R. M. Turgunbaev matematik analiz


Funksiyaning nuqtada monotonlik sharti



Download 1,58 Mb.
bet38/48
Sana13.06.2022
Hajmi1,58 Mb.
#661339
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   48
Bog'liq
R. M. Turgunbaev matematik analiz

3. Funksiyaning nuqtada monotonlik sharti.
Biz shu paytgacha funksiyaning o‘sishi va kamayishi tushunchalarini biror oraliqqa nisbatan kiritdik va o‘rgandik. Ba’zi hollarda bu tushunchalarni nuqtaga nisbatan qarash foydadan holi emas.
Faraz qilaylik f(x) funksiya (a,b) intervalda aniqlangan va x0(a;b) bo‘lsin.
Ta’rif. Agar x0 nuqtaning shunday (x0-δ; x0+δ) atrofi topilib, x0 bo‘lganda f(x)0) ( f(x)>f(x0) ), x>x0 bo‘lganda esa f(x)>f(x0) ( f(x)0) ) bo‘lsa, u holda f(x) funksiya x0 nuqtada o‘suvchi ( kamayuvchi ) deyiladi.
Endi x0 nuqtada monotonlikning yetarli shartini keltiramiz.
4-teorema. f(x) funksiya x0(a;b) nuqtada differensiallanuvchi bo‘lsin. Agar f(x0)>0 (f’(x0)<0) bo‘lsa, u holda f(x) funksiya shu nuqtada o‘suvchi (kamayuvchi) bo‘ladi.
Isboti. Shartga ko‘ra chekli f’(x0) mavjud va u noldan katta (kichik) bo‘lgani uchun ushbu
lim f ( x ) f ( x0 ) >0 (<0)
xx0 x x0
tengsizlik o‘rinli. Limitga ega bo‘lgan funksiyaning xossalaridan x0 nuqtaning shunday (x0-δ; x0+δ) atrofi topilib, bu atrofda
f ( x )f ( x0 ) > 0 (<0) x x0
tengsizlikning bajarilishi kelib chiqadi. Demak, x0 bo‘lganda f(x)0) (f(x)>f(x0)) tengsizlik, x>x0 bo‘lganda esa f(x)>f(x0) (f(x)0)) tengsizlik ham o‘rinli. Bu f(x) funksiyaning x0 nuqtada o‘suvchi (kamayuvchi) bo‘lishini ifodalaydi. Teorema isbot bo‘ldi.
Funksiya hosilasi nolga teng bo‘ladigan nuqtalarda funksiya o‘sishi ham, kamayishi ham mumkin. Masalan, y=x5 funksiya hosilasi x=0 nuqtada nolga teng, lekin funksiya shu nuqtada o‘suvchi; y=-x5 funksiya hosilasi ham x=0 nuqtada nolga teng, lekin bu funksiya x=0 nuqtada kamayuvchi ekanligini ko‘rish qiyin emas.
Endi biror x0 nuqtada o‘suvchi bo‘lgan funksiyaning shu nuqtaning atrofida o‘suvchi bo‘lishi shart emasligini ko‘rsatuvchi misol keltiramiz.
x + x2 sin 2 , agar x ≠ 0,
Ushbu f ( x ) = x funksiya berilgan bo‘lsin. Bu funksiya
0, agar x = 0
barcha nuqtalarda hosilaga ega. Haqiqatan ham, x0 lar uchun
f'( x ) =1+ 2xsin 2 2cos 2 , x=0 uchun esa x x
f’(0)=lim x + x2 sin 2x = lim(1+ x 2 )=1>0 bo‘ladi. sin
x→0 x x→0 x
Demak, 4-teoremaga asosan berilgan funksiya x=0 nuqtada o‘suvchi bo‘ladi.
Endi quyidagi
xn = 1n , x'n =π+22πn , n=±1, ±2, ±3, ... π
nuqtalarda hosilaning qiymatlarini hisoblaymiz: f'  1  =1+ 2sinπn −2cosn = −1,

πn  πn


f' 2 =1+ 4 sin(π+ 2πn )−2cos(π+ 2πn ) =1−2( −1) = 3

π+ 2πn  π+ 2πn


Demak berilgan funksiyaning hosilasi δ>0 soni qanday bo‘lmasin n ning yetarlicha katta qiymatlarida (-δ; δ) atrofida ham musbat, ham manfiy qiymatlarni qabul qiladi. Bundan f(x) funksiyaning o‘zi x=0 nuqtada o‘suvchi bo‘lgani bilan bu nuqtaning ∀(-δ; δ) atrofida hosilaga ega, lekin shu atrofda monoton emasligi kelib chiqadi.
x + x2 sin 2 , agar x 0,
Yuqorida biz f(x)=x funksiya hosilasi
0, agar x = 0
1+ 2xsin 2 2cos 2 , agar x 0,
f’(x)= x x ekanligini ko‘rdik.
1, agar x = 0
Shu hosilani uzluksizlikka tekshiraylik. Agar x0 bo‘lsa, f’(x) funksiyaning uzluksizligi ravshan. Agar x=0 bo‘lsa, u holda lim f’(x) mavjud emas, demak hosila
x→0 x=0 nuqtada uzilishga ega.
O‘quvchilarga quyidagi teoremani isbotlashni taklif qilamiz:
Teorema. Agar x0 nuqtada f(x) funksiya hosilasi mavjud, uzluksiz va f’(x0)>0 bo‘lsa, u holda x0 nuqtaning shunday (x0-δ;x0+δ) atrofi mavjud bo‘lib, bunda f(x) funksiya o‘suvchi bo‘ladi.
Savollar

  1. Kesmada uzluksiz funksiyaning doimiylik shartini ayting. Uning fizik ma’nosi nimadan iborat?

  2. Funksiyaning kesmada qat’iy o‘suvchi bo‘lishi shartini ayting.

  3. Funksiyaning kesmada qat’iy kamayuvchi bo‘lishi shartini ayting.

  4. [a;b] kesmada qat’iy monoton funksiya hosilasi shu kesmaning chekli sondagi nuqtalarida nolga teng bo‘lishi mumkinmi?

Misollar

  1. Ayniyatni isbotlang: arccos 1− x2 =  arcsin x, 0 ≤ x ≤1, − arcsin x, −1≤ x < 0.

  2. Ushbu a) y=x+cosx; b) y=x3+4x-7 funksiyalarning aniqlanish sohasida o‘suvchi ekanligini isbotlang.

  3. Quyidagi funksiyalarning monotonlik oraliqlarini toping:

a) y=2x3-15x2+36x-7; b) y=x2-lnx; c) y=x4-2x2+5.

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish