Rezina aralashtirgichlarning tuzilishi. Rezina aralashtir-
gichga yuklanadigan material aralashtirish kamerasiga uning
yuqori yarmida joylashgan va yuqorigi zatvor yuki bian yopilib
turadigan oyna orqali uzatiladi. Havo silindri ta‘siridagi yuk
porshen va shtok orqali ishlanayotgan aralashmani 0,6–0,8
MPa bosim bilan bosadi. Materialni yuklash paytida hosil
bo‘la digan changni yo‘qotish uchun yuklovchi voronkaning
usti da zond o‘rnatilgan, u tortuvchi ventilatsiya tizimiga ulan-
gan (33-rasm).
Aralashtirish kamerasining ichida ikkita rotor mavjud, ular
gorizontal tekislikda joylashgan va bir-biriga qarab aylanadi.
Rotorlar vintsimon shaklga ega bo‘lganligi sababli aralashmani
ishlash va aralashtirish juda samarali kechadi, aralashma uz-
luksiz tarzda siljish va kesish kuchlari ta’siriga uchraydi.
Rotorlarning ichi bo‘sh bo‘lib, sovituvchi suv yuradi. Rotorlar
aralashtirish kamerasining yon ariqchalarida joylashgan va
kameradan unga material va qurum tushmasligi uchun turli
konstruksiyadagi maxsus zichlovchi moslamalar bilan himoya-
langan podshipniklarda aylanadi.
117
33-rasm. Rezina aralashtirgichda materialga ishlov berish sxemasi:
a – oval va b – silindr shaklidagi rotorli aralashtirgich («Intermiks»
tipidagi): 1 – rotorlar; 2 – aralashtirish kamerasining devori; 3 –
yuqorigi zatvorning yuki; 4 – pastki zatvor; 5 – materialga ishlov
berish zonasi; 6, 7 – kameraning old va orqa yarmi.
Rezina aralashmasini rezina aralashtirgichda ishlash, aso-
san, ikki sxema bo‘yicha amalga oshiriladi: rotorlar va kamera
devori orasida (33-rasm, a) va rotorlar orasida (33-rasm, b).
Aralashtirish jarayonining intensivligi ishlanayotgan mate-
rialga yuqorigi zatvor tomonidan berilayotgan bosimga bog‘-
liq: bosim 0,1 dan 0,6 MPa gacha oshganda aralashmani
ishlash vaqti 10 daqiqadan 2 daqiqagacha, ya’ni 5 barobar
ka mayadi. Shu sababli zamonaviy rezina aralashtirgichlarda
yuqorigi zatvorning materialga beradigan bosimi 0,6–0,8
MPa gacha bo‘ladi. Rezina aralashtirgichda materialga ishlov
berish vaqti rotorning aylanish chastotasini oshirish orqali
ham kamaytirilishi mumkin, chunki bunda aralashmani defor-
matsiyalash chastotasi ortadi. Shu sababli yangi ishlab chiqa-
rilayotgan mashinalarda rotorlarning aylanish tezligi uzluksiz
oshib bormoqda. Ba’zi firmalar rotorlarining aylanish chastotasi
80 va hatto 100 ayl./daqiqa bo‘lgan rezina aralashtirgichlarni
a
b
118
ishlab chiqaradi. Biroq, rotorlarning aylanish chastotasi ortishi
bilan aralashmaning harorati oshadi va sovituvchi suv sarfi
ortadi.
Kauchukni ingrediyentlar bilan rezina aralashtirgichlarda
aralashtirish nazariyasi hozircha yetarlicha ishlab chiqilmagan,
shu sababli bu mashinalarni loyihalashda paydo bo‘ladigan
ko‘pchilik muammolar har bir xususiy holatga mos tajribalar
o‘t ka zish orqali hal qilinadi. Ma’lumki, agar aralaslima kame-
ra ning devorlariga va rotorlarning qirralariga yopishib qolmasa,
ya’ni material siljish deformatsiyasiga uchrasa aralashtirish
(ingrediyentlarni kauchukda disperslash) yaxshi kechadi. Bu
holat yumshoq kauchuklarni ishlashda muhim ahamiyatga ega,
bunda siljish kuchlanishi katta bo‘lmaydi, aralashma kamera
devori va rotor qirralari orasida yaxshi oqadi va ingrediyentlar
kauchukka yengil surkaladi. Bunday holatda yaxshi aralashishi
uchun yuqorigi zatvor aralashmaga katta bosim bilan bos-
masligi kerak.
Yuqori elastiklikka ega qattiq kauchuklarni ishlashda
boshqacha vaziyat kuzatiladi. Bunday kauchuk kameraning
devorlariga yopishib qolmaydi va kamera devori va rotor ora-
sidagi zazorda siljish deformatsiyasiga uchramasdan sirpanishi
mumkin, buning natijasida ishlanayotgan materiallar umuman
aralashmaydi yoki aralashtirish jarayoni juda yomon va sekin
kechadi. Shuning uchun ham yumshoq materiallarni aralash-
tirishni jadallashtirish uchun rotorlarning aylanish tezligi
oshi
riladi, qattiq materiallarni aralashtirishda esa yuqorigi
zatvorning bosimi oshiriladi va shu usul bilan aralashmaning
sirpanishi kamaytiriladi. Ikkala holatda ham ko‘p energiya
iste’mol qilinadi va ishlanayotgan aralashmaning harorati osha-
di, biroq rezina aralashtirgichning ish unumi ortadi.
119
Do'stlaringiz bilan baham: |