Tajriba ishi №1
Mavzu: AutoCAD dasturi yordamida sarfni o’lchash tizimining struktur sxemasi va tavsiflarini qurish.
Ishdan maqsad:
Talaba ishni bajarish jarayonida sanoatda qo'llaniladigan sarfni o'lchash usullarini va ularning ishlash o'rganib, AutoCAD dasturi yordamida sarfni rostlash tizimining sxemasi va tavsiflarini kurish.
Sarfni o‘lchashning nazariy asoslari
Modda sarfi deb vaqt birligi da o‘tayotgan modda miqdorini shu vaqt birligiga nisbati tushiniladi.
Hajmiy va massaviy sarflar mavjud. Sarf o‘lcham birligi: m3/sek va kg/sek.
Ishlab chiqarishda quyidagi sarfni o‘lchash usullari qo‘llaniladi.
1) Bosimlar farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar;
2) Sathi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar;
3) Bosimlar farqi o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar;
4) Tezlik napori sarf o‘lchagichlari;
5) Elektromagnit (induksion) sarf o‘lchagichlar.
AutoCAD dasturida funksional sxemani tasvirlashda carfni ulchaydigan priborlar kuyidagi kurinishda buladi.
a) b) v)
Rasmda aylana ichida gorizontal chizigi bulmagani kurilmani joyiga urnatilganligini bildiradi, urtasida chizigi bulgani esa shitda urnatilgan kurilia xisoblanadi.
a-rasmda F va E xarflar sarfga tegishli belgilash va sezuvchi element. E bu kurilma emas lekin ulchovchi uzgartgich.
b- rasmda Joyiga kura urnatilgan, sarfni ulchovchi, kursatuvchi asbob.
V- rasmda Joyiga kura urnatilgan, sarfni ulchovchi, sifat kursatkichlari orkali, kursatuvchi asbob.
Bosimlar farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar
Bu usul bo‘yicha sarfni o‘lchash, toraytirish qurilmasida, oqimning potensial energiyasini kinetik energiyaga aylanishi sababli sarf o‘zgarishiga proporsional ravishda bosimlar farqi hosil bo‘lishiga asoslangan.
O‘lchash texnikasida toraytirish qurilmasi sifatida normal diafragmalar va soplolar ishlatiladi.
Diafragma, d diametr tirqishli yupqa disk bo‘lib, u trubaga konsentrik ravishda o‘rnatilgan bo‘ladi.
1-rasm
Bosimlar farqi o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar
Bu o‘lchov asboblarining ishlashi sarf o‘zgarishi bilan qalqovuchni vertikal siljishiga va bunda xalqasimon o‘tish kesim yuzasini o‘zgarishi natijasida qalqovuchdagi bosimlar farqi o‘zgarmas bo‘lib qolishiga asoslangan. Rotametrlarning shkalasi bir tekis desa bo‘ladi va ular yordamida kichik sarflar o‘lchanadi. Ulardagi bosimning yo‘qolishi kichik va u sarfga bog‘liq emas. Rotametrdan o‘tayotgan suyuqlik yoki gaz sarfi o‘zgarishi, qalqovuchni xalqasimon tirqish yuzasini (qalqovuch va konus trubka devorlari orasidagi tirqish yuzasi) o‘zgarishi hisobiga ta’sir etayotgan kuchlar muvozanatlanguncha siljitadi va qalqovuch sarfga mos xolatda muallaq turadi. Qalqovuch xolatiga qarab sarf aniqlanadi.
2-rasm. Bosimlar farqi o‘zgarmas sarf o‘lchagich
Sath o‘zgarishi bo‘yicha sarfni o‘lchash
Bu sarf o‘lchagichlarning ishlashi idish o‘rtasidagi tirqishdan suyuqlikning erkin oqib o‘tishida suyuqlik sathini sarf o‘zgarishi bilan o‘zgarishiga asoslangan. Bu idish o‘rtasidan tirqishi bor to‘siq bilan bo‘lingandir. Tirqishdan toshib o‘tayotgan suyuqlik sathi odatda, p’ezometrik satx o‘lchagich yordamida o‘lchanadi. P’ezometrik trubka 1 himoya cheholida tirqishdan oldin o‘rnatilib, undan muntazam ravishda havo o‘tkazilib turiladi.
3-rasm. Sathi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar
Pe’zometrik trubkaga berilayotgan havo miqdori nazorat stakani 4 yordamida nazorat qilinadi, bosimi esa, reduktor 6 yordamida ushlab turiladi va filtr 7 yordamida tozalanadi.
Nazorat savollari
Qanday sarf o’lchagichlarni bilasiz?
Bosimlar farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar yordamida sarfni o‘lchash nimaga asoslangan?
Nima sababdan toraytirish qurilmasida bosimlar farqi paydo bo‘ladi?
Satx o‘zgarishi bo‘yicha sarfni o‘lchash?
Funksional sxemalarda sarfni ulchovchi priborlarning tasvirlanishi?
Do'stlaringiz bilan baham: |