Generatorlarning ish rejimi Generatsiya sharti, genetorlarda tebranishlar hosil bo’lishining asosiy sharti
hisoblandi.Ammo hosil bo’ladigan tebranishlarning statsionar amplitudasi va tebranish shaklini belgilash uchun yetarli emas. Hosil qilinadigan tebranishlar amplitudasi o’sishini ta’minlash uchun amplitudalar sharti birdan kattaroq
qilib olinadi. Lekin geterator sxemasida ishlatilgan faol element(tranzistor) xarakteristikasi egri chiziqliligi amplitudaning cheksiz o’sishiga yo’l qo’ymaydi, ya’ni amplitudaning o’sishni chegaralaydi.
Generatorda hosil bo’ladigan tebranishlar amplitudasi kuchaytirish koeffitsentiga bog’liq. O’z navbatida kuchaytirish koeffitsenti kirish signali amplitudasiga bog’liq. Bu bog’liqlik generator sxemasida ishlatilgan tranzistorning xususiyatlari va ishchi nuqtani tranzistor xarakteristikasining qayerida tanlanganligi bilan belgilanadi.
Ishchi nuqta tranzistor volt-amper xarakteristikasining to’g’ri chiziqli qismi o’rtasida tanlangan deb hisoblaylik. Bu sirqish kuchlanishi berish orqali amalga oshiriladi. Bunday holda kirish signalining ixtiyoriy qiymatida kuchaytirish koeffitsenti maksimal qiymatga ega bo’ladi. Hattoki kirish signali juda kichik qiymatiga ega bo’lganda ham.
O’z-o’zidan g’alayonlanish jarayonida kattalik tebranish amplitudasiga bog’liq bo’lmaganligi tufayli o’zgarmaydi. Kuchaytirish koeffitsenti tranzistor volt-amper xarakteristikasining nochiziqliligi tufayli amplituda ortishi bilan kamayadi. Bu holat kuchaytirish koeffitsentining kirish signali amplitudasiga bog’liqligidan kelib chiqadi.
Rasm
Bu rasmda tanlangan rejim uchun kuchaytirish koeffitsentining kirish signali amplitudasiga bog’liqlik grafigi keltirilgan. Teskari bog’lanish koeffitsenti o’zgarmas qiymatga ega. Uning qiymatini zaruriy kattalikgacha o’zgartirish orqali generatsiya jarayonini boshqarish mumkin. Teskari bog’lanish chizig’i, yani ning kirish signali amplitudasi ga bog’liqligi o’qiga parallel to’g’ri chiziqdan iborat. Teskari bog’lanish koeffitsenti ning kattaligiga qarab dan kichik, ga teng, dan katta qiymatlarga ega bo’lishi mumkin.
Rasmdagi bo’lgan holatda hosil bo’lgan tebranishlar amplitudasi avvaldan belgilangan kattalikgacha o’sib boradi. Rasmda bu avvaldan belgilangan qiymat larning ga bog’liqlik grafiklarining kesishgan nuqtasiga mos kelayotgan kirish signali amplitudasi ga teng.
Bu rasmdan quyidagicha xulosalarga kelish mumkin:
Kirish signallarining bo’lgan barcha qiymatlari uchu tengsizlik o’rinli bo’lib sistema o’z-o’zidan g’alayonlanib, unda tebranishlar sodir bo’ladi. Hosil bo’lgan tebranishlar amplitudasi to ga tenglashguncha o’sib boradi.
Kirish signallarining bo’lgan barcha qiymatlari uchu tengsizlik o’rinli bo’ladi. Bu holatda hosil bo’lgan tebranishlar sekin-asta so’nadi. So’nish jarayoni tebranishlar amplitudasi ga tenglashguncha davom etadi.
Demak, ikkala holatda ham hosil bo’lgan tebranishlar amplitudasi ga tenglashguncha o’zgaradi. Shuning uchun, tebranishlarning belgilangan statsionar amplitudasi deb ataladi.
Generatorning ko’rib chiqilgan ish rejimining asosiy xususiyati shundan iboratki, unda tebranishlar hosil bo’lishi uchun tashqi ta’sirning umuman keragi yo’qligidadir, chunki tebranishlar hosil bo’lishi uchun kirish zanjiridagi kuchlanish amplitudasining juda kichik fluktuatsiyasi ham yetarli bo’ladi. Generatorlarning bunday o’z-o’zidan g’alayonlanuvchi rejimi generatorlarning yumshoq ish rejimi deb ataladi.
Sistemada kichik amplitudali tasodifiy tebranish paydo bo’lishi bilan generatsiya jarayoni boshlanadi va u doimiy (statsionar) amplitudali signal hosil bo’lguncha davom etadi. Tebranish amplitudasining ortishi ekspononsial qonuniyat bo’yicha amalga oshadi.
Endi ishchi nuqta tranzistor volt-amper xarakteristikasining quyi qismida tanlangan holatni ko’raylik. Agar ishchi nuqta volt-amper xarakteristikasining quyi qismida tanlangan holatga teskari bog’lanish chizig’i kuchaytirish koefitsiyenti ning kirish signali ga bog’liqlik grafigi ni teskari bog’lanish koeffitsiyenti ning qiymatiga qarab bir yoki ikki nuqtada kesib o’tadi. (rasm)
Rasm
Bu rasmdagi A nuqtaning avvalgi holatdagi A nuqtadan hech qanday farqi yo’q, ya’ni bu nuqta statsionar amplitudali tebranishlar hosil bo’lish nuqtasi. A nuqtadan farqli holda B nuqtada tebranish amplitudasi turg’un bo’lmaydi. Rasmda keltirilgan grafikda tebranishlar amplitudasini uch sohaga mansub deb hisoblash mumkin:
sohada kirish signali ning barcha qiymatlari uchun so’nuvchi tebranishlarga hosil bo’ladi;
sohada kirish signali ning barcha qiymatlari uchun hosil bo’ladigan tebranishlar amplitudasi gacha o’sib boradi.
sohada kirish signali ning barcha qiymatlari uchun so’nuvchi tebranishlar hosil bo’lib, ularning amplitudasi sekin-asta ning qiymatigacha kamayadi.
Demak, bunday ish rejimida generatorda g’alayonlanish jarayoni sodir bo’lishi uchun amplitudasi bo’lgan tashqi ta’sir kerak bo’ladi. Generatorlarning bunday ish rejimi generatorlarning qattiq ish rejimi deb ataladi.
Demak, qattiq ish rejimida ishlaydigan generatorlar tashqi ta’sir natijasida ishlovchi generatorlar, yumshoq ish rejimida ishlaydigan generatorlar avtogeneratorlar bo’lar ekan.