R. S. Qosimov (rais), X. Sultonov, Q. Nazarov, M


-fasl. “Majoz tariqi” va Tavhid mohiyatining yangicha talqini



Download 0,7 Mb.
bet85/137
Sana22.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#839960
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   137
Bog'liq
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

5-fasl. “Majoz tariqi” va Tavhid mohiyatining yangicha talqini.


Ilohiy kitoblar orqali insoniyatga ayon etilgan tavhid haqiqati tasavvuf ta’limoti tufayli inson ruhining mulkiga aylandi. Buyuk co’fiy shayxlari avvalo insonga o’zligini anglab etishni o’rgatdilar. Tasavvuf tarixiy takomil jarayonida turli bosqichlarni bosib o’tib, XIV asr Naqshbandiya tariqati timsolida yana solikni xalqqa, hayotga qaytardi, faqat endi so’fiy o’zligini, Haqni anglab etgan, dilini xudbinlik zangidan poklab, “Haqiqat asrorining ganjinasi” ga aylantirgan holda hayotga qaytib keldi. U endi o’z shaxsiy manfaatlari uchun emas, balki Haq uchun,



100 Bertelьs E.E. Izbrannыe trudы. Navoi i Djami. M., 1965, s.447-449


147
xolis Alloh yo’lida moddiy hayot voqeligida faol qatnasha boshladi. Abdurahmon Jomiy, Xoja Ahror Valiy, Mahdumi A’zam kabi ulug’ so’fiy shayxlari siyosiy va ijtimoiy hayotda yuksak mavqe kasb etdilar. Maxdumi A’zam siyosatga oid qator risolalar yaratdi.
Marksistlar o’zlaridan oldin o’tgan barcha insonlarni, ular qanchalik ulug’ bo’lmasin, baribir dunyoqarashi cheklangan deb hisoblab keldilar.Sovet davrida o’tmish allomalarning butun “xizmati” kelajakda yaratilajak “dialektik materializm” nazariyasiga qanchalik muvofiq fikr yuritganliklari bilan belgilandi. Agar nomuvofiq bo’lsa, demak, “reaktsion”. Ular nazarida, o’tmishning eng “progressiv” allomalari ham, ayniqsa Sharqdan bo’lsa, “sinflar kurashining” mohiyatiga etib bormagan. Jumladan,”sotsialistik realizm” nazariyotchilari Alisher Navoiy tafakkurini ham bu qusurdan xoli emas, deb hisoblashgan. U “zolim podshohlar” va “riyokor shayxlar” ni qoralagani - nihoyatda “progressiv” hodisa sanalsa-da, ammo jamiyatdagi ikki muxolif sinf, deylik, feodallar va dehqonlar orasidagi “murosasiz ziddiyat”ni to’g’ri ochib bera olmagani - buyuk shoir tafakkuridagi noqislik sifatida baholangan. Aslida aqlimizni peshlab, insonlar jamiyatini Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy kabi buyuk allomalarimiz tushunganidek tushunsak edi - allaqachonlar ko’p muammolarimiz echilgan bo’lur edi. Buyuk ajdodlarimizning ma’naviy merosi tuganmas xazinadir. Ularda nafaqat bir inson, balki butun insoniyat o’tmishi, buguni va kelajagi yaxlit namoyon bo’lgan.
Qarama-qarshiliklar birligi va kurashini voqelik mohiyatining o’zak qonuni sifatida idrok etilishi barcha narsa-hodisalar mohiyatini juftlikda ko’rib, ularni albatta bir-biri bilan cheksiz kurash holatida tasavvur qilishga olib keladi. Nazariyada albatta zid tomonlar bir -birini taqozo qilishi tan olinadi, ammo inson faol zot, u bir ishni boshlasa, nihoyasiga etkazmay qo’ymaydi: hayotning mohiyati kurashmi - demak, kurashni boshlab, oxirigacha olib borish kerak, ya’ni muxolifni butkul mahv etish (yo’q qilib tashlash) kerak. Agar muxolif tomon kurashni hayotning mohiyati deb bilmasa, badtar bo’lsin, uni engish qaytaga osonroq. Nega Rossiyada burjuaziya engildi, chunki hech qaysi “kapitalist” yoki, hatto, “feodal” ishchi yoki dehqonni butkul yo’q qilib tashlash kerak deb hisoblamaydi, ammo ishchi nazarida (aniqrog’i, marksizm ko’zi bilan qaraganda) “kapitalist”lar sinfi umuman jamiyat uchun befoyda unsur, uni qancha tez yo’q qilib tashlansa, shuncha tez “kommunizm” quriladi. Negadir hayot bu farazlarni tasdiqlamadi, faqat inson qoni daryo-daryo bo’lib oqqani qoldi.
Fuqarolar jamiyatining asosiy xususiyati - ijtimoiy uyg’unlikdir. Ijtimoiy uyg’unlik esa insonlarning bir-birini tushunishi bilan bo’ladi. Kommunistik g’oyaning eng katta kamchiligi ham turli ijtimoiy toifalar tabiatidagi o’ziga xosliklarni anglab etishga hafsala qilmay, murakkab voqelikni faqat ikki sinf orasidagi ayovsiz kurash sifatida talqin etganligi bo’ldi. Masalan, Leninning eng ko’p g’azabiga ikki toifa: intelligentsiya va dehqonlar duchor bo’lishgani ko’pchilikka ma’lum. Dehqon mehnatkashligi uchun tabiatan ishchiga ittifoqdosh deb qaralsa ham, uning xususiy mulkka moyilligi “dohiy” ning ko’p g’azabini qo’zg’atar edi. Bu “qusur”ga barham berish uchun “sodiq shogird”(Stalin) tomonidan yalpi kollektivizatsiya o’tkazildi, natijada dehqonlar to’liq totalitar
148
davlat asoratiga tushdi. Buning xulosasi dunyoning oltidan bir qismini egallagan davlatda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari chetdan naqd valyutaga sotib olinishiga o’tish bo’ldi. Ziyo ahlini ham bolьsheviklar totalitar tuzumning itoatkor xizmatchilariga aylantirdilar.
Asli hayotda sinflar emas, turli ijtimoiy toifalar mavjud. Ularning har biri jamiyatda o’z aniq maqom va mavqeiga ega. Shunga yarasha har birining o’z tabiati, ehtiyojlari, burch va vazifalari, o’z ma’naviy olami mavjud. Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr”, “Mahbub ul-qulub” asarlariga murojaat qilsak, bunga yaqqol ishonch hosil qilamiz.
“Lison ut-tayr” badiiy asar, shu sababli undagi g’oya ilmiy tahlil emas, ramziy ishoralar vositasida bayon etilgan. O’ttiz qush (Simurg’) timsoli jamiyatdagi ijtimoiy toifalarning ko’pligi va rang-barangligiga ishora. Ular barchasi bir bo’lib, yaxlit voqelikni tashkil etadi. Navoiy “Mahbub ul-qulub” da bu qarashni bevosita, ochiq ijtimoiy tahlil orqali ifodalagan. Unda o’sha davr jamiyatiga xos qirq toifaga ta’rif beriladi va ularning turli jihatlari mukammal tavsiflanadi. Har birining tabiatidagi fazilat va qusurlar xolis ochib tashlanadi.
Turkiy tildagi mumtoz adabiyot ijtimoiy masalalarga doimo jiddiy e’tibor berib kelgan. Biz toshbitiklar va Yusuf Xos Hojib asaridan buni yaxshi bilamiz. Ammo Nizomiy “Xamsa”sidan boshlangan badiiy tafakkurning murakkab izlanishlari ijtimoiy mavzuni - davlat, jamiyat va shaxs ma’naviyati orasidan uyg’unlik masalasini benihoya teran tahlil qilib berdi va bu tahlil Alisher Navoiy ijodiga kelib aytish mumkinki, bir millat yoki mintaqa emas, xatto jahon ahli ma’naviyati rivojida butkul yangi, yuksak kamolot bosqichini mukammal namoyon qildi. Navoiyning butun merosi - devonlaridagi g’azal, qit’a, qasida, tarje’band va soqiynomalar, dostonlari va nasriy asarlari, ilmiy ijodi - barchasi yaxlit bir manzara - Navoiy davridan bir necha asrlar keyin - bizning zamonamizda voqelikka aylanishi mumkin bo’lgan Yangi bir ijtimoiy - ma’naviy uyg’unlikdan bashorat qiladi. Qonun ustuvorligiga asoslangan, haqiqiy fuqarolar jamiyati desa arziydigan, tom ma’noda ijtimoiy adolat va xalq hokimiyati amal qilayotgan, davlat, jamiyat, xalq ma’naviyatining yuksak uyg’unligi asoslari bundan 500 yil ilgari shu daraja yorqin tasavvur etilgani va badiiy ifodalab berilgani insonni hayratga solmay iloji yo’q.
Navoiy yaratgan uyg’un jamiyat manzarasi qanday belgilarga ega?
Avvalo, bu manzara xayoliy (utopik) emas, voqe’ asosga qurilgan manzaradir. Ikkinchidan, bu manzara moddiy tenglik va behisob to’kinchilik holati emas, ma’naviy voqelikdir. Uchinchidan, Navoiy yaratgan ijtimoiy-ma’naviy uyg’unlik manzarasi zo’rlik, muayyan kichik bir guruhning zo’ravonligi yo’li bilan joriy etilgan majburiy tenglik jamoasi emas, umum bashariyatning cheksiz adashuvlar, og’ir mashaqqat va iztiroblar aro necha asrlar davomida asta-sekin va ixtiyoriy erishgan ma’naviy kamolot holatidir. Unda hali ham adashuvlar, qiyinchiliklar, iztiroblar, yo’qotishlar bo’lishi mumkin, ammo bahamjihatlik, insonlarning bir-birini tushunishga intilishi oxir-natijada g’olib chiqish ehtimoli kengaygan, shunga muvofiq ma’naviy muhit shakllangan. Bu jamiyatda mulkdor ham bor, mulksiz ham, ammo har ikkovi ham o’z ixtiyori bilan ushbu holatni kasb etgan.


149
Bu jamiyatning har bir a’zosi o’zligini anglab etgan, o’z mavqeiga ega: davlat arbobi ham, olim ham, dehqon ham, savdogar ham; go’dak ham, keksa ham; erkak ham, ayol ham. Hech kim bir-biriga xasad qilmaydi, qo’lidan kelmagan yumushga da’vo qilmaydi, o’z yukini boshqaga ag’darmaydi, ko’tara olmaydigan yukni elkaga olishga behuda urinmaydi.
Chunki insonlarda borliqning Oliy Haqiqatini tushunish bor, unga cheksiz intilish bor, nafaqat aql, balki butun vujud bilan, butun ehtiros bilan anglab etilgan imon, e’tiqod bor. Bu e’tiqod barchada bir xil tusda emas, ya’ni yagona mafkuraning yalpi hukmronligi tarzida emas, balki o’zaro mehr, bir-birini tushunish va Haqqa intilishdagi samimiyat zaminida shakllangandir. Rioya, andisha, mehr-oqibat, hilm (muomalada halimlik), sabr-toqat va Oliy Haqiqat oldidagi mas’uliyat hissi ushbu e’tiqodning mevalaridir. Bu jamiyat kishilari go’zallikka intiladilar, ammo poklikka xiyonat etmaydilar; fidoiylikka ular qodir, ammo mutaassiblik ularga begona; har bir kishiga yuksak ehtirom bilan yondoshadilar, ammo hech kimga tilyog’lamalik qilmaydilar; har bir shaxs o’z qadrini biladi, ammo takabburlikni bilmaydi; ular har biri o’z e’tiqodiga sodiq, ammo birovni nodon deb o’ylamaydi, ular qalbida ehtiros jo’sh uradi, ammo ular ehtiroslarning quli emas; ular aqlli, ammo makkorlikdan or qiladilar. Bunday xislatlarni cheksiz sanash mumkin, ammo Navoiy yaratgan bu manzarani yaqqol ko’rish uchun nima talab etiladi, shoir o’zi bu darajada bashoratga qanday erisha olgan? - degan savol tug’ilishi mumkin. Sababi bitta - barcha salaflari singari Alisher Navoiy ham o’zidan oldin yaratilgan buyuk ma’naviy merosni imkoni darajasida mukammal o’zlashtirgan, faqat aqli bilan emas, butun vujudi, borligi bilan, mehru samimiyati bilan o’zlashtirgan, but imon, e’tiqod bilan Haqiqatni izlagan va Haqiqat unga yuz ochgan. Bu Allohning inoyati insonning samimiyati, o’zligini anglashga cheksiz intilishi tufaylidir. Kimki ixlos bilan, imon va e’tiqod bilan, ezgu niyat bilan milliy va umumbashariy ma’naviy merosni o’rganishga, uning mag’zini anglab etishga urinsa, inshoolloh, unga ham Haqiqat jamoli nasib bo’lgusidir.
Ko’pincha biz inson yaratuvchi deb gapiramiz, asli yagona yaratuvchi, ya’ni yo’qdan bor qiluvchi Alloh taolodir, insonga esa Alloh yaratgan moddiy ashyolarni qayta ishlab o’zgartirish qobiliyati berilgan. Navoiy nazdida, dunyoni obod qilishning ibtidosi ziroatdadir. “Mahbub ul-qulub”ning bosh va suyukli qahramonlari, bizning tasavvurimizga ko’ra, shoh va cultonlar, munajjim va voizlar emas, balki dehqon va darveshdir: “Dehqonki, dona sochar, erni yormoq bila rizq yo’lin ochar...”101 Dunyoga dil ko’zi bilan qarashni o’rgangan shoir dehqonni Odam atoga, o’zgalarni uning qaramog’idagi farzandlarga o’xshatadi, olamning obodligini dehqon mehnatidan deb hisoblaydi. Tabiatdagi juda ko’p jonzotlar ham dehqon mehnati samaralaridan bahramand bo’ladilar.Chorvador va bog’bon ham asli shu toifadan. Shoir ta’kidicha, ular insonlar jamiyatining asos- zamirini tashkil etuvchi toifadir. Bu toifaning yana bir buyuk fazilati - insonlar va tabiat orasidagi muvozanatni saqlashda ko’rinadi.



101 Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. 14-j., T. 1998, s.37
150
Qadim ajdodlarimizning “Avesto”kitobida tabarruk hisoblangan zamin ayolga qiyos etiladi, uni erkalash, parvarish etish ulug’ va muqaddas yumush sifatida dehqon zimmasiga yuklanadi. Ajdodlarimiz o’zligini tanigandan boshlab er, suv va olovni ulug’laganlar va dastlabki ikkisini pok saqlash, ezgu niyatlarda istifoda etish dehqon uchun ham huquq, ham mas’uliyat sanalgan.
Mutafakkir adib jamiyatdagi yana bir toifaga - darveshlarga ham alohida mehr ko’rgazgan. Afsuski, mustaqillikkacha o’tgan 70 yil davomida Navoiy asarlaridagi ayrim mafkurachilarga ma’qul kelmagan jihatlar ko’plab nashrlardan ayovsiz qirqib tashlanardi. Jumladan, “Darveshlar zikrida” deb nomlangan 1- bo’limning 40-fasli ham shoirning 15-jildli “Asarlar” to’plamidan “tushib” qolgan. Holbuki, Navoiy bu toifa misolida haqiqiy ziyoli qiyofasini yaratadi. Haqiqiy ziyoli, ya’ni darvesh elga faqat ma’rifat, ilm nurini tarqatish bilan kifoyalanmaydi, insonlar diliga poklik, mehr-oqibat, ezgulikka intiqlik, o’z- o’zini anglash tuyg’ularini singdiradi: “Ichi tashi bilan muvofiq, balki arig’roq (pokroq), botini zohir bila musoviy (teng muvozanatda), balki yorug’roq...” Albatta, moddiy va ma’naviy qiyofa doim mutanosib bo’lavermaydi: “Darvesh to’ni yirtuq, andoq turur kim, ganj (xazina) makoni buzuq”.102
Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolar hukmdorni faylasuf bo’lishga da’vat qilgan bo’lsalar, Navoiy o’z asarlarida Husayn Boyqoroni “darvesh-shoh“ bo’lishga undagan. O’sha zamonda darveshlar deganda ko’proq so’fiylar, tasavvuf ahli tushunilgan. Ularning yaratuvchiligi, avvalo ruhiy ogohlik,

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish