Qurilish mexanikasiga kirish



Download 206,67 Kb.
bet1/8
Sana28.10.2022
Hajmi206,67 Kb.
#857383
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-ma\'ruza


7-Mavzu
MAVZU: “Qurilish mexanikasiga kirish”.
Reja:
1. Qurilish mexanikasi fanining mohiyati va usullari. Qurilish mexanikasi fanining qisqacha rivojlanish tarixi va boshqa fanlar bilan uzviy bogʼliqligi.
2. Inshootlar hisoblash sxemalarini tanlash va ularning turlari.
3. Inshootlar hisoblash sxemalarining kinematik analizi


7.1. Qurilish mexanikasi fanining mohiyati, maqsadi va uning vazifalari.

Qurilish mexanikasi muhandislik fanlarining asosi bo‘lib, u quruvchi muhandislarga inshoot va uning elementlarini tejamli, mustahkam, chidamli va muqobil shakllarini topib loyihalash va chizishni o‘rgatadigan fandir.


Demak, qurilish mexanikasi inshootlar va konstruksiyalarning mustahkamligi, bikrligi va ustuvorligini hisoblash usullari to‘g‘risi-dagi fandir.
Yangi loyihalanayotgan inshootlarni mustahkamlikka hisoblashdan maqsad, ularni tashqi kuchlarga chidamli bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir.
Inshootlarning tashqi yuklar ta’siridan hosil bo‘ladigan katta ko‘chishlarining oldini olish va har xil tebranishlar ta’siriga chidamliligini oshirish hamda ulardan mo‘‘tadil foydalanishini ta’minlash maqsadida bikrlikka hisoblanadi.
Ustuvorlikka hisoblash deganda, inshootlarni tashqi yuklar ta’sirida deformatsiyalangandan keyingi muvozanat holatini saqlash tushuniladi.
Inshootlarni tashqi yuklarga hisoblashda qurilish mexanikasi fani matematika, fizika, nazariy mexanika, materiallar qarshiligi va elastiklik nazariyasi fanlariga tayangan holda ish qo‘radi. Qurilish mexanikasini puxta o‘zlashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan talaba yuqoridagi fanlarni chuqur o‘zlashtirishi lozim.
Qurilish mexanikasi fani inshootga ta’sir etuvchi yuklarning xarakteriga qarab ikkiga bo‘linadi: inshootlar statikasi va inshootlar dinamikasi.
Inshootlar statikasida inshootga ta’sir qiluvchi kuchlar asta-sekinlik bilan, ya’ni statik qo‘yilgan deb qaraladi. Inshootlar dinamikasida esa tashqi yuklarni dinamik kuch deb qarab (qiymati va yo‘nalishi o‘zgarib turuvchi kuch), vaqtga bog‘lab o‘rganiladi.
Inshootlar va ularning konstruksiyalarini hisoblashda har qanday muhandis ikkita omilni: inshootga ta’sir qiluvchi tashqi kuchlarni va uning ta’siridan inshoot va uning elementlarida hosil bo‘ladigan ichki zo‘riqishlarni aniqlashni bilishi muhim rol o‘ynaydi.
Inshootga tashqaridan ta’sir qiluvchi kuchlar (tashqi yuklar)ga quyidagilar kiradi: i n sh o o t n i n g o‘ z o g‘ i r l i g i, a s b o b - u s k u n a l a r v a o d a m l a r n i n g o g‘ i r l i k l a r i, a t m o s f e r a k u ch l a r i n i n g t a ‘ s i r i va boshqalar.
Ichki zo‘riqish kuchlari bizga materiallar qarshiligi fanidan ma’lum bo‘lib, ular uch turga bo‘linadi. Inshootning egilishga qarshilik ko‘rsatuvchi ichki zo‘riqish kuchini e g u v ch i m o m e n t (MX), kesilishiga qarshilik ko‘rsatuvchi ichki zo‘riqish kuchini k e s u v ch i yo k i k o‘ n d a l a n g k u ch (QX), cho‘zilish va siqilishga qarshilik ko‘rsatuvchi ichki zo‘riqish kuchlarini esa b o‘ y l a m a k u ch l a r (NX) deb belgilaymiz. Xalqaro SI o‘lchovlar sistemasida eguvchi momentning birligi kN×m da, ko‘ndalang va bo‘ylama kuchlarning birligi esa kN larda o‘lchanadi.
Demak, qurilish mexanikasining asosiy vazifalaridan biri – inshootlarda tashqi yuklardan hosil bo‘ladigan ichki zo‘riqish kuchlari(MX, QX, NX)ni aniqlashdan iboratdir. Inshoot va uning elementlarida tashqi yuklar ta’siridan hosil bo‘ladigan salqilik, ko‘chish, chekli kuch miqdorini aniqlash, tebranish amplitudalari va vaqtini aniqlash kabi masalalar ham qurilish mexanikasining vazifalariga kiradi.



Download 206,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish