Qurilishda marketing tushunchasi va mohiyati


Qurilishda marketing axborotini yig‘ish usullari



Download 140,09 Kb.
bet24/34
Sana19.01.2023
Hajmi140,09 Kb.
#900531
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34
Bog'liq
Qurilishda marketing

5.3. Qurilishda marketing axborotini yig‘ish usullari
Bozorda vujudga kelayotgan o‘zgarishlarni o‘z vaqtida seza bilish, muayyaan davr mobaynida xaridorlarning hulq-atvorini, mijozlar hatti-harakatini, raqobatchilar taktikasini o‘rganish korxona va tashkilotlarning marketing faoliyatini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu xususda axborotni to‘liq olish, qayta ishlash va undan qaror qabul qilish bosqichida unumli foydalanish imkoniyatlari bir muncha cheklangan bo‘ladi. Chunki bozorda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarning jadalligi, o‘zaro bog‘liqligi va ta’sirchanligi yuqoridir.
Umumiy holda, qurilishda marketing axborotini yig‘ish usullarini quyidagicha aks ettirish mumkin: (5.3.1-chizma)

5.3.1-chizma. Qurilishda marketing axborotini yig‘ish usullari

Qurilish sohasida o‘rganilayotgan jarayon yoki ob’ekt xususida auditlik bilan axborot olish, uning imkoni boricha to‘laligini, ishonchliligini ta’minlash talab etadi, bunday tarzda axborot olish kuzatish usuli hisoblanadi.


Kuzatish usuli iqtisodiy, ijtimoiy sohalar statistikasida ko‘p qo‘llaniladigan axborot yig‘ish usullari sanaladi. Kuzatish o‘z navbatida bir qator turkumlash belgilariga ko‘ra farqlanadi. Kuzatish asosida o‘rganilayotgan ob’ekt yoki jarayonga xos bo‘lgan axborotni yig‘ish usullarini ommaviy yoki tanlov shakldagi kuzatish usullariga ajratiladi.
Ommaviy kuzatish usuli muayyan majmuaning barcha birliklarini tadqiq qilish asosida amalga oshiriladi. Bunday kuzatish usuli odatda ko‘p vaqt, mablag‘ talab qiladi va uning natijalari tarmoqlararo ehtiyojlarni qondirish uchun xizmat qiladi. Masalan, mijozlarni, tegishli hududdagi iste’molchilar talablarini va buyurtmachilar ro‘yxatlarini tuzish kabi ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi va bunga esa ko‘p vaqt hamda mablag‘ kerak bo‘ladi.
Tanlov kuzatish usuli marketing tadqiqotlarida ko‘proq qo‘llaniladigan usuldir. Axborotlarni yig‘ishdagi tanlama kuzatish usulida axborotlar tez fursatlarda shakllantiriladi va ushbu axborotlardan bozor xususida qaror qabul qilish jarayonida juda muhimdir. Tanlov kuzatish usuli bilan olinadigan axborot kompaniyaga tegishli majmuaning ko‘p qirraligini va xususiyatlarini atroflicha o‘rganish imkonini beradi. Natijada majmua xususidagi axborotni to‘liqroq tarzda qayta ishlash, undan unumli foydalanish mumkin bo‘ladi. Agar tanlov kuzatish usulida ro‘yxatga olinuvchilar miqdori nisbatan kam bo‘lganligi sababli, tadqiqot ob’ekt (yoki muloqotdagi auditoriya)ni tayyorlash, u bilan mustahkam aloqa va qayta aloqa o‘rnatish imkoni yuqori bo‘ladi, bu xususiyat esa kuzatishda “yanglishishlar” ehtimolini kamaytirishga sabab bo‘ladi.
Qurilishda marketing tadqiqotlarida axborotlarni yig‘ishning eksperiment usuli ham ko‘p qo‘llaniladi. Xususan, u tadqiqotda bir necha taqqoslanadigan holatlarni (guruharni) yaratishga va o‘zgaruvchi ko‘rsatkichlar ta’sirini aniqlashga asoslanadi. Misol uchun, qishloq aholisi uy-joy qurilishida hayvon yoki parranda boqish uchun ham shart-sharoitlarni talab etadilar, suv isitish tizimining arzon xarajatli tizimini hohlaydilar. Shuning uchun qurilish sohasida iste’molchilarning talablarini chuqur tahlil qilish va bunda eksperiment usulni qo‘llash o‘z afzalliklari asosida foyda beradi. Uy-joylarning maketlarini yaratish va qishloq aholisini ushbu maket asosida fikr-mulohazalarini o‘rganish hamda eksperiment asosida aholining ma’lum bir qismiga eksperiment uy-joyni qurish talab etiladi.
Axborotni yig‘ishning eksperiment usuli qimmatligi va uni tashkil etishning murakkabligi bilan o‘z afzallik xususiyatini pasaytiradi. SHu sababli eksperiment o‘tkazishning zaruriyatini aniqlash, uning yo‘nalishlari, uslublari va ketma-ketligini dastavval mukammal ishlab chiqish talab etiladi.
Marketing tadqiqotlarida axborotni yig‘ishning so‘roq usuli ko‘proq qo‘llaniladi. Jumladan, mijozlar va xaridorlarning qiziqishlari hamda ishtiyoqlaridagi o‘zgarishlar yo‘nalishlaridagi ehtiyojlari va talablari tadqiq etiladi. So‘roq usuli tadqiqotining yo‘nalishiga ko‘ra anketa yoki mexanik qurilmalar vositasida amalga oshiriladi. So‘roq usulining quyidagi samarali jihatlarga ega: qulay va arzon hamda tadqiqotda bir necha marotaba qo‘llash mumkin; barcha auditoriyaga mos keladi; tegishli ob’yekt to‘g‘risida axborotlarni umumlashtirish imkonini beradi. Shu bilan birga so‘roq usuli ham tadqiqot uchun tanlov hajmi va o‘tkazish tartibini dastavval aniqlashni taqozo etadi.
Qurilish marketingida so‘roq usulidagi anketa vositasida quyidagi yo‘nalishdagi muammolar bo‘yicha tadqiqotlarni tashkil etadilar:

  • xaridorlarning yangi tovarlarga nisbatan munosabatiga oid izlanishlar;

  • xaridorlarning muayyan tovar assortimenti turi bo‘yicha ta’minlanishi, ulardan foydalanish muddatlarini aniqlashga yo‘naltirilgan izlanishlar;

  • xaridorlarni muayyan tovarlarga bo‘lgan ehtiyoji va iste’mol qilish xususiyati, daromadlari va boshqa belgilarga ko‘ra segmentlarga ajratish bo‘yicha izlanishlar;

  • xaridorlarning shakllanayotgan talablarini o‘rganish, tovarlar sifatini yaxshilash, xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish xususidagi izlanishlar;

  • tovarlarni xarid qilish shakli, uslubi, manzili, sotuvdan keyingi xizmat muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan izlanishlar.

Anketa vositasida o‘tkaziladigan tadqiqotlarga muayyan firma mahsulotlarini sotuvchi tashkilot xodimlari, maxsus tanlab olingan ekspertlar, muayyan manzil aholisi jalb qilinadi. Anketa savollarini imkoni boricha qisqa, oddiy va umumiy ma’lum bo‘lgan so‘zlar bilan tuzishga harakat qilishi zarur. Hatto ayrim hollarda, mahalliy shevalarni ham inobatga olish, ikki ma’noli so‘zlarni ishlatmaslikka urinish kerak. Boshqacha qilib aytganda, savol tug‘diradigan savollarning anketada bo‘lmasligi, jumlalarning qisqa va mazmunli bo‘lishi ishtirokchi-iste’molchilarni ko‘p o‘ylantirmaslikni, charchamasligini ta’minlaydi.
Qurilishda marketing axborotini yig‘ish bilan birga undan foydalanish uchun qayta ishlash kerak bo‘ladi. Quyidagi paragrafda ushbu masala doirasida bilimlarni o‘zlashtiramiz va tajribalarni o‘rganamiz.

Download 140,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish