Радиотехник тизимлар назарияси асослари



Download 17,68 Mb.
bet47/130
Sana13.07.2022
Hajmi17,68 Mb.
#791991
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   130
Bog'liq
Astrofizika.-2-qism-I.Sattorov

b) Kometalar. Quyosh atrofida aylanadigan boshqa osmon jismlari (sayyoralar) dan butunlay farq qiladi. Birinchidan ular faqat Quyoshga yaqinlashganidagina ko‘rinadi va unga yaqinlashgan sari shakli o‘zgarib boradi. Grekcha «kometes» — sohli yoki bizdo dumli yulduz nomi bilan ataladigan yoritqich.
Kometa Quyoshdan 2—3 astronomik birlik uzoqlikda kichkina tumansi- mon gardishcha shaklida ko‘rinadi. Quyoshga yaqinlashgan sari gardishcha kattalashib yorug‘lasha boradi va gardishchaning Quyoshga nisbatan qarma- qarshi tomonida dumsimon nur hosil bo‘ladi. Kometa Quyosh atrofini aylanib o‘tayotganda bu dum kometa atrofida aylana boshlaydi va hamma vaqt Quyoshga nisbatan qarama-qarshi tomonga yo‘nalgan bo‘ladi. Quyosh yaqinida dumning uzunligi maksimal darajaga (bir necha o‘n mln km) yetadi. Kometa Quyosh atrofini aylanib o ‘tgandan keyin undan uzoqlasha boshlaydi va bunda endi dum uni oldiga o‘tib olgan bo‘ladi. Demak, dumi hamma vaqt Quyoshga nisbatan qarama-qarshi tomonga yo‘nalgan bo‘ladi.
Ikkinchidan, kometalar Quyosh atrofida cho‘zinchoq elliptik (ekssent- risteti e ~ 1) yoki parabolik orbita bo‘ylab harakat qiladilar. Orbita tekisligi ekliptika bilan ixtiyoriy (0 dan 90 gacha) burchak tashkil etadi (sayyoralar orbitalari ekliptika tekisligi yaqin atrofida joylashadi). Ko'pchilik kometalaming orbitasi shunday kattaki, uning Quyoshdan eng uzoq nuqtasi (afeliy) Pluton orbitasidan (40 a.b.) tashqarida, Quyoshdan minglab a.b. uzoqlikda Quyosh sistemasidan tashqarida bo'ladi. Ular ehtimol Quyoshga Yerda sivilizatsiya paytida bir marotaba yaqinlashadilar, ikkinchi yaqinlashish 100 ming yildan keyin ro‘y berishi mumkin. Bunday hollarda kometani Quyosh sistemasiga kiradigan jism deb qarash noto‘g‘ri. Biroq cho‘zinchoq elliptik (e > 0.5) orbita bilan Quyosh atrofida bir necha yildan bir necha yuz yil davr bilan aylanadigan kometalar ham bor. Bunday kometalar davriy kometa deb ataladi va ular ko‘p marta (100 martagacha) Quyoshga yaqinlashgan. Bunday kometalaming 1000 dan ortig‘i ro‘yxatga olingan. Gigant sayyora ta’sirida kometa parabolik orbitadan elliptik orbitaga o‘tishi mumkin. Eng qisqa davrga (3,3 yil) ega kometa Enke-Baklund kometasidir, u 1786-y. da kashf etilgan. Aylanish davri 4.9 y. dan — 10 yilgacha bo‘lgan 90 dan ortiq kometani afeliyi Yupiter orbitasi yaqinida boMganligi uchun ularni Yupiter oilasiga kiruvchilar deb atashadi. Bu kometalarni orbitasi ekliptika yaqinida joylash- gan. Shuningdek, Saturn (Uran, Neptun) oilasiga kiruvchi (davri 12—20 yil) kometalar ham bor. Bu oila a'zolari shu gigant sayyorlar tortishish kuchi ta’sirida oilaga bog‘langan. Ayrim kometalaming orbitasi gigant sayyoralar
ta’sirida o‘zgaradi.
Uchinchidan, kometalar Quyosh atrofida aylanaverib asta-sekin yemirila boshlanadi va oqibatda butunlay parchalanib ketadi. Masalan, 1772-yilda birinchi marta kuzatilgan Biela kometasi 1815, 1826, 1932, 1845-yillarda
83



ham kuzatilgan va 1846-yilda kometa Quyosh yaqinidan o'tgandan keyin ikkiga bodingan. Biela kometasi yana bir marta Quyoshga yaqinlashgan va juda xira ko‘ringan. Shundan keyin kometa bodaklari butunlay ko‘rinmay qolgan va kometa orbitasida meteor oqim kuzatila boshlangan. Demak, kometalarni Quyosh sistemasining boshqa a'zolaridan farqi shuki, ular noturg‘in, qisqa vaqt yashaydigan jismlardir.
Oxirgi yillarda katta optik kuchga ega teleskoplar va sezgir nurlanish priyemniklarini kometa izlashga qo‘llash natijasida har yili 50 ga yaqin kometa kashf etilmoqda. Bular odatda, xira bo‘lib, bir qismi davriy kometa bo'lsa, bir qismi ikkinchi bor kuzatilayotgan, qolganlari esa yangi kometa bo'lib chiqmoqda. Ammo qurollanmagan oddiy ko‘zga ko'rinadigan yorug‘ kometalar har 15 yilda bir marta kuzatiladi.
Kometa kichik o ‘zakni o‘rab turuvchi qobiq (u bosh deb ataladi) va dumdan iborat bo'ladi. Bosh kometaning eng yorug‘ qismi bo'lib, undan chetlashgan sari ravshanlik pasaya boradi, eng xira qismi dumdir. Boshdan uzoqlashgan sari dumning ravshanligi asta-sekin pasaya boradi va osmon foni bilan tenglashib ketadi. Bosh va dumda modda zichligi shu darajada pastki, ularning orqasidagi yorug' yulduzlarni ko‘rish mumkin. Kometa o‘zagi bir necha km dan bir necha o‘n km gacha kattalikka ega. U muz holatdagi jism bo‘lib, chang, har xil kattalikdagi tosh va metall zarralami o‘z ichiga oladi. Uning tarkibida ammiak, metan, is gazi, sian, azot, suv va boshqa gazlar borligi aniqlangan.
Quyoshga yaqinlashgan sari o ‘zak qiziy boshlaydi va gazlana bosh- laydi, uning atrofida gaz qobiq, bosh hosil bo‘ladi. Bosh moddasi gaz va chang zarralaridan iborat va bu zarralarga ikki xil kuch ta 's ir qiladi: Quyoshning tortish kuchi va itarish kuchlari. Tortishish kuchi — gravitatsiya kuchi. Itarish kuchlariga zarralarga Quyosh nuri berayotgan nuriy bosim va Quyosh shamoli berayotgan bosim kuchlari kiradi. Bu kuchlar hamma vaqt Quyoshdan radial yo‘nalishda yo'nalgan va shuning uchun ular bosh moddasini shu radial yo‘nalishda cho'zadi. D um ning shakli Quyoshning zarralarga ta'sir etayotgan gravitatsion va itarish kuch- larining nisbatiga bog'liq.
Rus olimi F.A. Bredixin (1831—1904) dum shakllarini 5 turga bo‘lishni fanga kiritgan.
I0 tur dumlar: Quyosh bilan o'zakni unga simmetrik ravishda tutashti- ruvchi to ‘g‘ri chiziq bo'ylab yo‘naIgan bo'ladi; itarish kuchlari gravitatsiya kuchlaridan 1000 marta kuchli; ionlashgan yengil gazlardan iborat, asosan Quyoshdan kelayotgan zarralar oqimi va magnit maydon ta'sirida hosil bo'ladi.
I tur dumlar: kometa harakati yo'nalishga teskari tomonga biroz og‘gan, qariyb to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yo‘nalgan; itarish kuchlari gravitatsiya kuchlaridan 10—100 marta kuchli; ionlashgan gaz molekulalaridan iborat I0 turdagi dumlar singari hosil bo‘ladi.
84



2.16-rasm. Kometa dumi lurlari (liredixin bo‘yicha): 10, — to ‘g‘ri chiziq
bo‘yicha yo‘nalgan, itarish kuchlari lortish kuchlaridan juda katta bo‘lgan gaz moddadan iborat; II— to ‘g‘ri chiziqdan ancha chetlashgan, tortish va itarish kuchlari kam farq qiladi, molekula va chang zarralaridan iborat dum.

II tur dumlar: kometa harakatiga nisbatan orqa tomonga anchagina egilgan; itarish kuchlari gravitatsiya kuchidan bir necha marta kuchli; gaz molekulalari aralashgan chang- dan iborat.


II0 tur dumlar: harakatga nisbatan orqa tomonga katta burchakka og‘gan
lo‘g‘ri chiziq bo‘ylab yo‘nalgan; chang zarralaridan tashkil topgan; itarish kuchlari gravitasiya kuehiga qariyib teng.
Anomal tur dumlar: Quyosh tomonga yo‘nalgan; katta chang zarralari- dan tashkil topgan, itarish kuchlari gravitatsiya kuchidan juda kam.
Ayrim kometalar bir vaqtning o ‘zida bir necha turdagi dumlarga ega bo‘ladi. I tur dumlar spektrida yengil gaz ionlarining emission chiziqlari kuzatiladi. Bu chiziqlar dum moddasidagi ionlarga Quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’sir etib, ularning nurlanishi (rezaonans fluoreinsiya) natijasida hosil bo'ladi. I tur dumlar spektrida molekula ionlarining emission tasma (polosa)lari ko‘rinadi. Anomal turdagi dumlar spektri esa tutash spektrdan iborat va u Quyosh nurini chang zarralaridan aks qaytishi va sochilishi natijasida ro‘y beradi.
Kometa moddasini o‘rganish kosmik materiyani tekshirishda muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda 2005-yilda Rempel kometasi avtomatik kos- mik apparat yordamida urildi (otildi) va urilishdan ajralgan kometa moddasi tekshirildi yoki Galley kometasi «Vega» avtomatik stansiyasi yordamida 1986-yilda tekshirilgan edi.

Download 17,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish