25
yangi tо‘quv mashinasini ixtiro qildi. Shunday qilib, XVIII-XIX asrlarda
tо‘qimachilik sanoati texnik asosga kо‘chdi. 1800 yilda yigiruv
mashinalari bug‘ bilan ishlashga о‘tkazildi. Natijada yigirish jarayoni
tezlashdi. Bu xomashyoga bо‘lgan talabni oshirdi. О‘z navbatida
qishloq xо‘jaligi (paxta, pilla, zig‘ir), chorvachilik (qо‘ychilik),
shuningdek, mashinasozlik,
energetika, metallurgiya, stanoksozlik kabi
tarmoqlar ham rivojlandi.
Jahonda tо‘qimachilik xomashyosi va mahsulotlariga ehtiyoj oshib
ketdi. Natijada, Angliya Misr va Hindistonga, AQSH Lotin
Amerikasiga, Rossiya Turkistonga e’tibor qaratdi. Masalan,
Rossiya
chetdan tо‘qimachilik sanoati ehtiyojlari uchun 1824 yilda 100 ming
pud, 1848 yilda 1 mln. 320 ming pud, 1859 yilda esa 2 mln. 720 ming
975 pud paxta sotib olgan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu davrda
negadir tо‘qimachilik xomashyosi yetishtirish kamayib, uning narxi
oshib ketdi. Masalan, 1860 yilda AQShda 8 mln. kip paxta tayrlangan
bо‘lsa, u 1870 yilda 3 mln. kipga tushib qoldi. Natijada bir pud
paxtaning narxi 5 rubl 15 kopeyekdan 61 rubl 10 kopeyekgacha
kо‘tarildi. Ipak tolaning narxi esa 1754 yildagi 30-60 rubldan 1804 yilda
120-130 rublga, 1811 yilga kelib esa 600-700 rublga yetdi yoki 50-55
yilda 20 barobarga yaqin oshdi.
Tabiiyki, bu hol tо‘qimachilik sanoati
rivojlanishiga salbiy ta’sir kо‘rsatdi. Masalan, 1860 yilda birgina
Rossiyada 57 ta yigiruv va 659 ta tо‘quv fabrikasi ishlab turgan bо‘lsa,
1903 yilga kelib ularning soni mos ravishda 35 va 358 taga tushib qoldi.
Ammo, XIX-asr sо‘nggi choragidan kapitalizm о‘zining yuqori
bosqichiga, ya’ni imperializm davriga kirishi bilan kapitalistik dunyoda
sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 30 yilda 3 borobar о‘sdi. Sanoatda
trest, konsern, kartel, sindikat, kompaniya kabi yirik-yirik monopolistik
birlashmalar poydo bо‘la boshladi.
Bunday monopoliyalar iqtisodiy
hayotning hamma tomonlarini
qamrab olib, davlatlar iqtisodiy hayotiga ta’sir о‘tkaza bordi. Natidjada,
imperialistik davlatlarda, birinchidan, ishlab chiqarish va kapital
konsentratsiyasi (markazlashuvi) shunday yuqori darajaga yetdiki,
davlatning butun xо‘jalik hayotini idora qiluvchi yirik monopoliyalar
vujudga keldi.
26
Ikkinchidan, bank kapitali bilan sanoat kapitali qо‘shilib moliya
kapitali uning zamirida esa moliya oligarxiyasi paydo bо‘ldi.
Kapital bir
hovuch kishilar qо‘lida tо‘plandi.
Uchinchidan, chetga mol chiqarishdag kо‘ra kapital chiqarish
kо‘proq afzal va ahamiyatli bо‘lib qoldi va hakozo. Masalan, 1902 -
1914 yillarda chetga kapital chiqarish Angliyada 62 mlrd. franklan 75 -
100 mlrd. frankga, Fransiyada 27-37 mlrd. frankdan 60 mlrd. frankga,
Germaniyada 12,5 mlrd. frankdan 44 mlrd. frankga kо‘tarildi. Natijada,
sudxо‘r davlatlar soni kо‘paydi. 1914 yilda yer yuzidagi jami 1 mlrd.
657 mln. aholining 930 millioni yoki 56 foizi mustamlaka ahvoliga
tushib qoldi.
Ilg‘or mamlakatlarda tо‘qimachilik sanoati jadal rivojlandi.
Tarmoqda tabiiy tolalar bilan bir qatorda sun’iy tolalar ham ishlatila
boshladi. 1884 yilda ilk bor sun’iy tola olindi. Ammo sellyuloza nitrati
aralashmasidan olingan bu tola tez yonuvchan bо‘lganligi
bois keng
yoyilmadi. Tabiiy tola tabiiyligicha qoldi.
Tо‘qimachilik sanoati taraqqiyotida uchinchi bosqich-ilmiy-texnika
inqlobi davri XX asr о‘rtalaridan boshlandi: О‘zbekiston tо‘qimachilik
sanoati rivojlanishida 2-jahon urushi yillarida Rastov-Don shahridan
(Rossiya) kо‘chirib keltirilgan va Toshkentda ishga tushirilgan
“Tashtekstilmash”-Toshkent tо‘qimachilik mashinasozligi zavodi katta
ahamiyatga ega bо‘ldi. Bu zavod XX asr 50-60 yillarda tо‘qimachilik
korxonalari uchun P-66 markali xalqali yigiruv va RTP-192 markali
piliklash mashinalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan edi. Jumladan,
1958 yilda zavod 337 ta yigiruv mashinasi ishlab chiqardi.
Umuman, urushdan keyingi 10 yil (1946-1955 yy.) ichida ittifoq,
shu jumladan О‘zbekiston tо‘qimachilik korxonalariga 5 mln. komplekt
yigiruv va 68 ming tо‘quv dastgohlari yetkazib berildi.
Shuni ham aytish
kerakki, sobiq ittifoqda yoki О‘zbekistonda ishlayotgan tо‘qimachilik
dastgohlari tez yangilanmas edi. Masalan, Meddisonning ma’lumotlariga
kо‘ra Shvetsiyada 5, AQShda 8,5-9 yilda tо‘qimachilik dastgohlari
almashtirilsa, sobiq SSSRda 16 yilda almashtirilar edi.
Shuningdek, 60-yillar oxiri-70-yillar boshlarida tо‘qimachilik
korxonalarida, xususan Toshkent tо‘qimachilik kombinatida ATPR
27
turidagi mokisiz tо‘quv dastgohlari о‘rnatila boshladi. 1971-75 yillarga
kelib esa ilk bor sobiq Chexoslovakiyaning “Autosuk” qayta о‘rash
avtomatlari, Penza (Rossiya) tо‘qimachilik mashinasozligi zavodida
ishlab chiqarilgan yangi mashinalar, sobiq GDRda ishlab chiqarilgan
“Testima” markali qayta tarash mashinalari о‘rnatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: