Qurilishda marketing tushunchasi va mohiyati.
Qurilishda marketing tushunchasi va mohiyatini yoritishda, avval, umumiy marketing tushunchasini yoritish maqsadga muvofiqdir. Marketing faoliyatini tadqiq etgan juda ko‘p olimlar marketing tushunchasi o‘z murakkablikka egaligini va unga falsafiy, iqtisodiy, boshqaruv va yuridik jihatlarini yoritish asosida mohiyatini asoslab berish maqsadga muvofiqligini ta’kidlab o‘tadilar.
Falsafiy yondashuv asosida marketingni ta’riflasak, marketing bu fikrlash tarzini mujassamlashtiradi, ehtiyoj va muhtojlikni ayriboshlash orqali qondirishga qaratilgan inson faoliyatining bir turidir. Marketing faoliyati inson faoliyat turlaridan biri bo‘lib shakllanishining asosiy sabablaridan biri, bu xo‘jalik sub’ektlararo yoxud tashqi bozorlarda mamlakatlararo raqobat muhitining shakllanishi, yangi tarmoqlarning shakllanishi, ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi va biznes muhitida mahsulotni sotish muammolarini shakllanishidir.
Xo‘jalik sub’yektlari marketing faoliyatidan foydalanishda bozorning quyidagi yo‘nalishlarini tadqiq etadi:
bozor ishtirokchilarini tadqiq etish;
iste’molchilar ehtiyojlarini tadqiq etish;
talab va taklif muvozanatini tadqiq etish;
raqobat muhitini tadqiq qilish;
sotish shakli va uslublarini tahlil etish.
Ushbu yo‘nalishlarda marketing quyidagilarni o‘rgatadi:
bozorni o‘rganishni, tovarlarni joylashtirishni va uni taqsimlashni;
marketing siyosatini, ya’ni tovar, narx, taqsimot va kommunikatsiya siyosatlarini samarali olib borishni;
rivojlanishga qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatishni, ular jumlasiga sotishdan keyingi xizmat (kafolat, texnik yordam, yetkazib berish)lar.
Qurilishda marketing qurilish sohasidagi korxonalarning bozorda ishlash uslubi bo‘lib, iste’molchilar va ularning ehtiyoj va talablarini o‘rganish, ularning ehtiyoj va talablariga mos tovar(xizmat)lar yaratish, narx belgilash, tovarlarni yetkazib berish, taqdim etish, sotish, xizmat ko‘rsatishni uyushtirish usullari va tartib-qoidalar majmui hisoblanadi.
Qurilish sohasidagi tadbirkorlik faoliyati barcha sohalar samarali faoliyat ko‘rsatishida asosiy vosita marketing faoliyati hisoblanadi hamda tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimida, uni tashkil etishda, rejalashtirish va nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. «Ay-si-ay» kontsyerni boshqaruvi raisi Djon Harvi Djons tadbirkorlikda marketingni o‘rnini tavisflab shunday deydi, ya’ni «Marketing tadbirkorlikning tayanch omilidir. Bu nafaqat yoqilgʻi, balki kema komandasidir».1
Do'stlaringiz bilan baham: |