TО‘QIMACHI KADRLAR TAYYORLASH MASKANI
Kadrlar har qanday jamiyatning, davlatning yetakchi kuchi
hisoblanadi. Zero, mutaxassis kadrlarsiz, ya’ni ularning ishtirokisiz
hayotning biron-bir sohasi rivojlanishini tasavvur qilish mumkin emas.
Shu ma’noda, mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlari
bо‘lgan paxta sanoati, tо‘qimachilik va yengil sanoat karxonalari uchun
yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlash, ayniqsa mazkur tarmoqlarning
paydo bо‘lishi jarayonida, xususan XIX asr 2-yarmi va XX asr
1-yarmida о‘ta dolzarb masala bо‘lib kelgan edi. Chunki, ayni shu
davrda Respublikamizda paxta tozalash, tо‘qimachilik, pillakashlik,
tikuvchilik, tо‘quvchilik, yigiruvchilik, charm-poyabzal kabi sanoat
tarmoqlari poydo bо‘ldi, shakllandi va rivojlandi. Bu о‘z navbatida
malakali ishchilarga, muhandis-texnik xodimlarga bо‘lgan talabni
oshirdi.
Shu bois ham о‘tgan asrning 30-yillari boshida nafaqat
О‘zbekistonda balki Markaziy Osiyoda, qolaversa sobiq ittifoqda nufuzli
oliy о‘quv yurtlaridan biri bо‘lgan Toshkent tо‘qimachilik institutiga
asos solindi.
Shunday qilib, 1932 yil 26 iyunda sobiq Ittifoq Yengil sanoat xalq
komissarligining 90-son qarori bilan Toshkent tо‘qimachilik instituti
tashkil etildi.
1
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, institutning tashkil
etilishiga о‘tgan asrning 20-yillarida respublikamizda qurib ishga
tushirilgan Farg‘ona tо‘qimachilik kombinati, Farg‘ona, Buxoro,
Samarqand, Marg‘ilon pillakashlik fabrikalari, Marg‘ilon shoyi
kombinati va «Atlas» ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent, Buxoro,
Samarqand, Qо‘qon, Urganch, Andijon tikuv fabrikalari, Toshkent kо‘n
zavodi, poyabzal fabrikasi, ishlab turgan kо‘plab paxta tozalash
zavodlari, qurilishi boshlangan Toshkent tо‘qimachilik kombinati kabi
yengil sanoat korxonalarini yuqori malakali mutaxassis kadrlar bilan
ta’minlash zarurati asos bо‘ldi.
Bunga qadar mazkur korxonalar oliy ma’lumotli mutaxassislar bilan
qisman О‘zbekiston Milliy universiteti (Sobiq ToshdU) ning “Paxtani
1
Toshkent shahar davlat arxivi. 45 f. 1-ro‘yxat, 1531 ish, 5 varoq.
6
dastlabki ishlash” kafedrasi (1927 y.), 1929 yildan universitetdan ajralib
chiqqan О‘rta Osiyo paxtachilik-irrigatsiya politexnika institutining
tо‘qimachilik fakultetida, 1931 yildan esa О‘rta Osiyo mexanika-
texnologiya institutining tо‘qimachilik fakulteti bazasida, shuningdek
asosan, sobiq markazdan yuborilgan kadrlar hisobiga ta’minlangan.
О‘rta Osiyo mexanika-texnologiya institutida paxtani dastlabki
ishlash va yigirish, tо‘quvchilik, ipak texnologiyasi bо‘yicha
mutaxassislar tayyorlash yо‘lga qо‘yilgan edi. Mana shu institut va
fakultet hamda mutaxassisliklar negizida alohida tо‘qimachilik
institutini tashkil etish zarurati paydo bо‘ldi.
Shunday qilib, 1932 yil sentabrdan Toshkentda tо‘qimachilik
instituti ochildi. Dastlabki yili institutda 2 ta fakultet: paxtani dastlabki
ishlash va mexanika-texnologiya fakultetlari о‘z tarkibida 4 ta
mutaxassisiik - paxtani dastlabki ishlash, tо‘quvchilik, yigiruv va ipak
texnologiyasi mutaxassisliklari bilan faoliyatini boshladi.
1932-33 о‘quv yilida institutga birinchi kaldirg‘ochlar sifatida
125 ta talaba qabul qilindi. Xalq maorifi faollaridan bо‘lgan Amin
Rahmatullayev institutga birinchi rektor qilib tayinlandi.
1933 yilda tо‘qimachilik instituti tarkibiga О‘rta Osiyo mexanika-
texnologiya institutining qо‘shilishi natijasida ilgari MTI yuqori kurs
talabalari bо‘lgan yoshlardan institut о‘zining birinchi qaldirg‘och
muxandislarini tayyorlab chiqardi.
1935 yilda institutning 4 qavatli о‘quv-laboratoriya binosi (bugungi
2-о‘quv binosi) va talabalar uchun 4 qavatli yotoqxona binosi
foydalanishga topshirildi.
Bu davrda, institut nafaqat respublikamiz tо‘qimachilik va yengil
sanoat korxonalari, balki qо‘shni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston,
Turkmaniston, hatto Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining bir qator
mamlakatlari uchun ham tо‘qimachi kadrlar tayyorlovchi yirik
maskanga aylandi.
О‘tgan yillar davomida institut katta tarixiy yо‘lni bosib о‘tdi.
Yildan-yilga о‘quv-laboratoriya bazasi mustahkamlanib bordi. Agar
1935 yilda institutda 6 ta ishlab chiqarish va 5 ta о‘quv laboratoriyalari,
5 ta kabinet, sport zali, kutubxona bо‘lgan bо‘lsa, 1960 yillarga kelib
7
8 ta ishlab chiqarish, 10 ta о‘quv-laboratoriyalari, 13 ta kabinet faoliyat
kо‘rsatdi. Kutubxonadagi kitoblar fondi 500 tadan 900 mingga yetdi.
Bu davrda talabalar uchun yana 3 ta talabalar uyi, 1973 yilda
6 qavatli 1-о‘quv binosi, keyinchalik 1986 yilda esa 5 qavatli 3- о‘quv
binosi qurib ishga tushirildi.
Talabalar soni muntazam ravishda oshib bordi. Jumladan, ularning
soni 1990 yilda 1932 yildagi 125 tadan 10897 taga yetdi. Biroq dastlabki
yillarda talabalar orasida о‘zbeklar va boshqa mahalliy millat vakillari,
ayniqsa uzbek qizlarning salmog‘i kam bо‘lib, buning ustiga
mashg‘ulotlarning aksariyat qismi rus tilida olib borilar edi. 1970-80
yillarda Farg‘ona vodiysida va Buxoro viloyatida qator tо‘qimachilik
korxonalarining qurilishi institutning Marg‘ilon, Namangan va Andijon
shaharlarida umum texnika fakultetlari, keyinchalik esa filiallari
ochilishiga sabab bо‘ldi.
Institutda ilmiy daraja va unvonga ega bо‘lgan professor-
о‘qituvchilar soni muntazam kо‘payib bordi. Bularning orasida
institutga 1936-1941 yillarda rektorlik qilgan F.S.Kungurseva,
1927 yilda sobiq ToshDU bugungi О‘zbekiston milliy universitetida
respublikada ilk bor paxtani dastlabki ishlash kafedrasiga asos solgan
prof. B.A.Levkovich, 1957-1973 yillar davomida 16 yil institut rektori
bо‘lib ishlagan, о‘zbek qizlaridan birinchilardan bо‘lib Moskva
tо‘qimachilik institutida taxsil olgan va uni muvffaqiyatli tamomlagan,
texnika fanlari doktori, professor keyinchalik Akademiklik darajasiga
kо‘tarilgan, “Tо‘qimachilik materialshunosligi” kafedrasi asoschisi
M.A.Hojinova, О‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Akademigi darajasiga
kо‘tarilgan M.T.О‘razboyev, H.H.Usmonxо‘jayev, R.G‘.Mahkamov,
M.A.Asqarov, professorlardan G‘.J.Jabborov, S.D.Boltaboyev,
A.B.Xudkovskiy, M.M.Muhamedov, Sh.R.Marasulov, N.F.Fozilov,
M.Xolmatov, L.Yunusov, E.Sh.Alimboyev, U.M.Matmusayev,
B.G‘.Qodirov, K.E.Ergashev, M.M.Muqimov shuningdek, о‘z
sohasining yetuk mutaxassislari, tajribali pedagoglar Y.Q.Qirg‘izboyev,
G.L.Ioffe,
G‘.M.Abdul-Razzoqov,
M.R.Mavlyaviyev,
M.M.Kattaxо‘jayev, Z.A.Abdullayev, Y.Q.Uzoqov, A.A.Alimov,
S.M.Nusratov, F.Ozodayev, B.A.Azimov, M.F.Ahmedov, Z.S.Sobirov,
8
H.M.Muhamadjonov, T.X.Xakimov, E.S.Sobitov, K.T.Umarov,
X.X.Samarxо‘jayev, O.Maxsudov, A.Mirzaboboyev, Х.Abdukarimov va
boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
1932-2015 yillarda institutda xalq xо‘jaligi tarmoqlari uchun
50 mingdan ortiq yuqori malakali muhandis-texnologlar va bakalavr
hamda magistrlar tayyorlab berildi. Bular orasida Kuba, Mongoliya,
Afg‘oniston, Turkiya, Pokiston, Peru, Ve’tnam, Laos va qator Afrika
davlatlarining 700 ga yaqin talabalari ham bor edi.
Institutda о‘quv ishlari bilan bir qatorda keng qamrovli ilmiy
izlanishlar ham olib borildi. Shu maqsadda 1937 yilda aspirantura
bо‘limi tashkil etilgan edi. Aspiranturaga qabul yildan yilga ortib bordi.
Agar 1937-1957 yillarda aspiranturaga har yili 2 kishi qabul qilingan
bо‘lsa, 1977-1980 yillarda 24 tadan, 1981-1990 yillarda 40-45 nafardan
yoshlar qabul qilindi.
Shu davr ichida fakultetlar soni 2 tadan 6 taga yetdi. Kechki va
sirtqi fakultetlar ham ochildi. Kafedralar soni esa 4 tadan 38 taga yetdi.
Umuman 1980 yillarda institut 13 ta mutaxassislik va 21 ta ixtisoslik
bо‘yicha kadrlar tayyorlay boshladi. Talabalar uchun о‘zbek tilida
о‘nlab darsliklar, yuzlab uslubiy qо‘llanma, kо‘rsatma va tavsiyalar
tayyorlandi.
1932-2006 yillarda institutda A.Raxmatullayevdan sо‘ng
F.S.Kungurseva, N.I.Truevsev, S.N.Nusratov, A.K.Inoyatov,
Z.A.Abdullayev, M.A.Hojinova, T.R.Rashidov, B.G‘.Qodirov,
M.F.Ahmedov, H.A.Alimova, A.P.Parpiyevlar rektorlik lavozimida
faoliyat kо‘rsatishdi. 2006 yil iyun oyidan institutni texnika fanlari
doktori, professor Q.Jumaniyazov boshqarib kelmoqda.
Institut tarixida B.A.Levkovich, M.T.О‘razboyev, A.Alimov,
N.N.Nazarov, K.M.Mansurov, M.R.Razzoqov, G‘.J.Jabborov,
X.Q.Qurbonov, Y.Q.Qirg‘izboyev, G.I.Boldinskiy, R.G‘.Mahkamov,
M.M.Ma’rupov, S.X.Xusniddinov, M.M.Muhamedov kabi yetuk olimlar
va fidoiy professor-о‘qituvchilar kafedra va mutaxassisliklar asoschilari
bо‘lishgan.
Shu bilan birga institutning shо‘rolar hukmronligi yillaridagi qariyib
60 yillik faoliyati davrida qator kamchilik va nuqsonlar ham bо‘ldi.
9
Do'stlaringiz bilan baham: |