko‘p bo‘ladi.
O‘rgatishning dastlabki bosqichlarida juda yuqori tezlikda
yugurib o‘tish tavsiya qilinmaydi. O‘quvchilar kuchanmay
tez yugurishni qanchalik o‘zlashtirganiga qarab, 10 metr va
bundan ortiq qismda imkon boricha tez yugurishlari mumkin.
Harakatlarda ortiqcha kuchanish va tanglik sezilishi bilan
tezlikni pasaytirish darkor. Shu bilan birgalikda, faqat tez-
lashib boradigan yugurish bilan chegaralanmay, chidam-
korlikni ham rivojlantirib borish kerak. Buning uchun o‘quv-
chilar masofalar qismlarini va butun masofani takror va
maksimal tezlik bilan yugurib o‘tadilar.
O‘quvchilarni, masofa bo‘ylab to‘g‘ri yugurib o‘tish tex-
nikasini o‘zlashtirib olgandan keyin, pastki startdan yugurishga
o‘rgatish mumkin. Signaldan keyin startdan aniq va tez yugurib
chiqishga e’tibor berish kerak. O‘quvchilar startdan to‘g‘ri
yugurib chiqishni va masofa bo‘ylab yugurishni o‘rganganlaridan
keyin, katta tezlikda marradan yugurib o‘tishni boshlab turib,
ularni marraga kelish usullari bilan tanishtirish mumkin.
16–18 yoshda 20 son. dan 3–4 daq. gacha davom etadigan
mashqlarda (masalan, 200–800 m ga yugurish) maxsus


40
chidamlilikni hamda 1 soatgacha davom etadigan mashqlar
orqali umumiy chidamlilikni rivojlantirishga o‘tadilar.
O‘rta masofalarga yugurishdagi mashqlarning birinchi
bosqichi, masofa bo‘laklarini tekis va belgilangan tezlikda
yugurib o‘tishdan boshlanadi. Keyinchalik mashqlarga bo‘-
laklarni o‘zgaruvchan tezlikda yugurib o‘tish kiritiladi.
Masofaning turli bo‘laklarini belgilangan tezlikda qayta
yugurib o‘tish ayrim bo‘laklarni turli tezlikda o‘tish bilan
bog‘liq takroriy va o‘zgaruvchan yugurish bilan almashib
turiladi. 100–200–300 m ga turlicha yugurishning mashqga
kiritilishi, mashqni tobiga keltirishga yordam beradi. Bunda
e’tibor yugurish texnikasi elementlarini egallash va nafas
olishni takomillashtirishga qaratilgan bo‘ladi.
Òurli xil to‘siqlardan o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlarni
qo‘llash, g‘ovlarni zabt etish texnikasini yaxshiroq egallashga
yordam beradi. 12–13 yoshli bolalarni g‘ovlardan oshishga
o‘rgatayotganda, birinchi navbatda, tezlikni, egiluvchanlikni,
harakatlar muvofiqligi va ma’romini rivojlantiruvchi mashq-
larni qo‘llash kerak. Ayniqsa 14–15 yoshda egiluvchanlikni
erishilgan darajada saqlab qolish va uni oshirish muhim (3-
rasm) ekanini ilmiy tekshirishlar (Sermeyev D.) ko‘rsatdi.
G‘ovlar osha yugurish texnikasiga o‘rgatish, to‘siqlarni
zabt etishni o‘rgangandan keyin boshlanadi.
Dastlabki paytda 50–60 sm balandlikdagi g‘ovlar bir-
biridan 6–6,5 m masofada qo‘yiladi. Bunda ular orasini
uch qadamda yugurib o‘tish mumkin bo‘lsin.
G‘ovlarning balandligi va oraliq masofalari asta-sekin
yugurish tezligini oshirish bilan oshiriladi. G‘ovlar osha
yugurishdagi o‘rta va katta yoshdagilarning mashqlari asosan
tezkor yugurish bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlardan iborat.
Past start xususiyati, birinchi g‘ovgacha qadamlar ma’romi,
g‘ovlardan tez oshib o‘tish, g‘ovlar orasidagi masofada va
marra yaqinida qadamlar ma’romi sekin-asta o‘rgatiladi.
Bunda shug‘ullanuvchilar to‘siqlar o‘rtasidagi masofani erkin,
oyoqlarni sun’iy kerib yubormay o‘tsinlar.


41
Bolalarni ko‘proq balandlikka va uzunlikka sakrash qiziqtiradi.
Sakrashlarni o‘rgatishdan oldin yerdan depsinuvchi oyoqni
aniqlashni o‘rgatish zarur. 12–13 yoshli o‘quvchilarga depsinishni
yugurib kelish bilan bog‘lab bajarishni o‘rgatish mumkin.
Bolalarga balandlikka sakrash «hatlab o‘tish» usulidan
boshlab o‘rgatiladi. Shuningdek, bolalarga «to‘lqin», «pere-
kat», «fosberi-flop» usullari texnikasini ham ko‘rsatish mumkin.
O‘quvchilar plankaga nisbatan 35 – 40° burchak ostida
yugurib kelish va to‘g‘ri depsinishni o‘rganganlaridan keyin,
qiziqishiga qarab «fosberi-flop» yoki «oshib o‘tish» usulida
sakrab o‘tishni boshlashga o‘tish kerak.
Yugurib kelib uzunlikka sakrashga o‘rgatish, avvalo, tez
yugurib kelishni to‘g‘ri depsinish bilan bog‘lab bajarishdan
boshlanadi va uchish vaqtida muvozanatni saqlash va yum-
shoq qo‘nishga e’tibor beriladi. O‘quvchilar dastlab uzunlikka

Download 39,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish