R. I. Ismailov, M. A. Eshmuhamedov polimerlarni qayta ishlash jarayoni


 Rezina aralashtirgichlarning asosiy detallari



Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/71
Sana12.08.2021
Hajmi6,54 Mb.
#145762
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   71
Bog'liq
polimerlarni qayta ishlash jarayoni (2)

3.4.3. Rezina aralashtirgichlarning asosiy detallari  
va uzellarining konstruksiyalari 
Fundamental plita zamonaviy rezina aralashtirgichlarda 
bir nechta alohida plitalardan yoki asoslardan iborat bo‘lib 


120
(aralash 
tirgich, reduktor va elektr yuritma uchun alohida), 
umumiy temirbeton yoki metall estakadaga o‘rnatiladi.
Alohida fundamental plita yoki asos aralashtirgich uchun 
SCH 15-52 markali cho‘yandan tayyorlanadi. Unga aralash-
tirish kamerasi o‘rnatiladi. Odatda, aralashtirgichning harakat 
mexanizmi yaxlit bitta plitada joylashadi yoki reduktor bilan 
elektr yuritma alohida plitalarga o‘rnatiladi; ko‘pincha reduk-
torning yoki blok-reduktorning korpusi shunchalik darajada 
qattiq va yaxlit bo‘ladiki, fundamental plitaga ehtiyoj ham 
qolmaydi. Ba’zi firmalar rezina aralashtirgichlarni vibroizo-
latsiyalovchi tayanchlarga o‘rnatishadi. Bunday holatda cho‘-
yandan quyilgan yoki payvandlangan ramadan yasalgan qattiq 
fundamental plita zarur bo‘ladi.
Rezina aralashtirgichning aralashtirish kamerasi to‘rtta 
qismdan – kameraning silindrik qismini hosil qiluvchi ikkita 
yarim korpus va korpusning ikkala bo‘lagini tores tomondan 
birlashtiruvchi ikkita yon devordan iborat (34-rasm).
Yarim korpuslar listsimon prokatlangan po‘latdan payvand-
lanib tayyorlanadi, yon devorlar po‘latdan quyib olinadi. Yon 
devorlar ikkita yarim bo‘lakdan (7 va 8) tashkil topgan bo‘lib, 
boltlar bilan mahkamlanadi. Yon devorlarga pod shipniklarning 
korpuslari o‘rnatilgan va rotorlarning bo‘yinlari aralashtirish 
kamerasining devoridan o‘tgan joyda zazorni zichlovchi mos-
lama mahkamlangan. Yon devorlar kamera 
ning korpusiga 
16 ta shpilka (har bir tomonga 8 tadan) bilan mahkamlangan. 
Shpilkalar M64 rezbasiga ega bo‘lib, 45 markali po‘latdan 
yasalgan. Kameraning ichki silindrik yuzasi ish vaqtida 
kuchli yedirilishga uchrashi sababli qattiq qotishmadan (HRC 
bo‘yicha qattiqligi 48–55) qalinligi 6 mm qilib yasaladi. 
Kameraning korpusi tashqaridan bikirlik qovurg‘asi (4) bilan 


121
34-rasm.  250–30 turdagi rezina aralashtirgichning aralashtirish 
kamerasi:  1 – kameraning devori; 2 – yumshatgichlarni uzatuvchi 
patrubok; 3 – kameraning silindrik qismi; 4 – bikirlik qovurg‘asi; 5 – 
rotor;  6 – pastki zatvorning tayanchlari; 7 – yon devorlarning pastki 
yarmi; 8 – yon devorlarning yuqorigi yarmi; 9 – yon yarim devorlarni 
birlashtiruvchi bolt; 10 – yon devorlarni kameraning korpusiga 
mahkamlovchi shpilkalar; 11 – termoparalar uchun teshik.
kuchaytirilgan, shuningdek, ular qo‘shimcha sovitish yuzasi 
ham hisoblanadi.
Kameraning korpusi va yon devorlarda yuklash hamda 
chiqarib olish oynalari mavjud. Yuqorigi yuklash oynasi ara-
lashtirish kamerasining korpusiga o‘rnatilgan yuklovchi quril-
ma bilan to‘silgan, pastki chiqarib olish oynasi esa sirpa nuvchi 
yoki ko‘tarma turdagi pastki zatvor bilan to‘silgan.
Kameraning korpusida yumshatkichlarni yuklash uchun 
patrubok (2) va termoparalarni o‘rnatish uchun teshik mavjud. 
Aralashtirish kamerasi tashqi tomonidan suv bilan sovitiladi.
«Verner-Pflyayderer» firmasi rezina aralashtirgichlarining 
aralashtirish kamerasi (35-rasm) gorizontal yo‘nalishdagi bo‘-


122
lak lardan tashkil topgan, bu rotorlarning uzellarini montaj va 
demontaj qilish uchun juda qulay.
Uning yedirilganda almashtiriladigan ichki qobig‘i bor. 
Kameraning yon devorlari yuqorida bayon qilingan konstruk-
siyalardan shunisi bilan farq qiladiki, unda faqat zichlovchi 
moslamalar o‘rnatilgan, rotorlarning podshipniklari esa ka-
me 
radan alohida joylashgan ustunlarga o‘rnatilgan, bu o‘z 

Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish