R. I. Ismailov, M. A. Eshmuhamedov polimerlarni qayta ishlash jarayoni



Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/71
Sana12.08.2021
Hajmi6,54 Mb.
#145762
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   71
Bog'liq
polimerlarni qayta ishlash jarayoni (2)

3.3. REZINA QORISHMALARINI  
TAYYORLASH USULLARI
Hozirgi vaqtda rezina sanoatida rezina qorishmalarini 
tayyorlash uchun keng miqyosda yopiq holdagi rotorli to‘x tab 
ishlovchi rezina qorish mashinalari qo‘llaniladi. Bu ma shina-
larning ishlab chiqarish unumdorligi katta va yangi bosh-
qaruv tizimlari bilan ta’minlanganligi uchun sifatli rezina 
qorishmalarini tayyorlaydi. Mashinalarning ishlatilishi xavfli 
emas va atrof muhitning tozaligi yuqori darajada saqlanadi.
Yopiq tizimdagi oval shaklli rotorli rezina aralashtirgich 
rezina sanoatida eng ko‘p qo‘llaniladi. Ular qisqa vaqt ichi da 
rezina qorishmalarni sifatli tayyorlaydi. Kauchuk va ingre-
diyentlar mashinaning yuqori qismidagi eshik orqali kameraga 


99
tushadi va tayyor holdagi rezina qorishmasi pastki eshik orqali 
chiqariladi.
Kauchuk va ingrediyentlar kameraning ichida bir-biriga 
qarama-qarshi aylanuvchi rotorlar yordamida aralashtiriladi.
Yopiq tizimdagi rezina aralashtirgichli kamerada aralashma 
tayyorlash jarayonida 160°C gacha yuqori haroratga ko‘tarilib 
ketishi rezina qorishmalarining oldindan vulkanlanishiga olib 
keladi. Shuning uchun ham vulkanlovchi agentlari oxirida – 
rezina qorishmasi valsga tushganda qo‘shiladi yoki qo‘shilmasdan 
sovitishga yuboriladi. Yuqori qattiqlikdagi kauchuklarga faol 
to‘ldirgichlar qo‘shilgan rezina qorishmalarini tayyorlash 
bir necha bosqichda olib boriladi. Bunda birinchi bosqichda 
rezina qorishmasi tarkibidagi vulkanlash agentlaridan tashqari 
barcha kauchuk va ingrediyentlar qo‘shiladi va harorat 160°C 
gacha ko‘tarilishi mumkin. Bu holatda rezina qorishmasining 
xossalari o‘zgarmaydi. Ikkinchi bosqichda sovitilgan rezina 
qorishmasiga past rotorlarning tezligida qolgan vulkanlash 
28-rasm. Turli mavsumlar uchun yuqori sifatli poyafzallar  
tag qoplamalari.


100
agentlari qo‘shiladi. Natijada qorishmaning bir xil tarkibligi va 
sifati oshadi (28-rasm).
Bir bosqichli usul bilan qovushqoqligi kam bo‘lgan kau-
chuklar asosidagi kam faol to‘ldirgichlar bilan to‘ldirilgan re-
zi na qorishmalari tayyorlanadi, bunda mashinaning kamerasi 
hajmi 250 1itr va rotorlarning aylanish chastotasi 30 ayl./daq. 
dan oshmasligi kerak. Bu usul bilan mashinada rezina qorish
-
masini tayyorlash uchun kauchuk plastifikatsiya qilingan dan 
so‘ng ingrediyentlar ketma-ketlikda kiritiladi va eng oxirida 
listlash valesida oltingugurt qo‘shiladi yoki rezina qorishmasini 
tayyorlash vaqti tugashiga 30 soniya qolganda qo‘shiladi. Kam 
miqdordagi va qiyin aralashadigan ingrediyentlar (ikki va 
undan ortig‘i) bir-biri bilan aralashtirilib keyin qo‘shiladi.
Bir bosqichli rezina qorishmalarni tayyorlash usulida in-
grediyentlar (29-rasm) ketma-ket qorishma tarkibiga kiritili-
shini, harorat birxilligini ta’minlash va kamera yuqori qismi 
siqilishini nazorat qilish kerak. Rezina qorishmalarini tayyor-
lash va ingrediyentlarni kiritish tartibi laboratoriyada amaliy 
tekshiruv natijasida aniqlanadi va texnologik xaritasi tuziladi.
Наr bir rezina qorishmasi tarkibi uchun alohida texnologik 
xarita tuziladi, ammo hamma tarkiblar uchun bitta qoida umu-
miy saqlanishi kerak, ya’ni qorishmaga regenerat va eskirishga 
qarshi qo‘shiladigan ingrediyentlar qo‘shilsa u holda ularni 
birinchi navbatda kauchuk bilan aralashtirish va undan keyin 
dispergatorlar va boshqa ingrediyentlar qo‘shish kerak. Undan 
keyin qorishma tarkibiga faol to‘ldirgichlar qo‘shiladi. Qorishma 
tarkibi bir xii bo‘lishi uchun qovushqoqlik yuqori bo‘lishi 
kerak, shuning uchun ham yumshatkich va plastifikatorlar 
oxirgi bosqichda qorishma tarkibiga to‘ldirgichlar bilan birga 
qo‘shiladi. Qovushqoqlik yuqori bo‘lgan kauchuklarga plasti-


101

Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish