R. S. Qosimov (rais), X. Sultonov, Q. Nazarov, M


Yangi davr ma’naviyatiga o’tish yoki islom mintaqa madaniyati davri ma’naviy yutuqlarining ommalashuvi bosqichi



Download 0,7 Mb.
bet96/137
Sana22.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#839960
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   137
Bog'liq
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

Yangi davr ma’naviyatiga o’tish yoki islom mintaqa madaniyati davri ma’naviy yutuqlarining ommalashuvi bosqichi - Yangi davr milliy ma’naviyatimiz takomilining ikki bosqichidan birinchisi, XVI asrdan XIX asrning birinchi yarmigacha davom etadi. Bu bosqichda yaxlit islom mintaqa madaniyati erishgan yutuqlar zaminida mahalliy o’lkalar keng xalq ommasining ma’naviy saviyasi oshib bordi, mintaqa xalqlari o’tgan davrda erishilgan yuksak ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolishga va rivojlantirishga urindilar, shu bilan birga mintaqa siyosiy hayotida tanazzul jarayonlari yildan yilga kuchayib, islom dunyosida siyosiy parokandalik va yaxlit mintaqa madaniyatining parchalana boshlashi, hokimiyatni boshqarishda sulolaviylik an’anasining jamiyat ma’naviy takomil darajasi bilan nomuvofiqligining keskin namoyon bo’lishi, turli siyosiy guruhlar aro noittifoqlik balosi, ma’naviyat ahlining siyosatga aralashuvi, xos va avom orasidagi ma’naviy chegaraning yo’qolib borishi kuzatiladi.
Shunday qilib, XVI asrdan sulolaviylik an’anasi keskin tanazzulga yuz tutdi. Siyosiy jihatdan Movarounnahr uchun bu katta yo’qotish bo’ldi - mamlakatning siyosiy yaxlitligi qo’ldan keta boshladi. Bu jarayonni ma’naviyat ahlining siyosatga faol aralashuvi ham to’xtatib qola olmadi. Bu jarayon natijasida yaxlit o’lka avval ikkiga (Buxoro va Xorazm xonliklariga), keyinroq, XVIII asr boshlarida uch mustaqil davlatga (Buxoro amirligi, Qo’qon va Xiva xonliklariga) bo’linib ketdi. Bu uch davlat hukmdorlari to’xtovsiz bir-birlari bilan jang olib borardilar. Ushbu noittifoqlik balosi
XIX asr ikkinchi yarimida o’lkaning Rossiya mustamlakasiga aylanishiga olib keldi. Shu palladan Yangi davr ma’naviy jarayonlarining ikkinchi bosqichi boshlanadiki, bu haqda suhbat alohidadir.


3-fasl. «Milliy iztirob» she’riyati. Turdi va Mashrab.


Ammo shunday buhronli holatlarda ham millat ma’naviyati yuksalib bordi. Turdi Farog’iy va Mashrablarning hayoti va ijodiy faoliyati bunga yorqin misoldir. Turdi ijodida Navoiy badiiy tafakkurida olg’a surilgan g’oya
milliy va siyosiy g’oyaga aylandi. Turdi o’z ijodida davr hukmdorining an’anaviy huquqlarini ochiqdan-ochiq rad qilib («Subhonqulixon haqida hajviya») odil shoh
madhiyasi o’rniga zolim va noqobil sultonni keskin fosh etishni maqsad qilib qo’ydi. Navoiy Bahromi va Iskandari foje’ shaxs edilar, Turdining «bosh qahramoni» jirkanch va tuban maxluq sifatida hukm etildi. Turdi beklarni ham ayab o’tirgani yo’q. (Navoiy «Mahbub ul qulub»da beklar haqida nojo’ya so’z aytmaydi).
Turdi birgina sultonni emas, balki butun bir ijtimoiy toifani - o’zi ham mansub bo’lgan aslzodalar - beklar toifasini fosh etadi. Ularni «yuzi qaro»lik, ko’zi ko’r, qulog’i karlikda ayblaydi:
167
Edingiz barchangiz itdek fuqaroning etini, G’asb ila molin olib, qo’ymadingizlar bitini, Qamchilar dog’i solib bo’yunig’a, tilib betini, Yordingiz zahrasini (ichidan) olib o’tini, Bo’lmadi kam bu raiyat boshida hech tayoq.115

Qarang, Bobir mirzo uchun tabiiy ko’ringan holat endi Turdi uchun chidab bo’lmas adolatsizlikdir. Bu Yangi davr ma’naviyatidan darak edi.


Turdi sulolaviylik o’rniga, odil shoh orzusi o’rniga yangi bir jozibali g’oya - Yagona Vatan g’oyasini olg’a suradi. Bu Vatanda hali nohaqlik, zulm hukmron, hanuz bu yurt - «kofiriston»dir, ammo endi sulolaviylik, beklarning tor xudbinlik manfaatlariga qarshi qo’ysa arzigulik ulug’ bir Voqelik shakllanmoqda -
«O’zbekistondir bu mulk», deydi shoir ham cheksiz iztirob, ham cheksiz umid bilan.

Tor ko’ngilli beklar, man-man demang, kenglik qiling, To’qson ikki bori o’zbek yurtidir tenglik qiling.


Birni qipchoqu xitoyu, birni yuz, nayman demang. Qirqu yuz, ming son bo’lib, bir jon oyinlik qiling.116

Turdi xalq maqoli - «el rabotu to’ra qo’noq»ni siyosiy e’tiqodga aylantirdi. Turdi ma’naviyatida O’zbekiston va uning xalqi birinchi maqomga ko’tarildilar, irsiy «aslzodalik» huquqi rad etildi:


Baski bu tiyradarunlarda charog’e tilama. Endi Haqiqat yo’li saroydan tashqaridadur:


To’g’ri yo’lni tilasang uz bu saroydan payvand.

Endi shoh cho’pon emas, xalq ham suruv emas. Xon faqat o’z maishati g’amidagi mahluqqa aylangan:


Ark ichin mahkam etib ayladim o’zimga yotoq.117


Shoir davr hukmronining kayfiyatini nihoyatda aniq aks ettiradi. Endi xon va amirlar yurt oldidagi mas’uliyatni mutlaqo unutgan edilar, ular «xos ahli» emas, oddiy «xudoning mahluqi» darajasida o’z maishati,



115 O’zbek adabiyoti tarixi. III-jild. T.-«Fan»- 1978, s.224 116 O’sha kitob, s.222



  1. O’sha kitob, s.228

168
aysh-ishrati va xudbin intilishlarining quliga aylanib, yurt egasi bo’lish huquqini butkul yo’qotdilar. Endi yangi davr siyosiy qadriyatlari zamon taqozosiga aylana
boshlagan edi. Afsus, bu qadriyatlarni to’liq va mukammal anglab etish uchun Turkiston xalqlari yana bir necha asr jabr chekishlari, jumladan, 150 yil milliy asorat xo’rligini boshdan kechirishlariga to’g’ri keldi.
Fuqarolik jamiyatiga o’tishning ikki jihati bor. Birinchidan, agar fuqaro o’zligini anglab etmagan bo’lsa, agar u hanuz o’zini eb-ichib, «kayfi safo qilib» yurishdan ortiqqa arzitmasa - uning nomi fuqaro (grajdan) emas, oddiy bir «xudoning
mahluqi»dir, bunday insonlar to’plansa, «xalq» emas, «olomon» bo’ladi. Alisher Navoiy insonlarni «xos» va «avom» ga ajratar ekan, bunda u biz sobiq sovet davrida talqin qilganimizdek, «zodagonlar» va «qora xalq» ma’nosida emas, balki o’zligini anglab etgan va anglab etmaganlar ma’nosida ishlatgan. Arablar islomgacha davrni «johiliya» deb atashgan. Bunda ham «johillik» xat-savodi yo’qligini emas, yagona Allohni tanimaganlik, ilohiy kalomdan bahramand bo’lmaganlik ma’nosida ishlatilgan. Xalq ichida «omi odam» degan ibora ishlatiladi. «Omi odam»ni - savodsiz, sodda odam ma’nosida talqin qilamiz.
Bunday talqin birinchi qarashda «omilik»ni zararsiz qilib ko’rsatadi, aslida «omi odam» g’ofil bandadir, bunday avomdan iborat jamiyat hech qachon fuqarolik jamiyati, chinakam fuqarolar jamiyati bo’la olmaydi. Fuqarolik jamiyati ogoh odamlardan iborat bo’lmog’i kerak. Ogoh odam o’z insonlik burchini teran idrok etadi va unga aslo xiyonat qilmaydi.
Ikkinchidan, yurt hokimlari maydalashib, o’z ijtimoiy mas’uliyatini unutib,
«arkni o’ziga yotoq bilib «, atrofiga ham o’zi singari qorin qayg’usidan, aysh- ishratdan boshqani bilmaydiganlarni to’plab, xalq va millat ehtiyojlariga butkul bepisandlik bilan qarashni odat qila boshlasalar, Alloh oldidagi yurt egasi, degan yuksak mas’uliyatni tamomila unutsalar, ular aslzodalik huquqidan to’liq mahrum bo’ladilar. Xuddi shunday holat Evropada kuchli ijtimoiy po’rtanalarga, qonli inqiloblarga olib keldi. Barcha hokimiyatning yagona manbai xalq ekanligini Evropa millatlari asrlar davomida fidoiylik bilan tinimsiz kurashib, isbot qildilar.
Ammo islom dunyosida bunday bo’lmadi. Tanazzul chuqurlashib bora berdi. Siyosiy doiralardagi tanazzul XVII asrga kelib asta-sekin ma’naviyat olamiga ham yoyila boshladi. Ma’naviyat arboblarining aralashuvi siyosatda katta ijobiy o’zgarishlar paydo qilmadi, qaytaga ma’naviyat olamining o’z ichida ziddiyatlar chuqurlashuviga sabab bo’ldi. Boborahim Mashrab faoliyati asl ma’nosi bilan ma’naviyat olamida paydo bo’layotgan ana shunday illatlarga qarshi tug’yon bo’lib chiqdi. Turdi Subhonqulixonga qarshi qo’lida qurol ko’tarib isyon qilgan bo’lsa, Mashrabning ma’naviyatdagi isyoni Mahmud Sultonning doriga o’z boshini tutib berishda namoyon bo’ldi. Chunki ma’naviyat olami qilichbozlikni taqozo etmaydi, o’zgalar ruhidagi illatni qilich bilan, isyon bilan poklab bo’lmaydi. Mashrab o’zini qurbon etib, o’zgalarga ibrat ko’rsatdi. «Qissayi shoh Mashrab»ning xalq orasida mashhurligi bejiz emas. Xalq o’zining asl qahramonlarini, fidoiy farzandlarini
169
yaxshi taniydi va qadrini joyiga qo’yadi. “Abu Muslim jangnomasi”, «Shoh Mashrab» qissalari, Bedil g’azallarining shuhrati xalqning o’z ma’naviyati teranligini saqlab qolishga intilishidan darakdir.
Umarxon saroyi ilmu san’at o’chog’i edi. Shu bilan birga Maxmurning
«Hapalak» va Gulxaniyning Yapaloqqush va Boyo’g’li haqidagi «Zarbulmasal»lari shu davrda yaratildi. Uvaysiyning «Anor» chistoni ham shu davr mahsuli. Biz XIX asr birinchi yarmi ma’naviyatidagi ziddiyatlarni to’g’ri anglab etmog’imiz kerak. Ma’dalixonning shoirligi va shaxsiy hayotidagi murakkab jihatlar, ulamolar bilan ziddiyatlari barchasi voqelikning murakkabligiga ishoradir.



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish