Qurilish materiallari va konstruksiyalari


Joriy nazorat uchun nazorat savollar



Download 7,74 Mb.
bet26/27
Sana13.06.2022
Hajmi7,74 Mb.
#664110
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot uchun UQ

Joriy nazorat uchun nazorat savollar:
1. Orayopmalarning vazifasi nimadan iborat?
2. Yig’ma temir-beton orayopmalarning qanday turlari mavjud?
3. Yig’ma temir-beton orayopmalarni loyihalash yo’llarini aytib bering?


Darsni o’tishda qo’llaniladigan pedagogik texnologiya turi:
- Aqliy hujum


Darsni o’tishda qo’llaniladigan texnik vosita turi:

  • Ko’rgazmali qurol

  • Proektor

  • Slayd

  • Tarqatma material



15-mavzu (2 soat).
tomlarining konstruktiv yechimlari.


Reja:

  1. Tekis turdagi tomlarni loyihalash.

  2. Tekis turdagi tomlarning yuk ko’taruvchi va himoyalovchi qismlari.



Tayanch so’zlar: tekis tom, uyushtirilgan va uyushtirilmagan suv oqizish, tomning yuk ko’taruvchi va himoyalovchi qismlari, tom qoplamasi, tekis plita, qovurg’ali plita, taboq-nastil.

Tekis tomlarning yuqoridan himoyalovchi himoya qatlami 25 mm qalinlikda ishlanib, uni bajarishda diametri 5-15 mm bo’lgan bitum qorishmasiga botirilgan mayda o’lchamli (melkozernistiy) graviy yoki yirik o’lchamli (krupnozernistiy) donador qumdan foydalaniladi. Himoya qatlamining asosiy kamchiligi shundan iboratki, tomda bazi bir ishlarni bajarish yoki tomdan qorni kurashga to’g’ri kelganda himoya qatlamining bazi joylarining ko’chib ketish holatlari sodir bo’ladi.


Tom qoplamasi (krovlya) sifatida 160-190 S da bitumli yoki degtli mastikada qizdirib tayyorlangan suv o’tkazmovchi 3-4 qavatli tol, ruberoid, pergamin, gidroizol, stekloruberoid turidagi gilamlardan, nishabli tomlar uchun to’lqinsimon asbestsementli, asbestplastmassali, alyuminiyplastmassali yoki metall elementlardan tayyorlangan qoplama taboq (list) lardan tashkil topgan tom qoplamalaridan, bazi hollarda vaqtinchalik bino va inshootlar qurilishida tol, ruberoid, pergamin va boshqa suv o’tkazmovchi gilamlardan xam foydalaniladi.
Tekislovchi qatlam uchun asfalt yoki sement-qumli qorishmadan, issiqlik saqlovchi qatlam uchun penobeton, penopoleuretan, penopolistirol va mineral paxtali plitalardan, keramzitbetonli yoki boshqa turdagi issiqlik saqlash xususiyatiga ega bo’lgan to’kma va boshqa turdagi issiqlik saqlovchi maxsulotlardan, issiqlik saqlovchi qatlamni turli xil namlanish va suvdan himoya etish maqsadida par saqlovchi qatlam sifatida ruberoid, polietilen, bitum surkamasi (bitumnaya okraska ili okleyka) va boshqa turdagi maxsulotlardan foydalaniladi.
Tom yopmasining yuk ko’taruvchi elementlari sifatida og’ir yoki yengil betonlardan tayyorlangan temirbeton tom yopma plitalari, metall elementlardan tayyorlangan to’lqinli turli xil kesimlarga ega bo’lgan taboq (list) lardan foydalaniladi.
Fuqaro binolari tomlarining himoya konstruksiyalari issiqlik saqlovchi (uteplennie) va issiqlik saqlamovchi (neuteplennie) turlarga ajratiladi. Qurilish ishlari amalga oshiriladigan tumanning klimatik sharoitlari, loyihalanadigan binoga qo’yiladigan ishlab chiqarish rejimi va binoni ekspluatatsiya qilish talablaridan kelib chiqib tom konstruksiyalariga issiqlik-texnik talablari xam qo’yiladi.
Fuqaro binolarining tomlari asosiy hollarda mastikali o’ramli maxsulotlardan (tol, ruberoid, pergamin) yoki suv o’tkazmovchi gidroizol, stekloruberoid turidagi gilamlardan tashkil topadi. Ushbu turdagi tomlar qiyaligining miqdoriga qarab tekis va nishabli tomlarga bo’linadi. Qiyalik darajasi 2,5 % dan kam bo’lgan tomlar tekis (ploskie), qiyalik darajasi 2,5 % dan ko’p bo’lgan tomlar nishabli (skatnie) bo’lgan tomlar turiga kiritiladi. Xar qanday holatda xam tomning nishabi 25% dan oshib ketmasligi lozim.
Tomning suv o’tkazmovchi qoplamasining qatlamlar soni va himoya qatlami tomning qiyaligidan kelib chiqib quyidagicha qabul qilinadi:
- tomning qiyaligi 2,5% gacha bo’lganda 4 qavatli himoya qatlami bilan;
-tomning qiyaligi 2,5%dan 10%gacha bo’lganda 3 qavatli himoya qatlami bilan;
- tomning qiyaligi 10% dan 15 % gacha bo’lganda 3 qavatli himoya qatlamisiz;
- tomning qiyaligi 15% dan oshiq bo’lganda 2 qavatli himoya qatlamisiz;
Tom satxini qoplashda o’ramli maxsulotlarni uzunligi (polotnisha) bo’yicha tomning cho’qqi (konyok) qismiga nisbatan yotqizish tomning qiyaligi 15% dan kam bo’lgan holatda parallel, 15% dan ziyod bo’lgan holatda esa perpendikulyar tarzda suvning oqishiga teskari holatda bir-birining ustiga 50-100 mm o’tkazib joylashtiriladi.
Tomda rejalashtirilgan suv qabul qiluvchi tarnovlar (yendova) va xarorat cho’kish choklari loyihalangan qismlarda suv o’tkazmovchi gilamlardan qo’shimcha qatlamlar o’rnatiladi.

Rasm. Tomdan suvning oqishi.
a)-uyushtirilmagan suv oqishi; b,v)-uyushtirilgan suv oqishi; 1-karniz plitasi; 2-antiseptirlangan yog’och element; 3-metall g’ilof (fartuk); 4-g’ilofning yuqorigi qismi; 5-qo’shimcha qoplama qatlami; 6-asosiy qoplama; 7-sementli tekislovchi qatlam; 8-issiqlik saqlovchi qatlam; 9-nam saqlovchi qatlam; 10-plita; 11-suv qabul qiluvchi voronka; 12-lotk; 13-devor usti tarnovlari; 14-suv qabul qiluvchi voronkaning trubasi; 15-yarim xalqli xomut; 16-suv qabul qiluvchi voronkaning jomi (chasha); 17-siquvchi xalqa; 18-himoya qalpog’i; 19-shpilka -M12; 20-keramzitbetonli blok;
Fuqaro binolarining konstruktiv yechimlarini amalga oshirishda binoning tashqi arxitekturaviy ko’rinishi va uning ichki issiqlik-namlik rejimiga yuqori darajada tasir ko’rsatib, binoni yuqoridan turli tashqi tasirlardan himoya qiluvchi, binoning asosiy konstruktiv qismlaridan biri bo’lgan tomlarning turini tanlab olish va loyihalash ishlariga katta etibor bilan qaraladi.
Fuqaro binolarining tomlari konstruktiv loyihalanishi bo’yicha progonli (to’sinli) va progonsiz(to’sinsiz) tarzda, chordoqli va chordoqsiz xamda nishabli (skatniy) va tekis (ploskie) tomlarga, tomdan suvning oqizilishiga qarab esa suvning oqishi uyushtirilgan va uyushtirilmagan tomlarga ajratiladi.
Fuqaro binolarining tomlari ikki qismdan tashkil topadi: yuk ko’taruvchi va himoyalovchi.
Tomning yuk ko’taruvchi qismi tomning yuk ko’taruv va yuk ko’taruv osti konstruksiyalaridan tashkil topadi.
Tomning yuqoridan himoyalovchi qismi esa himoya qatlami, tom qoplamasi, tekislovchi, issiqlik saqlovchi va par saqlovchi qatlamlari xamda binoning yuk ko’taruvchi tom yopma elementlaridan tashkil topadi.



Download 7,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish