Радиотехник тизимлар назарияси асослари



Download 17,68 Mb.
bet48/130
Sana13.07.2022
Hajmi17,68 Mb.
#791991
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   130
Bog'liq
Astrofizika.-2-qism-I.Sattorov

d) Meteorlar. M eteor xalq tilida «uchar yulduz»lar deb nom olgan va to‘g‘ri chiziq shaklda uzayuvchi chaqnashdan iborat. Aslida u atmosfera (meteor — atmosferaviy demakdir) hodisasi bo‘lib, uni Yer atmosferasiga tashqaridan kirib kelayotgan mayda kosmik qattiq jismlar hosil qiladi va u bir necha daqiqa kuzatiladigan yorug‘ ingichka iz sifatida ko‘rinadi. Shuning uchun u atmosfera hodisasi yoki meteor deb ataladi.
Meteorlar har xil yorug‘likka ega bo‘ladi va ulaming yorug‘ligi yulduziy kattaliklarida ifodalanadi. Kuzatish vositasi bilan qurollanmagan tajribali odam ko‘z bilan ko‘rinadigan eng xira meteor 5 yulduziy kattalikka ega. Bunday meteorning tezligi 40 km/s, massasi 0.01 g bo‘lgan zarracha hosil qiladi. Nolinchi kattalikdagi va undan yorug‘ meteorlami tajribasiz kuzatuvchi ham ko‘ra oladi. Bunday meteorni massasi 1 g, tezligi 30—40 km/s bo‘lgan
85



a)
b) d)
2.17 va 2.18-rasm. Xulkar yaqinida kuzatiigan meteor (a) va temir (b) hamda tosh (v) meteor spektri. Temir meteor spektrida ko plab emission, tosh spektrida kalsiy ionining H va K chiziqiarini ko‘rish mumkin.

kosmik jism hosil qiladi. Katta kg li massaga ega bo‘lgan, meteorlarnin^ yorug‘ligi (-10 ) Oy ravshanligi darajasida bo‘ladi va kunduzi ham ko‘rinadi Bunday meteorlar «uchar yulduz» shaklda emas, balki uchar olov shai shaklda va uning izi bir necha minut davomida ko‘rinib turadi. Bunda> hodisa bolid (sport o‘yini quroli otiladigan nayza nomidan kelib chiqqaiy deb ataladi.


Sayyoralararo fazoda ko'plab mayda zarralar (mikrometeor) harakal qilib yuradi. Ko‘pchiligining massasi grammning yuzdan va mingdan birini tashkil etadi. Ular orasida massasi kg va tonnalarga, kattaligi sm va metrlargt tenglari ham uchraydi. Biroq bundaylari juda kam va ular Yerga tushsa meteoril deb ataladi. Sayyoralararo fazoda mikrometeorlar konsentratsiya juda kam Yer atrofida u bir km3 ga bitta to ‘g‘ri keladi. Bu zarralarning ko‘pchiligi Yerga nisbatan 10—15 km/s, ayrimlari esa 75 km/s gacha tezlik bilan harakal qiladilar. Yer atmosferasiga kirayotib ularning ko'pchiligi (d < bir mkm) katta qarshilikka uchramaydi, asta-sekin Yer yuzigacha yetib keladi va Yerg; tushadi. Natijada bir yilda Yer yuziga bir necha ming tonna modda tushadi.
86



Agar zarra 30—40 km/s va undan katta tezlik bilan Yer atmosferasiga kirib kelsa, uning yo'lida atmosfera tez suratlar bilan qiziy boshlaydi va chaqnab yorug‘ iz hosil qiladi. Zarraning massasi m va tezligi v bo‘lsa, iming kinetik energiyasi nro2/2 va m =1 g. t) =30 km/s bo‘lganda mt)2/ 2=4.5 103 J bo‘ladi. Bu 3 • 107 lm nurlanish oqimi beradi va Yer yuzida (agar meteor hodisa 100 km balandlikda ro‘y bersa) 3 • 10'4lk yoritilganlik hosil qiladi. Bunga m = - 5 myulduziy kattalik mos keladi. Meteor jismning lezligi qancha katta bo‘lsa, u shuncha yorug‘ iz ko‘rsatadi. Ko‘pchilik meteor hodisalar Yer yuzidan 80—120 km balandlikda boshlanadi va zarra atmosferada to‘la bug‘lanib 30—40 km balandlikda so‘nadi.
Meteorlarning spektri emission chiziqlar va xira tutash spektrdan iborat. Tutash spektr meteor jismning qizishi (3000 K) natijasida chiqadigan nurlanishga tegishli boTsa, emission chiziqlar atmosfera gazlari (Ne)ga va jism bugTanishidan hosil boTgan atomlar (O, Na, Ag, Al, Si, Fe)ga legishlidir. Meteor o‘z harakati davomida unga qarshilik ko‘rsatayotgan atmosferani (molekulalar) qizdirib yuboradi, kinetik energiyasini ularga beradi. Natijada meteor izidagi molekulalar va atomlar nurlanishi bir necha sekund davom etadi. Tez harakatlanayotgan ayrim meteorlar spektrida hatto ayrim ionlar (Na+, Si+, Ca+, Fe+, N +, va 0 +) chiziqlari ham ko‘rinadi. Meteor izining maTum bir qismida (40—50 km balandlikda) uning yorugTigi maksimal darajaga yetadi va undan keyin uning yorugTigi ham, tezligi ham pasayadi. Bu hodisa meteor jismning parchalanishi bilan bogTiq. Osmonning har xil tomonida bir-biri bilan bogTiq boTmagan holda chaqnaydigan meteorlar sporadik (yakka, tasodifiy) meteor deyiladi. Bir soat ichida teleskopsiz yorugTigi +3mgacha boTgan o‘rtacha 5—6 ta sporadik meteor sanash mumkin. Agar kuzatishga teleskop qoTlansa, meteorlar soni juda (ming marta) ko‘payib ketadi. Bir sutkada jami 106—108 ta meteor kuzatish mumkin. Bunday yakka uchraydigan meteorlar bilan birgalikda ayrim paytlarda meteorlar yomg‘iri deb ataladigan jarayonni ham kuzatish mumkin. M eteorlar yomgTri Quyosh atrofida maTum orbita bo‘ylab aylanayotgan zarralar oqimini Yer kesib o‘tayotganda ro‘y beradi. Chunki yomg‘ir a'zolari izini orqaga xayolan davom ettirsak, ular bir nuqtada kesishadi. Bu nuqta meteor oqimining radianti deb ataladi. Oqim radianti qaysi yulduz turkumiga to ‘g‘ri kelsa, oqim shu yulduz turkumi nomi bilan ataladi. Masalan, avgust oyining o‘rtalarida kuzatiladigan meteorlar yomg‘i- ri radianti Persey yulduz turkumiga to‘g‘ri kelganligi uchun bu oqim Per- seidlar deb ataladi. Meteorlar oqimi kometalarning parchalanishi natijasida
hosil boTadi.
Ko‘pchilik meteor jismlar atmosferada bugTanib ketadi yoki parchala- nib, sekinlashib Yer yuziga mayda-mayda chang holatda asta-sekin tushadi. Natijada Yer o‘z massasini bir yilda bir necha ming tonnaga oshiradi. Ayrim katta (o‘nlab va undan ko‘p kg massaga ega) meteoridlar Yer atmosferasida toTa erib, bugTanib ulgira olmaydi va ularning qolgan qismi Yer yuziga tushadi. Bular meteorit deb ataladi va ularning 3000 ga yaqini topilgan va
87



tekshirilgan. Topilgan meteoritlarnini’ massasi bir necha grammdan bir necha
*. t o‘n tonnagacha yetadi. Bu topilmalar •
.\ '■Vf ning 90% i tosh, 5—6 % tem ir va qolganlari tem ir-tosh meteorit ekam
\ 1* aniqlangan. Tosh meteorit moddasininj'
Jf
47% i — kislorod, 21% — kremniy,
16% — temir, 14% — magniy; temii
.j — toshning 55% — tem ir, 19% -
k islo ro d , 12 % — m agniy, 8 % -
:2>v kremniy, 5%— nikel; tem ir meteo-
/ ; ritning 91% temir, 8% — nikel.
v . Temir meteoritlarda nikel miqdoi i
m’ • Yerdagi tem ir rudalaridagidan ko‘p.
f 1 * Tosh meteoritlar tarkibi Yeming ichki
4 i? qatlamlari jinsi tarkibiga o‘xshash bo‘ladi. Ularda kislorod va kremniy miqdoii Yernikidek, biroq magniy, tem ir va nikel Yerdagidan ko‘p. Yer po‘stlog‘ida
/ > esa aluminiy, natriy, kaliy va kalsiy ko‘p.
2.19-rasm. Radianti Ajdaho yuiduz Yer po‘stlog‘ida tem ir meteoritdagiga
turkumida bo‘lgan meteorlar. qaraganda kam, bunga sabab temii
Yeming o‘zagiga tushgan. Shunday qilib, meteorit moddasi tarkibi Quyosh sistemasining, shuningdek, Yerni hosil qilgan dastlabki modda tarkibini ko‘rsatadi va bu dastlabki moddada kremniyga nisbatan temir miqdori 0.53 ±0.06 bo‘lgan.



Download 17,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish