Qurilish mexanikasiga kirish


Qurilish mexanikasi fanining masalalari



Download 206,67 Kb.
bet2/8
Sana28.10.2022
Hajmi206,67 Kb.
#857383
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-ma\'ruza

7.1.2. Qurilish mexanikasi fanining masalalari.
Keng ma’noda qurilish mexanikasi quyidagi fanlarni o‘z ichiga oladi: nazariy mexanika, materiallar qarshiligi, elastiklik nazariyasi, plastiklik nazariyasi, polzuchest (sirg‘alish) nazariyasi. Tor ma’noda qurilish mexanikasi, sterjenli sistemalarning qurilish mexanikasi, plastina va qobiqlar qurilish mexanikasi kabi fanlarni o‘z ichiga oladi.
Materiallar qarshiligi asosan inshoot qismlari yoki elementlari-ning taqribiy hisoblari bilan shug‘ullanadi. Qurilish mexanikasi (tor ma’noda) materiallar qarshiligidan farqli ravishda inshootlarning (qismlar va elementlar majmuasi) taqribiy hisoblari bilan shug‘ullanadi. Elastiklik nazariyasida esa yuqoridagidan farqli o‘laroq, masalalar qat’iy va aniq echilishi talab etiladi. SHuning uchun bu erda ancha murakkab matematik apparatdan foydalanishga to‘g‘ri keladi. SHuni e’tiborga olish lozimki, bu fanlar orasida aniq chegara o‘tkazish qiyin.
Plastiklik nazariyasi plastik hamda elastigu plastik jismlar deformatsiyasi va kuchlanishlari orasidagi munosabatlarni o‘rganishga bag‘ishlanadi.
Polzuchest (sirg‘alish) nazariyasi jismlarning vaqt o‘tishi bilan deformatsiyalanishi yoki o‘zgarmas deformatsiya holatida vaqtga bog‘liq holda kuchlanishning o‘zgarishi muammolarini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Hozirgi vaqtda qurilish mexanikasining yangi zamonaviy yo‘nalishi shakllandi – bu ch e k l i e l e m e n t l a r n a z a r i ya s i deb ataladi. Bu nazariyadan foydalanib, qurilish mexanikasining barcha masalalari shaxsiy EHM yordamida echilishi mumkin.
Bundan tashqari, qurilish mexanikasi tajribalarga asoslanib rivojlanuvchi nazariy fandir. Nazariyaga asoslanib erishilgan har bir natija tajribada tasdiqlanmaguncha amaliyotga qo‘llanilmaydi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, qurilish mexanikasining barcha masalalari ikkiga bo‘linadi, ya’ni: statik masalalarda vaqt hisobga olinmagan holda o‘rganilsa, dinamik masalalarda vaqt va inshootlarda hosil bo‘ladigan vaqtning hosilasi sifatida qaraladigan inersiya kuchlari hisobga olib qaraladi.
Statik va dinamik masalalar, o‘z navbatida, bir o‘lchamli, yassi va fazoviy masalalarga bo‘linadi. Bir o‘lchamli masalalarda noma’lum faktor bitta koordinata o‘qining funksiyasi orqali qaralsa, yassi masalalarda ikkita koordinata o‘qining funksiyasi, fazoviy masalalarda esa uchta koordinata o‘qining funksiyasi deb qaraladi. Fazoviy masalalarni yassi elementlarga ajratish orqali, hisoblash ancha osonlashtiriladi.
Qurilish mexanikasi masalalari chiziqli va chiziqsiz masalalarga ham ajratiladi. Chiziqsiz masalalar o‘z navbatida geometrik va fizik chiziqsiz masalalarga bo‘linadi. Geometrik chiziqsiz masalalar qurilish konstruksiyalarining elementlarini katta ko‘chishlarida va deformatsiyalanishida hosil bo‘lib, amaliyotda juda kam uchraydi. Fizik chiziqsiz masalalar konstruksiya elementi materialining ishlashi davomida kuchlanish va deformatsiyani proporsionallik chegarasining buzilishi oqibatida sodir bo‘ladi. Bunday xususiyatga deyarli barcha konstruksiyalar ega bo‘ladi. Ko‘pincha fizik chiziqsiz masalalarda katta kuchlanishlar sodir bo‘lmasa ularni chiziqli masala deb qarash mumkin.



Download 206,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish