Tavhid haqiqati - timsol-tushuncha sifatida milliy ma’naviyatimiz tarixiy takomilida turli zamon va turli soha namoyandalari tomonidan turlicha talqin etilgan. Masalan, (Sunna bosqichiga xos) diniy talqini – faqat Allohning yagona ma’bud (sig’inishga loyiq yagona zot) ekanligi, (Islom ma’rifatchiligi bosqichiga xos) ilmiy talqini dunyodagi jonli va jonsiz, harakatda va sokinlikda ko’ringan, o’tmish, bugun va kelajakka oid narsa va hodisalarning o’zaro uzviy bog’liqligi, yagona manba va manshaga oidligi, uyg’unligi va yaxlitligi, (Tasavvuf tariqatlari yoxud irfon bosqichiga xos) tasavvufiy (irfoniy) talqini - haqiqiy (boqiy) Borliq faqat Haqning Borlig’i ekanligi, (“Majoz tariqi” bosqichida shakllangan) mumtoz adabiyotimiz namoyandalari ijodida aks etgan qarash - haqiqiy Borliq - Haqning Borlig’i, bu dunyo – ya’ni biz ko’rib turgan moddiy olam esa Haqning mazhari (ko’zguda namoyon bo’lishi), ammo biz insonlar ham ushbu ko’zgudan (majoz olamidan) tashqarida emasmiz, shunday ekan, biz asosiy e’tiborni Haq jamoli aks etuvchi ko’zgu bo’lmish inson qalbiga qaratishimiz, insonga mehr qo’yishimiz, qolaversa, Alloh yaratgan moddiy olamning har bir zarrasiga mehr va e’tibor bilan qarashimiz, jiddiy o’rganishimiz, ijtimoiy hayotimizni ham ma’naviy qadriyatlarga tayangan holda takomillashtirib borishimiz lozim. Shunday qilib, “Majoz tariqi”da Tavhid mohiyati Yangi davr qadriyatlariga muvofiq keluvchi yangicha talqin oldi. Albatta, sanab o’tilgan talqinlarning birortasi boshqalariga zid emas, milliy ma’naviyatimizda ular mohiyatan bir-birini to’ldirib keladilar.
Bu harakat islom dunyosida Forobiylar davridan
boshlangan bo’lib, Ibn Xaldun ijodida o’z cho’qqisiga erishdi. Bu ulug’ tarixchi- faylasuf taqvodor va xudojo’y kishi edi. Uning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotga oid qarashlari insoniyatning ibtidoiy jamoa tuzumi darajasidan shahar jamoasi tuzumi darajasiga qarab yuksalishi va bu ikki ijtimoiy tuzum bosqichlarining o’zaro qiyosi asosiga qurilgan edi.
Bahouddin Naqshbandning «dil ba yoru dast ba kor» qoidasi, Ibn Xaldunning tarixiy taraqqiyot haqidagi nazariyasi XIV asrda Amir Xusrav va Hofiz Sheroziylar she’riyati bilan bir paytda shakllandi va ular barchasi o’zaro uyg’unlik kasb etdi. Shu davrda hukmronlik qilgan Temur o’zini shoh yoki culton atamadi, o’lgunicha boshqa amirlar qatori Amir Temur bo’lib qoldi. XV asr ma’naviyat zamoni, Xoja Ahror va Alisher Navoiylar zamoni bo’ldi.
Ammo, afsus, na sarbadorlar, na temuriy mirzolar Yangi davr davlatchiligi asoslarini uzil-kesil amalga tadbiq eta bilmadilar. Ma’naviyatda anglab etilgan Haqiqat siyosatga to’liq joriy etilmadi. XV asrda Xoja Ahror va Alisher Navoiylar ijtimoiy mo’’tadillikni saqlab turishga astoydil intilgan bo’lsalar ham, XV asr ikkinchi yarmida Shohruh va Ulug’bek mirzolar hukmdorlik davridan keyin boshlangan siyosiy parokandalik jarayoni borgan sari kuchayib bordi. Na Sulton Husayn, na Bobur bu jarayonni to’xtatib qola bilmadilar.
157
Do'stlaringiz bilan baham: |