bob. GEORG FRIDRIX GENDEL IJODI
23-fevral 1685, Xalle — 14-aprel 1759, London
Iogann Sebastyan Bax qatorida musiqiy barokko uslubining yana bir yorqin vakili - Georg Fridrix Gendelning bahaybat timsoli yonma-yon turadi. Ushbu ikki kompozitorlar ikki asrlar bo‘sag‘asida yashab ijod qilganlar. Ularning ijodi o‘z ichida dastlabki davrlarning eng yuksak yutuqlarini aks ettirgan holda avj nuqtasini namoyish etadi. Ikki kompozitor uchun ular yashagan davrda hukrn surgan diniy mavzu bosh asosiy obyekt o‘mida turgan: ular hamisha xristianlarning muqaddas kitobi - Injil obrazlariga murojaat qiladilar. Aynan mazkur ikki kompozitor polifoniya musiqa tarixiga o‘z ijodi bilan salmoqli bob kiritib, ushbu san’atning yuksak cho‘qqisini anglatdilar.
Georg Fridrix Gendel nafaqat Yevropa, balki jahon miqyosidagi yirik kompozitor bo‘lib, ijodida turli milliy maktablar - nemis, italyan, ingliz va fransuz uslublarini birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi. U o‘z vaqtida Gamburg opera boshlig‘i - Reynxard Kayzer, nemis olimi, musiqa nazariyotchisi - Iogann Mattezon, italyan kompozitorlari Alessandro va Domeniko Skarlatti, Arkandjelo Korelli bilan yaqin muloqotda bo‘lgan. U lirik tragediya muallifi Jan Batist Lyulli ijodidan yaxshi xabardor bo‘lgan, negaki, Gendel bir
96
www.ziyouz.com kutubxonasi
vaqtlar xizmat qilgan Gannover gersogi saroyida fransuz musiqasiga alohida e’tibor qaratilgan. Yana bir qatlam - ingliz xalq va professional musiqasi, ayniqsa turli janrdagi Genri Pyorsel ijodi yetuk Gendel ijodiy ilhomini hamisha boyitib kelgan. Britaniya bilan bo‘lgan uzviy zich rishtalari kompozitoming faol ijodi, o‘z vaqtining yirik madaniyat markazi bo'lmish - Londonda o‘tgani va shu bilan jamiyatni o‘ziga katta qiziqish uyg‘otganini guvohi bo'lamiz.
Katta murakkab hayotiy voqelik va hodisalarga boy ijodiy yo‘li davomida kompozitor qahramonona kuch - asl san’atning uslub va shakli, monumental yirik masshtabi va ommaviy demokratik g‘oyaviyIigi uchun kurash о lib borgan. Va bu shiddatli va dramatik kurash davomida u xalq mehri va e’tiborini qozongan.
Romen Rolanning ta’kidlashicha, kompozitor tabiatdan juda qiziquvchan va har tomonlama iste’dodli shaxs bo‘lgan. U musiqadan tashqari tasviriy san’at shaydosi bo‘lgani va badiiy yetuk rang-tasvir polotnolarni o‘z shaxsiy kolleksiyalarida jamlagani ma’lum. Kompozitor vafotidan so‘ng ushbu kolleksiyada Rembrandning asarlari ham o‘rin olgani ma’lum bo‘lgan.
“Kompozitor asarlari yengil va bir nafasda go‘yo badiha qilib yozilgan” deb ta’riflanadi. Shu bilan birga, u asarlaming shakl- shamoyilini juda yaxshi his qilgan.
- Kompozitor ko‘plab janrlarda samarali ijod qildi, ammo ijodining markaziy qismini oratoriyalar tashkil qiladi.
Kompozitor oratoriyalarining adabiy poydevorini Bibliyaning dastabki qismi tashkil qiladi. Nega kompozitor ijodi davomida hamisha bu muqaddas kitobga murojaat qilib, ijod qilish uchun ilhom olgan? degan savol tug‘iladi. Bu savolning lavobi bir qator sabablarga borib taqaladi.
Xususan, yoshlik chog‘larida jonajon Germaniyasini tark etib, Angliyada hayotining asosiy qismini o‘tashiga majbur bo‘lgan. Aynan shu yerda uning taniqli oratoriyalari dunyoga keldi. Ushbu “tuman Albioni mamlakatida” yoshligidanoq nafaqat qadimgi ertak va afsonalar, folklor bilan tanishish, balki Bibliya qahramonlarini yaqindan bilish odattusiga kirgan.
97
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |