7.2.1. Inshootlar klassifikatsiyasi.
Inshoot elementlarining o‘zaro bog‘lanishiga ko‘ra quyidagicha bo‘ladi:
sharnirli bog‘lanishli inshootlar.
bikr bog‘lanishli inshootlar.
kombinatsiyali bog‘lanishli inshootlar.
S harnirli bog‘lanishli inshootlarga f e r m a l a r misol bo‘lsa (2.3-rasm, d), bikr bog‘lanishli inshootlarga r a m a l a r kiradi (2.3-rasm, v). Ham sharnirli, ham bikr bog‘lanishli birikmalardan tashkil topgan inshootlar k o m b i n a s i ya l i bog‘lanishli inshootlar deyiladi. Bunday inshootlarga balka va shprengeldan tashkil topgan sh p r e n g e l l i b a l k a misol bo‘ladi (2.7-rasm).
IV. Inshoot elementlarining joylashishiga ko‘ra yassi va fazoviy sistemalarga bo‘linadi.
I nshoot va unga qo‘yiladigan yuklar bir tekislikda bo‘lsa, bunday inshootlar yassi
s i s t e m a l a r deyiladi (2.3-rasm, b, v, g, d va e). Agar inshoot elementlari turli tekisliklarda joylashgan bo‘lsa, u f a z o v i y s i s t e m a deyiladi (2.8-rasm).
Inshootlar tayanch reaksiyalarining yo‘nalishiga ko‘ra havonli va havonsiz sistemalarga bo‘linadi. Vertikal yuklar ta’sirida bo‘lgan inshootlarning tayanchlarida vertikal va gorizontal yo‘nalishlarda reaksiyalar hosil bo‘lsa, u h a v o n l i s i s t e m a deyiladi. Masalan 2.3-rasm, g dagi arka havonli sistemaga kiradi. Agarda vertikal yuklar ta’sirida bo‘lgan inshootlarning tayanchlarida fakat vertikal yo‘nalishlarda reaksiyalar hosil bo‘lib, gorizontal yo‘nalishlarda reaksiyalar hosil bulmasa, unga h a v o n s i z s i s t e m a deyiladi. Masalan 2.3-rasm, b dagi balka, 2.3-rasm, d dagi ferma va 2.3-rasm, e dagi ko‘p oralikli balka, havonsiz sistemalarga kiradi.
7.2.2. Tayanchlar va ularning turlari.
Inshootlarni poydevor yoki zamin bilan biriktiruvchi va ularning ko‘chishini cheklovchi qurilmalar tayanchlar deb ataladi.
Inshoot tayanchlar asosan quyidagi turlarga bo‘linadi:
1 . Sharnirli qo‘zg‘aluvchan tayanch. Bu tayanchning konstruksiyasi 2.9-rasm, a da tasvirlangan. Uning sodda tasviri yoki hisoblash sxemai 2.9-rasm, b da ko‘rsatilgan. Bunday tayanchga biriktirilgan inshoot A sharnir atrofida aylanadi va gorizontal ko‘chishi mumkin. U faqat inshootning vertikal ko‘chishiga qarshilik ko‘rsatadi. Demak ushbu tayanch inshootni bitta erkinlik darajasini cheklaydi. Shu sababli bu tayanchda inshootning faqat vertikal ko‘chishiga 2.9-rasm
qarshilik ko‘rsatadigan vertikal yo‘nalish bo‘yicha reaksiya kuchi RA hosil bo‘ladi (2.9-rasm, b).
2 . Sharnirli qo‘zg‘almas tayanch. 2.10-rasm, a da bu tayanchning konstruk-siyasi va 2.10-rasm, b da uning hisoblash sxemai ko‘rsatilgan. Bunday tayanchda inshoot A sharnir atrofida aylana oladi, biroq vertikal va gorizontal ko‘chishlari cheklangandir.
Natijada tayanchda vertikal tayanch reaksiyasi RA va gorizontal tayanch reaksiyasi HA vujudga keladi. Demak, ushbu tayanch inshootni ikkita erkinlik darajasini cheklaydi. 2.10-rasm
3 . Qistirib mahkamlangan yoki bikr tayanch (2.11-rasm, a). Bunday tayanchga inshoot qistirib mahkamlangan bo‘ladi. Bu tayanch inshootning buralishiga, vertikal va gorizontal ko‘chishiga qarshilik ko‘rsatganligi sababli, unda vertikal reaksiya kuchi RA, gorizontal reaksiya kuchi HA va reaktiv moment MA lar hosil bo‘ladi (2.11-rasm, b). Demak ushbu tayanch inshootni uchta erkinlik darajasini cheklaydi. 2.11-rasm
4. Qistirib mahkamlangan qo‘zg‘aluvchan tayanch. Inshootda tashqi yuklar va temperatura ta’siridan bo‘ylama zo‘riqishlar hosil bo‘lmasligini ta’minlash uchun tayanchlardan biri qo‘zg‘aluvchan qilib tayyorlanadi. 2.12-rasm, a da bunday tayanchning konstruksiyasi, 2.12-rasm, b da uning hisoblash sxemai ko‘rsatilgan. Bunday tayanchlar inshootning vertikal va burchakli ko‘chishini cheklaganligi sababli, ularda vertikal reaksiya kuchi RA va reaktiv moment MA vujudga keladi.
D emak ushbu tayanch inshootni ikkita erkinlik darajasini cheklaydi.
2.12-rasm
Yuqorida qaralgan tayanchlarning ichida eng mustahkami bikr tayanch hisoblanadi. Chunki, ushbu tayanch inshootni uchta erkinlik darajasini cheklab, uchta ko‘chishini cheklaydi. Shu sababli qurilish amaliyotida asosan qistirib mahkamlangan yoki bikr tayanchlar qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |