Xulosa o‘rnida
Iogann Sebastyan Baxning ijod siri nimada? Qanday kuch unga milliy va vaqt chegaralarini o‘tishga zamin yaratib berdi?
Bu savolga javobni biz, I.S. Baxning murakkab musiqiy dunyosi, eng avvalo, uning chuqur hissiyotlar olami, ichki ruhiy holati, izlanishlari va intilishlari, qalb itoatlaridan kelib chiqqan holda, inson nozik qalbida sirlangan pinhon kechinmalarni o‘zining yorqin musiqiy iste’dodi kuchi, didi bilan yoritib bergani va bunga tinglovchilar qalbida shu zahoti axloqiy javob olishga qodirligida ko‘rishimiz mumkin.
I.S. Bax juda kamtarona hayot kechirgan bo‘lsa-da, biroq turli musiqa jabhalarida qilgan ijodiy izlanishlari, kompozitor asarlarining son-sanog‘i, ijodiy faoliyatining jo‘shqin va serjiloligidan dalolat bergan. Hamisha izlanishlar borasida tinib-tinchimagan ijodkor musiqiy kuch va iroda timsoliga aylandi. Shu bois, uning qudrati oldida Betxoven va Vagner, Shopen va List, Rimskiy-Korsakov va
94
www.ziyouz.com kutubxonasi
Taneyevlar ta’zim qilgan. Olamning turli burchaklarida, tarixiy bos- qichlarida yashab ijod qilgan, xilma-xil maktab va musiqiy yo‘na- lishlarning timsolini gavdalagan kompozitorlar I.S. Bax daholigi ol- dida ta'zim qiluvchi ittifoqqa birlashdi.
Tayanch so‘zIar: I.S. Bax, polifoniya, organ, messa, passion- lar, arioso, kantata, oratoriya, prelyudiya, fuga, tokkata, invensiya, konsert, "Yaxshi temperatsiya qilingan klavir".
Nazorat savollari
I.S. Baxningjahon musiqa san’ati rivojiga qo‘shgan ulushiga baho bering.
Bax hayotiy yo‘lining asosiy davrlanishi va bu davrlarga mansub asosiy asarlarini qayd eting.
I.S. Baxning Veymar, Kyoten va Leypsigdagi faoliyatini qis- qacha ta’rifini bering.
I.S. Bax uchun organ cholg‘usining ahamiyatini ochib bering va uning organ uchun yaratilgan asarlarining uslubi va janr bo‘yicha turlarini aniqlab ko‘rsating.
I.S. Baxning klavir asarlarining umumiy tafsilotini bering.
Kompozitor konsertlari, invensiyalari, syuitalarining sharhi.
Bax bilan bir yilda tavallud topgan kompozitorlar.
Ikki jildli “Yaxshi temperatsiya qilingan klavir” yaratilishi- ning maqsadi.
Kompozitor familiyasi boMmish “Bax” so‘zining ma’nosi.
I.S. Bax vafotidan so‘ng uning ijodi uzoq yillarga unutilib ketdi. Faqat XIX asrga kelib Yevropaga I.S. Baxning “Matfey bo‘yi- cha iztiroblari” tanilib, muallifning ijodiga qiziqish kuchayadi. Qaysi nemis kompozitorining sa’y-harakati bilan bu ish amalga oshdi?
0‘z shogirdlariga ta’lim bergan I.S. Bax ular uchun maxsus klavir asarlarini yaratgan. Ularni sanab o‘ting.
Adabiyotlar
Друскин M. Иоганн Себастян Бах. - M.: Музыка, 1982.
Гуревич Е. История зарубежной музыки. 2-е изд.
-М„ 2000.
Trigulova A. Xorijiy musiqa adabiyoti (o‘quv qo‘llanma). -T., 2009.
95
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |