2-fasl. Jadidchilik ma’naviyati.
172
Turkiston o’lkasi xalqlarining milliy mustaqillik uchun kurashi ikki yo’nalishda kechdi. Birinchisi - qurolli kurash, qo’zg’olonlar yo’li bo’lib, 1892 yildagi Toshkentda yuz bergan «vabo qo’zg’oloni» (yoki «toshotar voqeasi»), 1898 yilda Andijon viloyatidagi Dukchi eshon(Muhammadali xalfa) jihodi, 1916 yil mardikor voqealari, keyinchalik, o’lkada bolьsheviklar hukmronligi o’rnatilishga qarshi «bosmachilik» yoki qo’rboshilar harakati deb nom olgan milliy-ozodlik kurashi ushbu yo’nalishdagi mashhur voqealardandir. Ikkinchisi, madaniy–ma’rifiy yo’nalish bo’lib, bu yo’lning asosiy maqsadi xalq madaniy- ma’rifiy saviyasini oshirish, milliy iqtisodni yangi izlardan yuksaltirish yo’li bilan,
Milliy uyg’onish va Yangi davr ma’rifatchiligi – Qaramlik davri Turkiston o’lkasi xalqlarining milliy mustaqillik uchun kurashi ikki yo’nalishda kechdi. Birinchisi - qurolli kurash, qo’zg’olonlar yo’li bo’lib, ikkinchisi ma’rifatparvarlar va jadidlar harakatida yorqin namoyon bo’lgan madaniy–ma’rifiy yo’nalish edi. Ikkinchi yo’nalishning asosiy maqsadi xalq madaniy- ma’rifiy saviyasini oshirish, ma’naviyatini takomil toptirish, , milliy iqtisodni yangi izlardan yuksaltirish yo’li bilan, Evropaning ilg’or idora usullarini o’zlashtirib, millatning haqiqiy ozodligini ta’minlash bo’lib, “usuli jadid” maktablaridan boshlangan bu harakat XX asrning ikkinchi o’n yilligidan butun mintaqada yalpi rivoj olib, Milliy Uyg’onish harakati darajasiga ko’tarildi. Bu harakat vakillari Vatan mustaqilligi va xalq ma’rifati yo’lida butun kuch- g’ayratlarini sarf etdilar, ularning aksariyati bu yo’lda jonlarini fido etib, o’zlarining jo’shqin va barakali siyosiy-ma’rifiy faoliyatlari bilan millat xotirasida fidokorlik timsoli bo’lib qoldilar.
vaqti kelganda nihoyatda qudratli harbiy-siyosiy mavqega ega bo’lgan Rossiya hukumati bilan ba’zi kelishuv, murosayi madora usullari bilan Evropaning ilg’or idora usullarini o’zlashtirib, millatning haqiqiy ozodligini ta’minlash edi. Bu ikki yo’l ba’zan bir-biri bilan yaqinlashar, ba’zan o’zaro ziddiyatga kirishar, ammo amalda bir-birini to’ldirib, quvvatlab boruvchi yo’nalishlar edi. Ma’rifatchilik yo’li Ahmad Donish, Furqat, Feruz kabi XIX asr ikkinchi yarmida faoliyat ko’rsatgan yurt ulug’lari tashabbusi bilan boshlanib, XX asr boshida jadidlar harakatida yorqin namoyon bo’ldi. Har ikki yo’nalish ham XIX asr oxirida kichikroq ko’lamlarda
boshlangan bo’lsa, XX asrning ikkinchi o’n yilligidan butun mintaqada yalpi rivoj olib, Milliy Uyg’onish harakati darajasiga ko’tarildi.
“Usuli jadid” maktablari - Yangi davr ma’rifatchilari (jadidlar) ishlab chiqqan usuli savtiya, ya’ni savod chiqarishning tovush tizimi asosidagi yangicha maktablar.
Bir tarafdan Turkiya, Misr, Eron, Xitoy kabi Sharq mamlakatlaridagi yangilanish to’lqini, ikkinchi tarafdan, Rossiya va Qavkazorti o’lka musulmonlarining ta’sirida Turkistonda Yangi davr nafasi shiddat bilan ufura boshladi. Mahalliy ishbilar-monlar Evropa bilan
savdo-sotiqni keng yo’lga qo’ydilar, yangicha tusdagi ishlab chiqarish korxonalari - paxta tozalash, yog’ zavodlari qurila boshlandi. Bank tizimi joriy etildi. 1884 yilda Bog’chasaroyda nashr etilayotgan «Tarjumon» gazetasiga Turkis-tondan 200 kishi obuna bo’ldi, o’sha yillarda Toshkentda Saidg’ani Saidazimboy, Sharif-xo’ja qozi,
Muhiddinxo’ja qozi kabi ilg’or fikrli kishilar mahalliy bolalar uchun yangicha (rus- tuzem atalmish) maktablar ochilishiga homiylik qildilar.
173
1901 yildan Qo’qon va Toshkentda, 1903 yildan Samarqanda G’aspirali Ismoil-bek ishlab chiqqan «usuli jadid» (yoki usuli savtiya, ya’ni savod chiqarishning tovush tizimi) asosidagi yangicha maktablar ish boshladilar. Mahmudxo’ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Siddiqiy Ajziy, Ashurali Zohidiy,
Do'stlaringiz bilan baham: |