Qurilish materiallari va konstruksiyalari


Joriy nazorat uchun nazorat savollar



Download 7,74 Mb.
bet23/27
Sana13.06.2022
Hajmi7,74 Mb.
#664110
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot uchun UQ

Joriy nazorat uchun nazorat savollar:

  1. Devorlar qaysi belgilariga qarab klassifikatsiyalanadi?

  2. G’isht-tosh konstrukiyali devorlarning qanday turlari mavjud?

  3. Ishlash xarakteriga qarab devorlar qanday turlarga ajratiladi?



Darsni o’tishda qo’llaniladigan pedagogik texnologiya turi:
- Aqliy hujum


Darsni o’tishda qo’llaniladigan texnik vosita turi:

  • Ko’rgazmali qurol

  • Proektor

  • Slayd

  • Tarqatma material

12-mavzu (2 soat).
BALKON, LODJIA, ERKER VA AYVON KONSTRUKSIYALARI.


Reja:

  1. Devorlarning arxitekturaviy-konstruktiv elementlari.

  2. Balkon, erker va lodjia konstrukiyalari.



Tayanch suzlar: sokol, karniz, fronton, nisha, obrez, pilyastr, yarimustun, kontrfors, teshik (gnezdo), ulama (peremichka), balkon, erker, lodjia.

Devor yuzasi tik va bo’ylama yo’nalishlarda bo’laklarga bo’linadi va devor yuzasida loyihalangan turli xil ko’rinishdagi bo’laklari devorning arxitekturaviy-konstruktiv konstruktiv elementlari deb yuritiladi.


Devorlarning asosiy arxitekturaviy- konstruktiv elementlari bu sokol, karniz, fronton, nisha, obrez, pilyastr, yarimustun, kontrfors, teshik (gnezdo), ulama (peremichka), balkon, erker va lodjialardir.
Sokol- deb to’g’ridan to’g’ri poydevor ustida joylashgan devorning pastki qismiga aytiladi.
Devorlarning bo’ylama yo’nalishda devordan chiqqan tarzda ishlangan, devor konstruksiyasini yuqoridan tashqi tasirlardan saqlovchi hamda devorlarga zeb beruvchi qismi karniz deb ataladi. Devorlarning yuqorigi qismida joylashgan bo’ylama yo’nalishdagi chiqiq bosh (venchayushey) karniz deb ataladi. Bosh karnizdan devor bir oz yuqoriroq ishlansa devorning bu qismini parapet deb ataladi.
Ikki nishabli tom chordog’ida hosil bo’ladigan uch burchak maydonni yopish uchun mo’ljallangan karnizli konstruksiya fronton deb ataladi.
Devorlarda loyihalanadigan yopiq ko’rinishli ichkariga olinib, shkaflar, issiqlik batareyalari va boshqalarni joylashtirish uchun mo’ljallangan qismlar nisha deb ataladi.
Tik yo’nalishda devorlarning turli qalinliklarga bo’linish joylari obrez deb ataladi.
Devorlarni alohida qismlarida kuchlantirish uchun qo’llanilgan to’g’ri burchakli elementlari pilyastr deb, xuddi shu maqsadda yarim yumaloq shaklda ishlangan elementlari esa yarim ustunlar deb ataladi.
Devorlarni bo’ylama yo’nalishdagi kuchlarga nisbatan mustahkamligini oshirish uchun qo’llanilgan, yuqoridan pastga qarab kengaytirilgan holatda ishlangan konstruksiyasi kontrfors deb ataladi.
Devorlarda muhandislik elementlarini o’tkazish va joylashtirish uchun teshik (gnezdo) qoldiriladi.
Devorlarda deraza va eshiklarni o’rnatish uchun qoldirilgan joylarining ustini yopish va yuqoridagi devorni ushlab turish mo’ljallangan element to’sin deb ataladi.
Issiq va quruq iqlim sharoitiga ega bo’lgan tumanlarda xonadonni va uning xonalarini kunduzgi issiq va quruq havoning tasiridan tungi vaqtlarda xalos etish va shamollatish loyihalash ishlarini amalga oshirishdagi asosiy muammolardan biridir. Ushbu muammoni hal etish maqsadida janubiy tumanlarda loyihalanadigan binolarni ikki tomonlama shamollatish va yoritish (dvuxstoronnaya orientatsiya) asosida loyihalash ishlari amalga oshiriladi va binolarni loyihalashda yozgi xonalar ayvonlar, balkon, lodjiya va erkerlar loyihalanadi.






Download 7,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish