R. I. Ismailov, M. A. Eshmuhamedov polimerlarni qayta ishlash jarayoni


Tabiiy kauchukning fizik xossalari



Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/71
Sana12.08.2021
Hajmi6,54 Mb.
#145762
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   71
Bog'liq
polimerlarni qayta ishlash jarayoni (2)

Tabiiy kauchukning fizik xossalari
Xossalari
Birligi
Harorat
Zichligi
kg/m
3
913
Shishalanishi
°C
–71±1
Issiqlik o‘tkazuvchanligi
Vt/ (m K)
0,14
Yonish issiqligi
MJ/kg
45,2
Nisbiy issiqlik sig‘imi
ld/(kg K)
1,88
Vulkanlash. Tabiiy kauchuk uchun asosiy vulkanlash 
agenti oltingugurtdir (3 massa qismgacha). Tiuram, sulfenamid 
va tiazollar vulkanlanish jarayonini tezlashtirgich sifatida 
ishlatiladi (3, 4-jadval).
3-jadval
Tabiiy kauchuk asosida rezina aralashmasining standart tarkibi
Ingrediyentlar
Ulushi
Tabiiy kauchuk
100 massa qismida
Oltingugurt
3,0 massa qismida
Merkaptobenztiazol
0,7 massa qismida
Rux oksidi
5,0 massa qismida
Stearin
0,5 massa qismida


92
4-jadval
Ingrediyentlarni qo‘shish tartibi
Ingrediyentlar
Qo‘shish vaqti
Kauchuk
0
Stearin
8 daq.
Merkaptobenztiazol va rux oksidi
12 daq.
Oltingugurt
15 daq.
Vulkanlanish jarayoni 143°C haroratda 20 daqiqa davomida 
olib boriladi.
Qo‘llanilishi. Tabiiy kauchuk asosida olingan rezina yuqori 
elastikligi, sovuqbardoshligi, yuqori dinamik xossalari, ishqala-
nishga chidamliligi bilan ajralib turadi. Organik erituvchilarda 
oson bo‘kadi va eskirish jarayoni tez o‘tadi. Tabiiy kauchuk 
asosida yelimlar, ebonitlar, avtomobil shinalari, rezinotexnik, 
xo‘jalik, sport va gubkasimon mahsulotlar ishlab chiqariladi 
(24-rasm).
Izopren kauchuk. Bu kauchuk sintetik kauchuklar turkumiga 
kiradi. Tabiiy kauchukdan kauchuk bo‘lmagan moddalar 
miqdori kamligi, kam tartibli tuzilishga ega bo‘lganligi hamda 
polimer zanjirida funksional guruhlar yo‘qligi bilan farq 
qiladi. Bu kauchuk tarkibida azot saqlovchi moddalar yo‘qligi 
va zollik kam bo‘lganligi tufayli suvga chidamli va yuqori 
dielektrik xususiyatga ega.
Butadiyen kauchuk. Bu kauchuk divinildan natriy initsiatori 
qo‘shilib polimerizatsiya yo‘li bilan olinadi. Olinish usuli 
o‘zgartirilib, har xil tuzilishga ega bo‘lgan kauchuk olinadi:


93
Butadiyen kauchuklarning markalari: SKDL – litiyli ka-
talizatorlar ishtirokida eritmalarda olinadi. Yuqori sovuq bar-
doshlikka ega. SKB – stereoregular tuzilishga ega bo‘lgan 
kauchuk kompleks katalizator ishtirokida olinadi. SKD-1 – 
«titanli» (TiCl
4
 + AlCl
3
) katalitik tizimi ishtirokida olinadi 
va sis-1,4 strukturali zanjir miqdori 87–95% ni tashkil qiladi. 
SKD-2 – «kobalt» (CoCl
2
 + AlRCl
2
) katalitik tizimi ishtirokida 
olinadi va sis-1,4 strukturali zanjir miqdori 93–98% ni tashkil 
qiladi.
Fizik xossalari: butadiyen kauchuklarining zichligi 
900–920 kg/m
3
. Shishalanish harorati mikrostrukturaga bog‘liq 
va quyidagi oraliqda namoyon bo‘ladi: SKD uchun –95°C dan 
–110°C gacha, SKDL uchun –90°C dan –105°C gacha, SKB 
uchun –48°C dan –54°C gacha.
Butadiyen kauchuklari tarkibida sis-1,4 strukturali kau-
chuk miqdori 80% dan yuqori bo‘lganda past haroratlarda 
kristallanish xususiyatiga ega bo‘ladi. SKD kristallanish mak-
24-rasm. Yedirilishga mustahkam rezina mahsulotlari –  
sport tovarlari va avtomobil shinalari


94
simal tezlik harorati 60°C gacha bo‘lib, bunda maksimal kris-
tallanish darajasi 60% ga yetadi. SKD aso sidagi rezinalar 
kristallanish jarayonida qotadi. Kauchukning kristallanishi ka-
mayishi bilan SKDL asosidagi rezinalarning sovuqqa chidam-
liligi yuqori bo‘lib boradi.

Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish