Saturn. Yupiterga o‘xshash gigant sayyora. Biroq u Quyoshdan qaraganda ikki marta uzoqda (a =9.5 a.b.) joylashgan. Shuning uchun unga Yupiterga qaraganda qariyb 4 marta kam Quyosh energiyasi tushadi. Bu energiyani 45% ni sayyora qaytaradi. Saturnda o‘rtacha zichlik 0.7 g/sm3 (Quyosh siste- masidagi eng kami).
Infraqizil nurlarda Saturn sirtining temperaturasi 83 = 123 K gacha, bu sayyoraning Quyosh yoritishi natijasida olgan issiqligidan (80 K) ko‘p demakdir. Demak, sayyora ichki issiqlikka ega. Sayyorani radio temperaturasi sm li diapazonda 160 K, dm da — 240 K va 21 sm da — 300 K. Biz sayyoraning bulut qatlam i sirtini ko‘ram iz, uning ichki qatlamlari ko‘rinmaydi. Saturnni tuzilishi Yupiternikiga o ‘xshaydi. Atmosferasining qalinligi 1000 km. Saturn sirtida ko‘rinadigan tuzilmalar (bulutlar) Yupi- terdagidan kam, ekvatori yaqinida qorong‘i tasmalar yaqqol ko‘rinadi. Vaqti- vaqti bilan yorug‘ va qorong‘i dog‘lar ko‘rinib turadi. Ularning siljishi bo‘yicha sayyoraning o‘z o ‘qi atrofida aylanishi o ‘lchangan. 0 ‘q atrofida
aylanish davri 10h14m, qutblari yaqinida l l h. Biz esa sayyoraning atmosfera qatlamini ko‘ramiz.
Sayyoraning kim yoviy tarkibi spektriga asosan aniqlangan. Uning spektrida metan (SH 4) va molekular vodorod (H 2) tasmalari bor. Atmo- sferasi asosan vodorod va geliydan tarkib
2 .12-rasm. SaturnningYerdantunb topgan, m etan 1%, amm iak ham
chizilgan (1962) yaxshi tasvirlaridan biri. bo‘lishi kerak.
76
- K*ekr Gap
2.13-rasm. Voyajcr kosmik apparat yordamida Saturn yaqinidan olingan halqalarning qism surati. A, B, C halqalar va Kassini oraligM o ‘z navbatida ko‘plab ingichka halqachalarga ajralib ko‘rinmoqda.
Saturnni dipol ko'rinishdan magnit maydoni Yernikidan kuchli. Uning atrofida magnitosfera va radiosion belbog‘lar mavjud. Ular orasida bo‘sh sohalar mavjud (bu sohalarda sayyora yo‘ldoshlari aylanadi). Sayyora halqa- lari ham ana shu bo‘shliqqa to‘g‘ri keladi. Halqalami 1656-yilda X. Gyuygens (1629—1693) kashf etgan. Yerda turib kuzatishlardan uchta halqa (ABC) borligi aniqlangan (138 000—120000 km balandliklarda (A), 116000— 90000 km (B), 89000—72000 km (C)). Halqalar qalinligi 2 km va mayda qattiq modda, tosh bo‘laklari va changdan tashkil topgan. Va> Vb, aylana tezligi balandlik bo‘yicha kamayib boradi. Kosmik avtomatik apparatlar («Pioner», «Voyajer») yana 4 ta halqa borligini (D-ichkarida, E, F, G tashqarida) aniqladi. A, B va C halqalar alohida-alohida aylanadigan halqalardan iboratligi aniqlandi (2.13-rasm).
Saturnning 28 ta yo‘ldoshi bor, eng kattasi Titan bo‘lib, u teleskopda ko‘rinadi va Oydan 1.5 marta katta (R = 2500 km), massa 1.8 marta ko‘p. Titan qalin metan atmosfera bilan o‘ralgan, qolgan yo'ldoshlar Oydan juda kichik (2R = 150 * 1400 km). Yaqinda sayyoradan 10 mln km uzoqlikda uning atrofida aylanadigan 13 ta kichik (2R a 7 km) yo‘ldosh kashf etildi.
77
Do'stlaringiz bilan baham: |