R. S. Qosimov (rais), X. Sultonov, Q. Nazarov, M


-fasl. «Badoyi’ ul-bidoya»da tavhid g’oyasi



Download 0,7 Mb.
bet80/137
Sana22.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#839960
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   137
Bog'liq
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

2-fasl. «Badoyi’ ul-bidoya»da tavhid g’oyasi.


Alisher Navoiy mintaqa adabiyotiga shunday bir muhitda kirib keldi. Navoiy badiiy olami benihoya keng va rang-barang. Uning Borliqni idrok etishi ijodining turli davrlarida va turli yo’nalishlarida o’ziga xos aksini topgan. Biz bir necha namuna keltirish bilan cheklanamiz. Avvalo, shuni aytib o’tish joizki, Navoiy ijodi shu paytgacha ko’proq tarkibiy jihatdan o’rganib kelindi, uni tadrijiy jihatdan o’rganishga asosan Izzat Sulton («Navoiyning qalb daftari») va H.Sulaymonov («Xazoyin ul-maoniy» tanqidiy matni) ishlarida harakat qilindi.



Timsoliy tafakkur – san’at va badiiy adabiyotga xos tafakkur tarzi, o’z fikr va g’oyalarini ramz va timsollar
vositasida ifodalash.
Ushbu ishlarga tayanib xulosa qilganda, shoir badiiy kamolotining birinchi bosqichi 1469 yil Sulton Husayn Hirot taxtini egallagandan keyingi bir necha yil orasida shoir o’z qo’li bilan tartib bergan birinchi devoni «Badoyi’ ul-bidoya»da o’z aksini topgan, deyish mumkin. Biz shu majmuadan
ikki asarni olib qiyosiy tahlil qilib ko’ramiz. Bularning birinchisi devonni boshlab beruvchi «Ashraqat» g’azali, ikkinchisi ushbu devon tarkibidagi «Ketur soqiy, ul mayki, subhi alast...» deb boshlanuvchi tarji’banddir. Biz bu ikki asar mazmuniga diqqat qaratmoqchi bo’lganimiz sababi ulardagi bosh timsollar bilan bog’liq. Bu timsollar «may», «jom» va «sing’on safol» majozlari bo’lib, ular bu ikki she’r mazmunini bir-biriga bog’lab turadi.
Biz doimo Navoiyning bosh qahramoni - Inson deymiz. Menimcha, shunga aniqlik kiritilsa, shoirning bosh qahramoni oddiy inson emas - Oshiq inson, deb qaralsa, haqiqatga muvofiqroq bo’lar edi. Ammo bu qanday oshiqlik? Birinchi g’azalning ilk satrlarini o’qiylik:

Ashraqat min aksi shamsil ka’si anvor-ul-hudo,


«Yor aksin mayda ko’r» deb jomdin chiqdi sado. G’ayr naqshidin ko’ngil jomida bo’lsa zangi g’am, Yo’qdur, ey soqiy, mayi vahdat masallik g’amzudo.78

She’riyatning, badiiy adabiyotning qudrati shundaki, o’z qa’ridagi sirlarni o’zi ochadi, tilsim ham o’zi, bu tilsimning kaliti ham o’zida, faqat


uni xolis nazar bilan, sinchkovlik bilan, mehr bilan o’qish kerak. Yuqoridagi parchada ham ko’rinib turibdiki, birinchi satrdagi timsollar ikkinchi satrda izohlangan. «G’ayr» - begona demakdir.
«G’amzudo» - «g’am zangini tozalaguvchi» ma’nosini bildiradi. «May» - «mayi vahdat» (birlik, yagonalik sharobi), ya’ni irfoniy ishq, «jom» esa
«ko’ngil jomi» ekan. Ko’ngil jomi agar begona aksi
tushib zang oladigan bo’lsa, ushbu g’amdan forig’ etuvchi eng maqbul vosita vahdat mayi deyilmoqda. She’r davomiga murojaat qilamiz:

  1. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. 1-j. T., 1987, s. 29

Ey, xush ul maykim, anga zarf o’lsa bir sing’on safol, Jom o’lur getinamo, Jamshid ani ichgan gado.

«Geti» - jahon, koinot; «getinamo» butun jahonni, koinotni aks ettiruvchi ko’zgu. Vahdat mayini ichgan kishining ko’ngli butun koinotni o’zida aks ettirish xislatini kasb etadi. Hech narsasi yo’q gado agar vahdat mayini ichsa, Jamshid, ya’ni butun er yuzining podshohiga aylanadi («jomi Jamshid» timsoliga ishora). Ammo «sing’on safol» timsoli qanday sirni o’zida yashirmoqda? Buni aniqlash uchun endi shoirning yigitlik ayyomida yaratgan tarji’bandiga murojaat qilamiz :


Ketur, soqiy, ul mayki, subhi alast, Aning nash’asidin ko’ngil erdi mast. Mayikim, qilur quysalar jom aro, O’zi mastu, kayfiyati mayparast...79


She’r davomida shoir boshidan kechirgan bir sarguzashtni hikoya qiladi: Eshit sarguzashteki, bugun menga
Necha mayparast o’ldilar hamnishast...

Shoir mayxonada bir necha mayparast bilan birga o’tirgach, qo’liga yana may solingan sopol ko’zani olib, manzili sari yo’lga chiqadi. Yo’lda bir necha


«ehtisob ahli» (ya’ni, shariat qoidalariga shahar ahli qanday rioya qilayotganini tekshirib boruvchi muhtasibning odamlari) shoirni mayxo’rlikda ayblab, kaltaklaydilar. Shoir badaniga etgan ozorni sezmaydi, ammo qo’lidagi may to’la ko’za singaniga qattiq kuyunadi:

Shikastim mening oncha ermas edi, Ki may zarfi topdi aroda shikast.


Chu sindi sabu, chorae topmadim, Meni muflisu, uru, giryonu mast.

(Navoiy qahramoni muflis, ya’ni bozori kasod bo’lgan, ur, ya’ni yalang’och, liboslari pora, giryon - ko’zlarida shashqator yosh va mast.) Shu holida -





Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish