R. T. Rahimjonov, Sh. Sh. Shoyunusov



Download 1,47 Mb.
bet1/25
Sana15.02.2020
Hajmi1,47 Mb.
#39802
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




О'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI


ORTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA'LIMI MARKAZI R. T. Rahimjonov, Sh. Sh. Shoyunusov

ISSIQLIK TEXNIKASIDA О л LCHASH VA AVTOMATLASHTIRISH

Kasb-hunar kollejlari uchun о 'quv qo 'llama


TOSHKENT — 20 0 5 www.ziyouz.com kutubxonasi


O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi ilmiy-metodik kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan




Taqrizchilar:

O. Sh. Hakimov — texnika fanlari doktori, professor, O'zbekiston Fespublikasi milliy etalonlar markazi direktori. A. A. A' zamov — texnika fanlari nomzodi, dotsent.


R.T. Rahimjonov, Sh.Sh. Shoyunusov.

Issiqlik texnikasida o'lchash va avtarratlashtirish. O'quv qp'l- lanma. Т.: 0'MKHTM, «Bilim» nashriyoti, 2005. — 176 bet.

O'quv qo'llanma issiqlik energetikasi sohasida harorat, bosim, suyuqlik va gazlar sarfi, sathi, fizik-kimyoviy tahlilini olib borish va о 'lchash asbcblarini avtcnnatlashtirish haqida ma' lumot berilgan. Issiqlik texnikasi jarayonlarining nazoratini boshqarishda qo'llaniladigan avtcmatik boshqarish tizimlarining о'mi va amalga oshirilishi ко 'rsatilgan.

O'quv qo'llanma «Issiqlik energetikasi» yo'nalishidagi kasb-hunar kolleji о'quvchilarga mo'ljallangan. Undan oliy o'quv yurtlari talabalari, aspirantlar va ilmiy xodimlar foydalanishi mumkin.




_ 2203030000-34

R 2005

M 361(04)-2005


© «Bilim», 2005- y.

© 0 'MKHTM, 2005- у.




www.ziyouz.com kutubxonasi



SO'ZBOSHI


O'zbekiston Respublikasida «Kadrlar tayyorlash milliy dastu- ri»da belgilangan maqsad va vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirila borib, ta' l±m tizimini isldh qLlish borasida qator tadbirlar belgilanmoqda. «Та'lim to'g'risida»gi Qonunga muvofiq kasb- hunar kollejlarida kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshiridTni zairan talablariga javcb beradigan darajada tashkil etish, talabalar saviyasining sifatiga qD'ylladigan zarur talablami belgilab beruvchi davlat ta' lim standartlari va о 'quv-uslubiy qo 'llanmalar- ning hamda darsliklarning yangi avlodlarini yaratish vazifalari turdbdi.

Shu borada taqdim etilayotgan ushbu darslik «Issiqlik energe- tikasi» yo'nalishidagi kasb-hunar kollejlari talabalariga mo'ljal- langan ilk darsliklardan biridir.

So'nggi paytda energetika va boshqa sanoat sohalarida texno- logik jarayonlaming jadal suratlar bilan rivojlanishi kuzatilrrDq- da, bu jarayonlarda yuqori quwatli agregatlardan foydalanib kelinmoqda. Issiqlik energetikasi sohasida birlamchi quwatlar- ning oxirgi yillarda 10—15 marta ortishi texnologik jarayonlar- ning tezligini ham oshirmoqda, undagi o'lchanayotgan parametrlar soni ham shu qadar ortib bormoqda.

Issiqlik energetikasi sohasida elektr energiyasi hamda issiqlik energiyasi olish texnologik jarayonlarida turli xil issiqlik texnika o'lchash asboblari keng miqyosda ishlatib kelinmoqda. Bu as- bcblami to'g'ri va aniq ishlashidan issiqlik energetika qurilrtHla- rining ishonchli, davoniyli va avariyasiz ishlashi ta'minlanadi va ularning ish unumdorligi ortib boradi.



3


www.ziyouz.com kutubxonasi


Elektr energiyasi va issiqlik energiyasini tejash masalalariga bizning davlatimizda katta ahamiyat berilayotganligini va so'nggi paytlarda shu masala bo'yicha qator davlat ahamiyatiga molik qarorlar qabul qLlinayotganligini incbatga olsak, issiqlik texnika- sida o'lchash va avtomatlashtirish muhim ahamiyatga egaligini ko'rishimiz mumkin.

Har qanday ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish tex­nika taraqqiyotining asosiy yo'nalishlaridan biri bo'lib, ishlab chiqarish sarraradorligini oshirish va mahsulot sifatini ко 'tarish uchun xizmat qiladigan asosiy anil hisoblanadi.

O'lchash texnikasini ishlab chiqarishga keng joriy etish uchun har bir muhandis — texnik xodim, qaysi soha mutaxassisi bo'lishidan qat/iy nazar, iretrologiya asoslaridan, texnologik o'l­chash usullari va vositalaridan, hisoblash texnikasidan o'lchash jarayonlarini avtcmatlashtirishda foydalanish imkoniyatlaridan xabardor bo'lishi zarur.

Ushbu darslikda harorat, bosim, suyuqlik va gazlaming sarfi, sathi, fizik-kimyoviy tahlilini olib borish uchun foydalaniladigan o'lchash asboblarining ishlash qonuniyatlari keltirilgan hainda ulami avtcmatlashtirish va namunali asboblarga qiyoslash masa­lalariga ham katta ahainiyat berilgan.

Darslik «Issiqlik texnikasida o'lchash va avtomatlashtirish» fanidan tahsil oluvchi energetika kasb-hunar kolleji talabalari uchun yozilgan bo'lib, undan issiqlik energetikasi sohasida ish- laydigan mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.

Darslikning yozilishida ToshDTU dotsentlari R. M. Yusupali- yev va A. T. Imomnazarov tarafidan berilgan qimmatli maslahat- lari uchun o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.



Mualliflar


4


www.ziyouz.com kutubxonasi



l-bab

ISSIQLIK TEXNIKASIDA O'LCHASH QURILMALARINING ASOSLARI


  1. «ISSIQLIK TEXNIKASIDA O'LCHASH VA AVTOMATLASHTIRISH» FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI. O'LCHASH TO'G'RISIDA TUSHUNCHALAR

«Issiqlik texnikasida o'lchash va avtaratlashtirish» fani haro- rat (t), bosim (p), suyuqliklar, bug'lar va gazlar m±iitining sarfi va miqdori hamda suyuqlik va sochiluvchan jismlaming sathini — issiqlik texnikasi jaraycnlarini tavsiflaydigan ko'rsatkichlami naza- riy rrasalalarini va o'lchash texnikasini o'z ichiga oladi.

Ushbu kitdb «Issiqlik texnikasining nazariy asoslari» va <4Mfetro- logiya» fanlariga asoslangan holda yozilgan bo 'lib, unda issiqlik texnikasi jarayonlarining umumiy qonuniyatlari hamda o'lchash texnikasining umumiy muammolari haqida ma'lumot berilgan.

Zamonaviy energetika qurilmalarida o'lchash asboblarining soni juda ham ko'pdir. Masalan, 500 mW quwatli issiqlik energetika blokini boshqarish uchun 741 ta manometr va sarf o'lchagich, 4747 ta termoelektrik termcmetr (termojuftlar) va qarshilik ter- rrametrlari, 112 ta elektron avtcmatik rostlagich va boshqa turdagi asboblardan foydalaniladi.

«Issiqlik texnikasida o'lchash va avtaratlashtirish» fanining vazifalari qayidagilardan iborat:

issiqlik texnikasi jaraycnlarini tavsiflaydigan turli kattaliklami o'lchash usullarini taqqoslash va o'nganish;

o'lchash qurilmalarining asosiy konstruktiv chizmalarini (sxaralarini) va ulami qD'llash sharoitlarini hamda о'lchashlami, ulaming aniqligini baholash bilan ко'rib chiqish;

o'lchash usuli va texnikasining rivojlanidi yo'llarini belgila±u O'lchash — fizik kattaliklarning qiymatlarini maxsus texnik vositalar yordamida tajriba usuli bilan topishdir.

5


www.ziyouz.com kutubxonasi


Ko'p hollarda o'lchash jarayonida о'lchanayotgan kattalikni 1 ga teng bo'lgan qiyrrat berilgan va fizik kattalik birligi yoki o'lchash birligi deyiladigan fizik kattalik bilan taqqoslash kerak bo'Iadi.

O'lchash natijasi kattalikning o'lchash usuli bilan o'lchadi birli- gini taqqoslash usuli yordamida topilgan qiymatidan iborat. O'l­chash natijasini quyidagi tenglana yordamida ifodalash mumkin:



R = Q/q , (1)

bunda R— o'lchash natijasi yoki о'lchanayotgan kattalikning son qiymati;



Q—
о'lchanayotgan manbaning fizik kattaligi; q—
fizik kattalik birligi.

О'lchanayotgan kattalikning son qiyrratini olish usuliga ko'ra barcha texnik o'lchashlami bevosita va bilvosita usullarga ajratidi mumkin. Laboratoriya (tajribaxona) amaliyotida va ilmiy tekshi- rish jarayonlarida birlashtirib va birgalikda o'lchash usullaridan f cydalaniladi.



Bevosita o'lchash deb shunday o'lchashga aytiladiki, unda о'lchanayotgan kattalikning izlanayotgan qiymati tajriba ma'lu- motlaridan bevosita aniqlanadi. Masalan, haroratni termometr bilan, bosimni manometr bilan o'lchash.

О'lchanayotgan natijani bilvosita usul yordamida olish о'lcha­nayotgan kattalik bilan ma'lum munosabat yordamida bog'langan kattalikni o'lchashga asoslangan.

y= f(x1, x,, ..., x), (2)

bunda у — о'lchanayotgan kattalikning izlangan qiymati;



xlf x2, , xn — bevosita о'lchanayotgan kattalikning son

qiyrratlari.

Bilvosita o'lchashga о'tkazgichning solishtirma elektr qarshi- ligini uning qarshiligi, uzunligi va ko 'ndalang kesimi yuzi bo 'yicha tcpish, jism zichligini uning massasi va hajmini o'lchash natija- lari bo'yicha topish misol bo'la oladi.

O'lchashlar o'lchash prinsipini belgilab beradigan fizik hodi- salarga asoslanib olib boriladi. №salan, haroratni rtDddaning ken-

6


www.ziyouz.com kutubxonasi





gayishi bo'yicha o'lchash, vakuumni muvozanatlashtiruvchi suyuqlik ustunining kotarilishi bo'yicha o'lchash. O'lchashning biror prinsipini amalga oshirish uchun turli texnik vositalar qo'llaniladi. O'lchashlarda qo'llaniladigan va normalangan met- rologik xossalarga ega bo'lgan texnik vositalar o'lchash vositasi deyiladi. O'lchash prinsipini va vositasini belgilab beradigan usullar ma jrnuyi о 'lchash usuli deyiladi.

O'lchashlarda bevosita (to'g'ridan-to'g'ri) baholash, differen- siallab, o'lchash bilan taqqoslash va nol (kcnpensatsion) usullar keng tarqalgan.

O'lchash vositalari o'lchashlarda ishlatiladi va ular norrralangan metrologik xossalarga, ya'ni ma'lum sonli qiymatlarga hamda o'lchash natijalarining aniqligi va ishonchligini ifodalovchi xos­salarga ega bo'ladi. O'lchash vositalarining asosiy turlariga o'lchashlar, o'lchash asbcblari, o'lchash о'zgartgichlari va o'lchash qjrilrmlari kiradi.

O'lchash asboblari ко'rsatuvchi, cpyd qiluvchi, karbinatsiya- langan, irrbegrallovchi va jamlovchi asboblarga bo'linadi.

Kb'rsatuvchi asbcblarda raqamli qiymatlar shkala va raqamli tablodan o'qLladi.

Qayd qiluvchi asbcblarda ko'rsatuvlami yo diagramra qog'ozi- da yozib olish yoki raqamli tarzda chop etish ko'zda tutiladi.

Rcnibinatsiyalangan asboblar о'lchanayotgan kattalikni bir vaqtning o'zida ko'rsatadi va qayd qLladi.

Inbegrallovchi ashcblairia о 'lchanayotgan kattalik vaqt bo 'yicha yoki boshqa o'zgaruvchi bo'yicha integrallanadi (jamlanadi) .

Jamlovchi asbcblarda ко'rsatishlar turli kanallar bo'yicha unga keltirilgan ikki yoki bir necha kattaliklaming yig'indisi bilan funksional bog'langan bo'ladi.

Asbcblaming turli-tumanligi ulami unifikatsiyalash masalasi- ni qo 'ydi. Bu maqsadda hozirgi paytda Asbdblarning davlat sis- temasi (ADS) yaratilgan.

Yangi asbcblar va avtaratlashtirish vositalari .ADS talablariga ко 'ra tayyorlanadi, awal yaratilgan, eskilari esa asta-sekin ADSga moslashtiriladi. ADSning tuzilishi ma' lum sistemali — texnik prinsiplami qs'llashga asoslangan. Ular texnologik jarayonlami

7


www.ziyouz.com kutubxonasi





nazorat qilish, sozlash va boshqarishning turli-tuman sistemala- rini texnik vositalar bilan ta'minlash muammolarini eng qulay usul bilan hal etish imkonini beradi. ADS tarafidan yechiladigan muhim masalalaridan biri xalq xo'jaligi talablarini to'la qanoatlashtiradigan, tekshirilgan qurilmalaming chekli ncmenk- laturasini (ro'yxatini) yaratishdan iborat.

O'lchash vositalari o'lchash jarayonida bajaradigan vazifasiga qarab ishdhi, narrunali va etalon o'lchash vositalariga bo'linadi.



Ishchi o'lchash vositalari xalq xo' jaligining barcha tarmoqla- rida amaliy o'lchashlar uchun iro'ljallangan. Ular aniqligi yuqori о 'lchash vositalariga va texnik о 'lchash vositalariga bo 'linadi.

Namunali. о
'lchash vositalari ishchi o'lchash asboblarini tek- shirish va ulami o'zlari bo'yicha darajalashga xizmat qiladi.

Etalonlar — qiyoslash chizmasining quyida turgan o'lchash vositalariga birlik о 'lchamini uzatish iraqsadida birlikni (yoki bir- likning karrali yoki ulushli qiymatlarini) qayta yaratilishini va (yoki) saqlanishini ta'minlaydigan o'lchash vositasi (o'lchash vositalari to'plami).

Fizik kattaliklar birliklari о 'lchaini shu usul bilan etalonlar- dan namunaviy o'lchash asboblari yordamida boshqa o'lchash asbcblariga o'tkaziladi.



O'lchash vositalarining ко'rsatishlaridagi xatoliklami aniqlaA yoki ularning ko'rsatishlariga tuzatrra kiritish maqsadida o'lchash


0‘lchashning pastki chegarasi 0‘lchashning yuqori chegarasi





8


www.ziyouz.com kutubxonasi





vositalari ко'rsatishlarini namunali o'lchash asbcblarining ko'rsa- tishlariga taqqoslash (yoki qiyoslash) asbdbni tekshirish deb

Shkala bo'linmalariga qabul qilingan o'lchash birliklarida ifo- dalangan qiymatlar berishdan iborat operatsiya darajalash deb

O'lchash asboblarining sanoq qurilmasi shkala va ko'rsatkich- dan (strelkali yoki nurli) tuzilgan. 1-rasrtda o'lchash asbcbining shkalasi ко 'rsatilgan, shkaladagi sonli belgilar shkalaning sonli he.lgi.1ari deyiladi.

Shkalaning ikki qo'shni belgisi orasidagi oraliq shkalaning bo'linmasi deyiladi.

Shkalaning ikki qo'shni belgisiga mos kelgan kattalik qiymat- lari ayirmasi shkala bo'linmasining qiymati deyiladi. O'zgarmas bo'lirarali va o'zgarrras qiymatli shkala tekis shkala deyiladi.

О'lchanayotgan kattalikning sanoq qurilmasi bilan aniqlana- digan hamda о'lchanayotgan kattalik uchun qabul qilingan birliklarda ifodalangan qiymatlari o'lchash asbcbining ко'rsatish- lari deyiladi. О'lchanayotgan kattalikning shkalada ко'rsatilgan eng kichik qiymati shkalaning boshlang'ich qiymati, eng katta qiymati esa shkalaning cocirgi qiymati deyiladi. Shkalaning bosh- lang'ich va oxirgi qLyrratlari bilan chegaralangan qiymatlar sohasi intervali (oralig'i) o'lchash ко'lami deyiladi. О'lchanayotgan kattalikning o'lchash vositalari uchun yo'l qD'yiladigan xatoliklari normalangan qiymatlari sohasi o'lchash asbobi yoki o'lchash о'zgartki chining o'lchash ко'lami deyiladi. Texnik asboblarda, odatda, o'lchash ко'lami bilan ko'rsatuvlar ко'lami mos keladi. O'lchash ko'lamining eng kichik va eng katta qiymatlari о 'lchash




Shkaladan ma'lumot olishda shkala qo'zg'almas va qo'zg'a- luvchan bo'lishi mumkin. Shkalada belgilar to'g'ri chiziq bo'ylab yoki silindrsirron sirtdagi aylanma yoyi bo 'ylab joylashgan bo 'ladi. Asboblarning shkalalari bir tcmonlama, ikki tcmonlama va nolsiz bo'lishi ham mumkin.





deyiladi.


9


www.ziyouz.com kutubxonasi



1.2. O'LCHASH XATOLIKLARI VA ULARNI BAHOLASH


O'lchash natijasida, odatda, о'lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatidan farq qiladigan qiymati topiladi. Ko'pincha, fizik kattalikning haqLqLy qLymati o'mida uning tajriba yordamida topilgan qiymatlaridan foydalaniladi. Bu qiymat kattalikning haqiqiy qLymatiga, ko'zda tutilgan maqsad uchun yetarli darajada yaqin bo'lganda, undan foydalanish mumkin. Kattalikning

о 'lchash usuli bilan tcpilgan qiymati о 'ldiash natijasi deyiladi. O'lchash natijasi bilan о'lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiy­mati orasidagi farq o'lchash vositasining xatoligi deyiladi.

O'lchash vositasining xatoliklari mutlaq va nisbiy qiymatlarda ifodalanishi mumkin, ular musbat va manfiy ishorali bo 'ladi.

О'lchanayotgan kattalik birliklarida ifodalangan o'lchash xa- toligi o'lchash vositasining irutlaq (absolut) xatoligi deyiladi. Mutlaq xatolik (Dy) asbobning o'lchash natijasi (X) va о'lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati (X^) ayirmasidan topiladi, nisbiy xatolik (y) esa o'lchash mutlaq xatoligining o'lchangan kattalikning haqiqiy qiymatiga nisbatidir. O'lchash vositasining nisbiy xatoligi foizda ifodalanadi:




Odatda, haqiqiy qiymatni aniqlash uchun asbobning ko'rsat- irasiga tuzatrra <«3> kiritiladi, u son jihatidan teskari ishora bilan olingan mutlaq xatolik qiymatiga teng:


Ayrim hollarda aniq natijani olish uchun asbobning ko'rsatish natijasini tuzatrra ко 'paytuvchiga ko'paytirish lozim:





(3)


± Dx =+C.


(5)


Tuzatma o'lchash natijasiga algebraik qo'shiladi:


Xh = X + ( C) .

haq '


(6)





(7)


1 0


www.ziyouz.com kutubxonasi

С, (Dy) va к ko'p hollarda tajriba usuli yordamida topiladi.

O'lchash vositalarining o'lchash xatoliklari ulaming kelib chi-
qish sabablariga ko'ra muntazant tasodifiy va cp'pol xatol iklarga

bo'linadi.



O'lchash vositasining rruntazam xatoligi deyilganda faqat bitta
kattalikni qayta-qayta o'lchanganda o'zgarmas bo'lib qoladigan
yoki biror qonun bo'yicha o'zgaradigan o'lchash xatoligi tushuni-
ladi. Bu xatolik aniq qiymat va ishoraga ega bo'ladi hamda uni
tuzatmalar kiritish bilan yo'qotish mumkin.

Kattalikni o'lchash natijasida olingan qiymatga muntazam xa-


tolikni yo'qotish maqsadida qo'shiladigan qiymat tuzatma deb

O'ldiash vositasining tasodifiy xatoligi deyilganda, faqat bitta
kattalikni qayta-qayta o'lchashda tasodifiy o'zgaruvchi o'lchash
xatoligi tushuniladi. Agar har bir o'lchash natijasi boshqalaridan
farq qilsa, u holda tasodifiy xatolik mavjud bo'ladi.

O'lchash vositasining cp'pol xatoligi deyilganda berilgan shart-

ilgan natijadan tubdan farq qiladigan o'lchash




'p marta takroriy o'lchashlar natijasida asbcb

ko'rsatishlari orasidagi eng katta farq o'lchash asbobining vari—


atsiyasi
deyiladi. Kb 'rsatuvlarining variatsiyasi о'lchanayotgan kat-
talikni ma' lum bir miqdorgacha asta-sekin oshirib va kamaytirib
aniqlanadi. Ko'rsatuvlar variatsiyasi o'lchash asbobining mexa-
nizmi, oraliqlari, gisterezisi va boshqa qismlardagi ishqalanish
sababli kelib chiqadi. Ko'rsatuvlar variatsiyasi (£) o'lchash as-
bobi shkalasi iraksirral qiymatini foiz hisobida ifodalab, o'lchash
asbcbining asosiy yo'l qo'yiladigan xatolik qiymatidan oshib ket-
masligi lozim:


bunda DX — asbob ko'rsatishidagi eng katta farq;

va Xp — asbob shkalasining yuqori va quyi qiymatlari.



  1. l





(8)


www.ziyouz.com kutubxonasi





O'lchash aniq bo'lishi uchun xatoligi kichik bo'lgan asbcblar- dan foydalanish lozim. Texnik o'lchashlar uchun yo'l qo'yiladigan xatoligi belgilangan qiymatdan oshmaydigan asboblardan foyda- laniladi.

Asbob ко 'rsatishining standartlar bo 'yicha ruxsat etiladigan eng katta xatoligi o'lchash adodoining yo'l qo'yiladigan xatoligi deyi­ladi . Xatolik miqdori о 'lchashlar olib borilayotgan tashqi muhitga va boshqa sabablarga bog'liq bo'lgani uchun o'lchash asbobining asosiy va qo'shimcha xatoliklari tushunchalari kiritilgan.

O'lchash asbobi uchun texnik sharoitlar imkon bergan, maxsus yaratilgan normal ish sharoitida yo'l qo'yilgan xatolik asosiy xatolik deyiladi. Atrof-muhitning normal sharoiti deb, 20°C harorat va 101325 N/m2 (760 mm. sim.ust.) atmosfera bosimi qabul qilingan. Tashqi sharoit o'zgarishining asboblarga bo'lgan ta'siridan kelib chiqqan xatolik o'lchash asbobining qo'shimcha agjboligiriir.

O'lchash vositalarining umumlashgan xarakteristikasi asosiy va qo'shimcha xatoliklaming chegaraviy qiymatlari bilan, o'lchash vositalari aniqligiga ta' sir etuvchi boshqa parametrlar bilan ifo- dalanadigan aniqlik klassidan iborat. O'lchash asboblari uchun yo'l qo'yiladigan asosiy xatoliklar chegaralari keltirilgan (nisbiy) xatoliklar ko'rinishida berilgan quyidagi sonlar qatoridan olin- gan aniqlik klassi beriladi:

(1; 1,5; 2,0; 2,5; 3; 4; 5; 6) »10n,

bunda n = 1,0; -1; -2 va h.k.

O'lchash asbobining aniqlik klassi foizlarda hisoblangan eng katta keltirilgan xatolikka teng:

уф = ± (Dy (Xyu - Xp)) «100% , (9)

bunda уф — asbobning keltirilgan asosiy xatoligi, shkala ко'la­mi da % da ifodalanadi;

D — asosiy mutlaq xatoligi.

Turli о 'lchash asboblari uchun Davlat standartida turli aniqlik klasslari qabul qilingan. Ular asbcbning siferblatida ко'rsatiladi.


  1. 2


www.ziyouz.com kutubxonasi

№salan, issiqlik texnikasida o'lchash asboblariga belgilanadigan asosiy xatoliklar o'rtacha quyidagicha:




Texnik asboblar — ± (1 4 2,5) % va yuqori;

Nazorat asboblari — ± (0,6 4 1) %;

Laboratoriya namunali

va etalon adooblari — ± 0, 6 % va undan past.

Issiqlik texnikasi asboblari turli aniqlik klasslariga bo 'linadi, ulaming shartli belgilari asosiy xatoliklar о 'lchamiga rros keladi. Masalan, asboblarning asosiy xatoliklari ± 0, 6 va ± 1, 6 % ga teng bo 'Isa, ular shunga muvofiq 0,6 va 1,6 aniqlik klassiga te- gishli bo'ladi.

О 'lchash asbcbining variatsiyasi normada uning keltirilgan aso­siy xatoligidan ortirasligi kerak.

Ma'lum aniqlik klassiga ega bo'lgan texnik asbob bilan o'lchashda uning mutlaq asosiy xatoligi Dx (9) tenglamadan tcpiladi, eng katta nisbiy xatoligi у esa (asbcbning X ко 'rsatishiga taalluqli) quyidagi ifodaga ko'ra tcpiladi:

У = Dx <xyu - Xp)/X- <10>

Tajriba о'lchashlarida ishonchli natijalami olish uchun ko'rsat- kichlar bir xil sharoitda bir necha irarta olinadi va olingan qator qiymatlardan muntazam va qo 'pol xatoliklar olib tashlangandan keyin uning aniqligi yuqori o'rtacha arifmetik qiymati olinadi va cxirgi natija sifatida qabul qilinadi:

(11)


bunda X1, X,, ..., Xn о 'lchanayotgan kattalikning qiymatlari c^tori;

n — asbob ко'rsatkichining o'lchangan soni.

X±, Xz, ..., X qiymatlar faqat tasodifiy xatoliklardan iborat bo'lib, ulaming qiymati haqiqiy qiymatdan og'ishi, qancha ko'p o'lchashlar o'tkazilgan bo'Isa, shuncha kichik bo'ladi.


  1. 3


www.ziyouz.com kutubxonasi





Bunda xatolik nazariyasiga ko'ra, qancha ko'p o'lchashlar o'tkazilsa, unda mutlaq qiymati teng bo'lgan, faqat ishorasi har xil tasodifiy xatoliklar shuncha ko'p marta uchraydi va o'zaro yo 'q bo 'lib ketadi.

O'lchash kattaliklari ayrim qiymatlarining Xo,rt dan og'ishi E quyidagi ifodalardan tcpiladi:



~ X0

E2 = X2 ~ XoЪ' 02)


E = X - X

n n о rt

X to'g'ri tcpilganda £. og'ishlaming algdoraik yig'indisi nolga teng bo'lishi kerak:

S E. = 0. (13)

Amaliy o'lchashlarda oxirgi X natijaning aniqligini baholay- digan o'rtacha kvadratik xatolik s, ehtimoliy xatolik r va eng katta yo'l cp'yilgan (mumkin bo'lgan) xatolik 1 larning qiymat- larini quyidagi tenglairalar orqali tcpiladi:


E,2 + El + ... + £2


E2 + El + ... + El


J

r- 2 1-2 r—2

1(16)


Yuqoridagi (14) — (16) tenglamalardagi к, v, л? koeffitsiyentlar qiymati n-1 ga ko'ra maxsus jadvallardan olinadi.


  1. 4


www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish