Qurilishda marketing tushunchasi va mohiyati


Qurilish materiallari sanoati



Download 140,09 Kb.
bet26/34
Sana19.01.2023
Hajmi140,09 Kb.
#900531
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34
Bog'liq
Qurilishda marketing

Qurilish materiallari sanoati- uy-joy qurilishi, sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalardagi qurilish sohalari uchun qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi sanoat va bu sanoat bir qancha tarmoqlarni oʻz ichiga oladi. Sement, asbest-sement shiferi, asbest-sement quvurlari, devor materialari (gʻisht), ohak, gips, deraza oynalari, yumshoq yopma materiallar, tabiiy toshlardan qoplama materiallar, bezak hamda pol uchun sopol (keramik) plitalar, isitgich radiatorlar va konvektorlar, chinni-fayans sanitariya-qurilish buyumlari, linoleum, yigʻma temir-beton konstruksiyalar va detallar, noruda qurilish materiallari (maydalangan, chaqilgan tosh, qum, shagʻal, qum-shagʻal aralashmasi) va boshqa qurilish materiallari sanoatining asosiy mahsulotlari hisoblanadi.2
Oʻzbekistonda tabiiy xom ashyolardan qurilish materiallari sifatida foydalanish tarixi uzoq oʻtmishga borib taqaladi. Ayniqsa, binolar qurilishida xom gʻisht, guvala, yogʻoch sinch, ganch, oddiy tuproq (loy)dan tiklanadigan paxsa asrlar davomida asosiy qurilish materiallari boʻlib kelgan. Humdonlarda pishirilgan gʻisht, sopol, chinni koshin, ganch, yoʻnilgan granit, marmar toshlar saroy, madrasa, masjid, rabotlar qurilishida keng qoʻllanilgan. XIX asrda esa mexanik chidamliligi yuqori boʻlgan, suvda qotadigan portlandsement kashf etilib, qurilishda beton va temir-beton ishlab chiqarish va ulardan arxitektura-qurilish ishlarida foydalaniish yoʻlga qoʻyildi. XIX asrning oxirlari XX asrning boshlarida qurilish hajmining keskin oshishi natijasida qurilish materiallari sanoati mahsulotlari turlari va ishlab chiqarish hajmlari yuqori surʼatlarda yuksaldi.


6.2. Qurilishda iste’molchilar xulq-atvorining mohiyati. Iste’molchilar xulq-atvorining turlari
Qurilish sohasidagi kompaniya rahbarlari korxonaning rivojlanish strategiyalarini shakllantirishda iste’molchi xulq-atvorini o‘rganishlari zarurdir. Ushbu masalaning eng muhim vazifasi korxona ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlarning birinchi navbatda yo‘naltiriladigan segmentlar (iste’molchilar guruhi)ni aniqlash hisoblanadi.
Qurilish mahsulotlarining iste’molchilar xulq-atvori - mahsulotlarni sotib olishda, qurilish ishlari va xizmatlariga buyurtmalar berishda hamda ulardan foydalanishda bevosita yo‘naltirilgan faoliyati hisoblanadi. Bu faoliyatga mahsulotlarni sotib olish, ishlarni va xizmatlarga buyurtmalar berish va ulardan foydalanishdan oldin hamda keyin yuzaga keluvchi qarorlarni qabul qilish jarayonlari ham kiradi.
Qurilish mahsulotlarining iste’molchilarining xulq-atvorini o‘rganishda marketing tadqiqotlari olib boriladi va bunda iste’molchilarga ta’sir etish usullari ishlab chiqiladi.
Qurilishda iste’molchilar hulq-atvorining mohiyati qurilish mahsulotlari, qurilish ishlari va xizmatlariga qo‘yiladigan talablar asosida namoyon bo‘ladi. Har qanday iste’molchi mahsulotning sifati narxiga nisbatan yuqori bo‘lishiga e’tibor qaratsa, ishlab chiqaruvchi esa sifatiga e’tibor qaratish bilan birga yuqori narxlarda mahsulot sotishga intiladi. Chunki mahsulotning sotish hajmi korxonani foydasi ko‘zlagan holda amalga oshiriladi. Biroq mahsulotning sotilishi ko‘proq iste’molchiga bog‘liqdir. Shuning uchun iste’molchining hulq-atvori bozorda katta rol o‘ynaydi.
Iste’molchining hulq-atvorini tadqiq etishda quyidagi to‘rtta mezonga tayanish zarur:
Birinchi mezon - bozorda iste’molchi-xo‘jayin va doimo haqlidir.
Ikkinchi mezon - biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun iste’molchi motivatsiyasini to‘liq tushunib olish lozim.
Uchinchi mezon - iste’molchining xulq-atvoriga shunday ta’sir kuchlarini shakllantirish lozimki, ular korxona mahsulotini brend mahsulot deb bilsin hamda mahsulotlar assortimentlaridan biri juda ham zaruriy deb hisobga olishi kerak.
To‘rtinchi mezon - iste’molchilarning haq-huquqlarini to‘liq o‘rganish va ularni buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak hamda savdo jarayonida o‘zaro aloqa o‘rnatishdagi madaniyatga qat’iy rioya qilish kerak.

Download 140,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish