R tursunova, G. Tursunova


Georg Fridrix Gendel ijodiy yo‘li



Download 1,93 Mb.
bet34/44
Sana16.03.2022
Hajmi1,93 Mb.
#494406
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44
Bog'liq
jahon musiqa tarixi

Georg Fridrix Gendel ijodiy yo‘li
Georg Fridrix Gendel (1685-1759) ijodi
bilan opera va oratoriya janrlarining rivoji uzviy
bog‘liq. 19 yoshidan boshlab u cherkov uchun
kantata va organ asarlarini yaratadi. 1702-yili
Xalle shahrining protestant ibodatxonasida organchi lavozimiga
tayinlanadi, biroq tez orada cherkov musiqasi uning qarashlariga va
intilishlariga javob bermasligini tushunib yetadi. Gendel boshqa
jamlarga nisbatan operaga qiziqdi va shu bois Hamburg shahrida
faoliyat olib borgan yagona nemis musiqiy teatrida ishlash maqsadida
u yerga ko‘chishga qaror qiladi.
Hamburg truppasi faoliyatini to‘xtatganidan so‘ng, Gendel
opera vatani Italiyaga yo‘l oladi. Bu yerda u 1706—1710-yillarga
qadar istiqomat qiladi (Florensiya, Rim, Venetsiya va Neapol), so‘ng
Londonga ko‘chib, u yerda Qirol musiqa akademiyasini boshqaradi.
1727-yilida kompozitor ingliz fuqaroligini qabul qildi. Italiyada
Gendel opera janri muallifi sifatida shuhrat qozondi. Venetsiyada
“Agrippina” (1709), Londonda “Rinaldo” (1711) operalarini

  1. . ■ ,








www.ziyouz.com kutubxonasi




muvaffaqiyatli sahnalashtirilishi uning nomini Yevropaning yirik opera kompozitorlari toifasida mustahkamladi. Gendel asosan italyan opera-seria janrida ishlagan. Uning asarlarida yangragan betakror jozibali kuylar tinglovchilami maftun etib befarq qoldirmagan. Mazkur janrda muallif qirqdan ortiq asarlar yozib qoldirgan.
Biroq opera-seria janri Angliyada bir xil qabul qilinmagan. Italyan operalari milliy ingliz opera maktabini shakllanishiga to‘sqinlik qilayotgani va ayrim holatlarda italyan operalari ustidan askiya qiluvchi sahnaviy asarlami shuhrat qozonishi (“Qashshoqlar operasi”, 1728), opera-seriaga nisbatan ziddiyatli munosabatlar shakllanishiga turtki bo‘ldi. Mazkur spektaklda hatto, Gendelning asaridan ikki lavha namoyish etilgan. Mazkur tanqidni kompozitor og‘ir qabul qildi.
1740-yillarda “Deidamiya” operasi muvaffaqiyatsiz chiqqandan so‘ng, Gendel operaga boshqa qo‘l urmaydi va bor ijodiy e’tiborini oratoriyaga qaratadi. Kompozitorning keying yangi asarlari tomoshabinlar orasida juda yaxshi kutib olinib, hayotining so‘nggi davrlarigacha kompozitorga hurmat va ehtirom ko‘rsatiladi.
Gendel asarlarida ingliz va italyan musiqaning ta’siri ko‘zga tashlanadi. Biroq kompozitorning tafakkuri va uning tabiyati sof nemischa bo‘lgan. Kompozitor asarlari so‘nggi avlod ijodkorlariga katta ta’sir ko‘rsatib, yorqin ifodasini Vena klassiklari ijodida topadi.

Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish