7.3.3. Inshootlar hisoblash sxemalari tuzilishining tahlili.
Inshootlarning tuzilishini tahlil qilish uchun disklardan eng oddiy geometrik o‘zgarmas sistemalar tashkil qilish shartlarini bilishga to‘g‘ri keladi. Ular quyidagilardan iborat:
1. Geometrik o‘zgarmas sistemaga bir to‘g‘ri chiziqda yotmagan ikkita sterjen bir sharnir orqali o‘zaro tutashtirilsa, bu sistemaning erkinlik darajasi o‘zgarmaydi (3.5-rasm, a), ya’ni geometrik o‘zgarmas sistema hosil bo‘ladi.
2. Uchta diskni o‘zaro bir to‘g‘ri chiziqda yotmagan uchta sharnir yordamida tutashtirib, geometrik o‘zgarmas sistema hosil qilish mumkin (3.5-rasm, b).
3 . Ikkita diskni o‘zaro geometrik o‘zgarmas qilib, bitta sharnir va bir sterjen yordami-da tutashtirish mumkin. Bu erda sterjen sharnir markazidan o‘tmasligi lozim (3.5-rasm, v).
4. Ikkita diskni o‘zaro geometrik o‘zgarmas qilib, bir nuqtada kesishmaydigan va bir-biriga parallel bo‘lmagan uchta sterjen yordamida tutashtirish mumkin (3.5-rasm, g).
Bu shartlarni tahlil qilib qarasak, ularning asosini uchburchak tashkil qilishini ko‘ramiz. Demak, eng oddiy geometrik o‘zgarmas sistema uchburchak hisoblanadi.
Agarda inshoot elementlari yuqoridagi shartlar asosida biriktirilgan bo‘lsa, u geometrik o‘zgarmas bo‘ladi. Har bir qaralayotgan inshootni hisoblash sxemai geometrik o‘zgarmas sistema ekanligiga ishonch hosil qilish uchun W 0 zaruriy shartning bajarilishidan tashqari, sistema elementlarining bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanishini yuqoridagi qayd qilingan shartlarga asosan tahlil qilish lozim.
Nazorat uchun savollar
1. Qurilish mexanikasi fani nimani o‘rganadi?
2. Inshootlarni mustahkamlikka hisoblashdan maqsad nima?
3. Inshootlarni bikrlikka hisoblashdan maqsad nima?
4. Inshootlarni ustuvorlikka hisoblashdan maqsad nima?
5. Inshootlar statikasi va inshootlar dinamikasi deganda nimani tushunasiz?
6. Qanday tashqi yuklarni va ichki zo‘riqish kuchlarini bilasiz?
7. Qurilish mexanikasining fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
8. Inshootlarning hisoblash sxemai deb nimaga aytiladi?
9. Inshootlarning hisoblash sxemai qanday turlarga bo‘linadi?
10. Inshootlar kinematik belgisiga ko‘ra qanday inshootlarga bo‘linadi?
11. Inshoot elementlarining joylashishiga ko‘ra qanday inshootlarga bo‘linadi?
12. Inshoot tayanchi deb nimaga aytiladi?
13. Inshoot tayanchlarining turlarini ayting?
14. Sharnirli qo‘zg‘almas tayanch inshootni nechta erkinlik darajasini cheklaydi?
15. Bikr tayanch inshootni nechta erkinlik darajasini cheklaydi?
16. Inshootlarni hisoblash sxemaining kinematik tahlili deb nimaga aytiladi?
17. Inshootlarni erkinlik darajasi deb nimaga aytiladi?
18. Oddiy va karrali sharnir deb nimaga aytiladi?
19. Inshootlarning erkinlik darajasi qaysi formula bilan aniqlanadi?
20. Geometrik o‘zgarmas inshoot deb, kanday inshootga aytiladi?
21. Geometrik o‘zgaruvchan inshoot deb, kanday inshootga aytiladi?
22. Geometrik o‘zgarmas inshootlar xosil kilish shartlarini ayting?
Do'stlaringiz bilan baham: |