ULTRATOVUSHLI SARF O'LCHAGICHLAR
Sarf o'lchashning ultratovushli usuli quvurga nisbatan ultra- tovush tezligining oqim tezligiga bog'liqligiga asoslangan.
Ultratovushli sarf o'lchagichlar eng awalo suyuqlikning sarfini o'lchash uchun ultratovush to'lqinining kichik intensivligi va gazlarda ultratovushning yutilidi koeffitsiyentining kattaligi tufayli дэ'llaniladi.
Tovush to'lqinining harakatdagi muhitda tarqalishida tovush- ning manbadan qabul qiluvchi qurilmaga yetib borish tezligi fa- qat tovushning tezligiga emas, balki harakat qiluvchi muhitning tezligiga ham bog'liq bo'ladi. Sarf o'lchashning ultratovushli prin- sipi shunga asoslangan. Agar tovush to'lqini oqim yo'nalishida harakat qilsa, ularning tezligi qo 'shiladi, tovush oqimiga qarshi yo 'nalsa, tezliklar ayirrrasi topiladi. Ultratovushning oqim bo 'yi-
4
www.ziyouz.com kutubxonasi
31-rasm. Tovush to'lqini oqimiga perpendikular sarf o'lchagichlaming chizmasi.
cha va unga qarshi yo 'nalishdagi tezligining farqi oqim tezligiga, ya' ni oqayotgan suyuqlik sarfiga proporsional.
Ultratovushli sarf о'lchagichlami ikki guruhga bo'lish mumkin. Birinchi guruhga tovush to'lqini oqimiga perpendikular sarf о'lchagichlami kiritish mumkin (31- rasm) . Generator 2 bilan qo'zg'atilgan pezoelement 1 quvur o'qiga perpendikular yo'nalgan ultratovush tebranishini hosil qiladi. Oqimning o'rtacha tezligi v ortishi bilan ultratovushli numing tezlik yo'nalishi v dan to- bora og 'ib boradi.
Qabul qlluvchi 3 va 4 pezoelementlarda numing chiziqli og'ishi quyidagicha:
q » “/virt /с, (86)
bunda q — nurning og'ish burchagi;
с — harakatsiz muhitdagi ultratovush tezligi. v ortishi bilan pezoelement 3 ga tushuvchi energiya miqdori kamayib boradi, 4 pezoelementga tushuvchi energiya miqdori esa ortib boradi va, shunday qilib, 5 kuchaytirgich kirish joyidagi signallar farqi ortib boradi. Bunday chizmali sarf о'lchagichlar oddiy tuzilishga ega, ammo numing og'ishi kichik bo'lgani tufayli, u chegaralangan aniqlikka ega. Shuning uchun, ikkinchi guruh sarf о'lchagichlar keng tarqalgan usul sirasiga kiradi. Ulaming
5
www.ziyouz.com kutubxonasi
ishlash prinsipi oqim bo 'ylab hamda unga qarshi yo 'nalishda hosil qilingan ultratovush tebranishlari chastotasining ayirmasini o'lchashga asoslangan.
Sarf о 'lchagichlar bir kanalli va ikki kanalli chizrralarga ko 'ra ishlab chiqarilishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan ultratovushli sarf о'lchagichlaming ishlash prinsipi ulaming asosiy kamchiliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Ularning muhim kamchiliklari asbob ko'rsatishiga о'lchanayotgan muhitning fizik-kimyoviy holatining o'zgarishi hamda muhitning harorati ultratovush tezligiga ta' sir etishidan iborat.
Ultratovushli sarf о'lchagichlar ko'pgina sanoat tarmoqlarida o'zining quyidagi afzalliklari tufayli istiqbolga ega:
turli diametrli quvur о'tkazgichlarda (10 mm va undan yuqori) ishlatish mumkin;
har qanday muhitning sarfini kontaktsiz o'lchash imkoni mavjud.
NAZORAT SAVOLLARI
Suyuqlik va gazlaming sarfini o'lchash asboblari to'g'risida nima bilasiz?
Standartli toraytirish qurilmalari nima va qanday standartli toraytirish qurilmalaridan sarfni о 'lchash uchun foydalaniladi?
Toraytirish qurilmalari qanday afzalliklar va kamchiliklarga ega?
Toraytirish qurilmalari qaysi prinsipga ko 'ra ishlaydi?
Shishali rotametrlar qaysi prinsipga ko'ra ishlaydi?
Shishali rotametrlaming afzalliklari va kamchiliklari nimadan iborat?
Elektrcmagnit sarf о'lchagichlaming ishlashi nimaga asoslangan?
Elektromagnitli sarf о 'lchagichlaming afzalliklari va kamchiliklari nimadan iborat?
Ultratovushli sarf о'lchagichlaming ishlashi nimaga asoslangan?
Ultratovushli sarf о 'lchagichlaming afzalliklari va kamchiliklari nimadan iborat?
Qanday sarf o'lchash usullarini va birliklarini bilasiz?
6
www.ziyouz.com kutubxonasi
6-bob
SATHNI O'LCHASH ASBOBLARI
SUYUQLIKLARNING SATHINI O'LCHASH ASBOBLARI TO'G'RISIDA UMUMIY MA'LUMOTLAR
Suyuqlik va sochiluvchan moddalar sathining balandligini o'lchash balandlikni o'lchash texnologik jarayonlarini avtcmat- lashtirishda muhim ahamiyatga ega. Sath balandligini o'lchash texnologik jarayonda ishtirok etayotgan ishlab chiqarish appara- tida sath holatini nazorat qilishdan iborat.
Sath balandligini o'lchash asboblari о'lchanayotgan muhitning tavsifi va ishlash prinsipiga ко 'ra quyidagi guruhlarga bo 'linadi:
Mexanikaviy, sathni o'lchash uchun qalqovich yoki suyuqlik sirtida joylashgan boshqa jisrrdan foydalaniladi;
Gidrostatikli, sathni o'lchash uchun о'lchanayotgan muhitning zichligiga teng yoki farqlanadigan muhitlarning tutash idishlardagi sathini o'lchash uchun foydalaniladi.
Pnevmcmancmetrikli, suyuqlik qatlami tagiga puflanayot- gan havoning (yoki boshqa gazlarning) bosimini o'lchash prinsipiga asoslangan.
Badioizotcpli, elektrcmagnit to'lqinlar tebranish parametr- larining suyuqlik sathi balandligiga asoslangan.
Sig'imli, suyuqlik sathi balandligining o'zgarishi elektr si- g'imi o'zgarishiga asoslangan.
MEXANIKAVIY SATH O'LCHAGICHLAR
Mexanikaviy asbobning sezgir elementi — qalqovich suyuqlik yuzasida qalqib turadi (32- rasm) va suyuqlik sathi balandligidagi о'mi unga ta'sir qiladigan kuchlar muvozanatiga bog'liq bo'ladi.
1—R. T. Rahimjonov, Sh.Sh. Shoyunusov g 7
www.ziyouz.com kutubxonasi
32-rasm. Sathni qalqovich bilan
o'lchash chizmasi.
о
0-0
www.ziyouz.com kutubxonasi
Arximed qonuniga muvofiq, qalqovich og'irligi uning suyuq- likka botgan hajmidagi suyuqlik og'irligiga teng bo'ladi.
Doimiy va davriy cho'kadigan qalqovichli sath o'lchagichlar- da qalqovichni yuqoriga ko'taradigan muvozanatlovchi kuch qalqovich og'irligiga teng va o'zgarmas bo'ladi:
F = G = const.
32-rasmda doimiy cho'kadigan qalqovichli sath o'lchagich- ning chizmasi ko'rsatilgan. Sanoatda qo'llaniladigan ko'pchilik sath о'lchagichlar shu chizrra asosida ishlaydi. Qalqovich 1 roliklar
yordamida muvozanatlovchi yuk 3 bilan elastik tros (po 'lat sim) 5 orqali bog'langan. Yuk bilan birkitilgan strelka shkala 4 ga muvofiq suyuqlik sath balandligini ko'rsatib turadi.
Bu о 'lchagichning asosiy kamchiliklari — shkalasining teska- riligi va tros og'irligining o'zgarishi hiscbga olinrrasligi, baland idishlarda hisoblash qiyinligi va hokazo.
Qalqovichli sath o'lchagichlarning turli irodifikatsiyalari mav- jud. Ular bir-biridan tuzilishi, о 'lchash tavsifi, masofaga uzatish tizimini ishlatish shartlari va boshqa xususiyatlari bilan farq qiladi.
Qalqovichli sath о'lchagichlar qator afzalliklarga ham ega: qurilma sodda, o'lchash ko'lami katta, aniqligi yuqori, agressiv va qovushqoq muhitlar sathini o'lchash mumkin, o'lchashning harorat ko'lami keng. Afzalliklaridan tashqari, ularning yana quyidagi kamchiliklari iravjud: idishda qalqovich borligi va rretall zanglashi mumkinligi, kinematik qismlari borligi sababli yetarli mustahkam errasligi, idishlarda bosim ostida sathni o'lchash qiy- irrhiligi.
Qalqovichli sath o'lchagichlarning o'lchash ko'lami quyidagi qatordan tanlanadi: 0-0,25; 0,4; 0,6; 1,0; 1,6; 2,5; 4,0; 6,0; 10,0; 16,0 va 20 m. Aniqlik klassi 0,6; 1,0; 1,6 va 2,5 bo'lishi mumkin. Asboblarning asosiy xatoliklari ±1,0 dan 10,0 mm gacha bo'ladi.
9
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |