Joriy nazorat uchun nazorat savollar:
Fuqaro binolarini loyihalashda qanday usullardan foydalaniladi?
Yerto’la nima?
Texnik yerto’la nima?
Darsni o’tishda qo’llaniladigan pedagogik texnologiya turi:
- Aqliy hujum
Darsni o’tishda qo’llaniladigan texnik vosita turi:
Ko’rgazmali qurol
Proektor
Slayd
Tarqatma material
11-mavzu (2 soat).
DEVORLAR VA PARDA DEVORLAR, ULARNING TURLARI VA ULARGA QO’YILADIGAN TALABLAR.
Reja:
Devorlar klassifikatsiyasi va ularga qo’yiladigan talablar.
G’isht-tosh konstruksiyali devorlar va ularga qo’yiladigan talablar.
Tayanch so’zlar: devor, g’isht-tosh konstruksiyali devorlar, yog’och konstruksiyali devorlar, gruntli devorlar, sintetik mahsulotli devorlar, mayda blokli konstruksiyalar, yuk ko’taruvchi, o’zining og’irligini qabul qiluvchi, o’zining og’irligini uzatuvchi, osilib turuvchi, ichki devor, tashqi devor.
Devorlar bino va inshootlarda quyidagi belgilariga qarab klassifikatsiyalanadi:
- tayyorlanish mahsulotiga qarab: g’isht-tosh konstruksiyali (tabiiy va suniy mahsulotlardan), yog’och konstruksiyali, gruntli va sintetik mahsulotlardan.
- statik ishlash xarakteriga qarab: yuk ko’taruvchi, o’zining og’irligini qabul qiluvchi, o’zining og’irligini uzatuvchi va osilib turuvchi.
- joylashish o’rniga qarab: ichki va tashqi.
G’isht-tosh konstruksiyali devorlar yaratilishiga qarab mayda o’lchamli va yirik o’lchamli konstruksiyalardan loyihalanadi. Mayda o’lchamli konstruksiyalar sifatida devorlarni loyihalashda kuydirib tayyorlangan keramik g’isht, mayda o’lchamga ega bo’lgan tabiiy va suniy ravishda tayyorlangan bloklardan foydalaniladi. Yirik o’lchamli konstruksiyalar sifatida esa tabiiy va suniy ravishda tayyorlangan yirik panellar va yirik bloklardan foydalaniladi.
G’ishtli konstruksiyalardan devorlarni barpo etishda asosiy hollarda 120x65x250 mm. va 120x88x250 mm. standart o’lchamlarga ega bo’lgan g’isht mahsulotlaridan foydalaniladi. G’ishtning 120x65mm. yoki 120x88mm. o’lchamli tarafini yonbosh tomon (tichok) deb, 65x250mm. yoki 88x250mm. o’lchamli tomonini bo’ylama tomon (lojok) deb, 250x120 mm.li yuqori yoki pastki yuzasini esa qoplama (postel) deb ataladi, shuning uchun ham g’isht qatorlarini yonbosh tomon bilan terilganda uni yonbosh qator (tichkovie ryad), bo’ylama tomoni bilan terilganda uni bo’ylama qator (lojkovie ryad) deb yuritiladi.
G’ishtli devorlarni terishda ularning bo’ylama yo’nalishdagi choklari 12mm, tik yo’nalishdagi choklari esa 10 mm. miqdorda qabul qilinadi va ulardagi choklarning qalinligini hisobga olgan holda devorlarning qalinligi 0,5; 1; 1,5; 2; 2,5 va 3 g’isht bo’ylama uzunligi miqdorida, yani mos ravishda 120, 250, 380, 510, 640 va 770 mm. qalinlikda qabul qilinadi.
Qurilish ishlarida g’isht terishning asosiy ikki usulidan yani, ikki qatorli zanjirli va ko’p qatorli terish usulilaridan ko’proq foydalaniladi.
Ikki qatorli zanjirli terish usulida har yonbosh qator har bir bo’ylama qator bilan zanjirlanadi yoki mahamlanadi. Ko’p qatorli terish usulida esa har uch, to’rt va besh yonbosh qatorlar bir bo’ylama qator bilan zanjirlanadi yoki mahkamlanadi.
G’ishtli konstruksiyaga ega bo’lgan devorlarning asosiy kamchiligi shundan iboratki, ularining yuqori darajada to’ldirilganligi (plotnost) va katta miqdorda issiqlik o’tkazuvchanligi (bolshaya teplovprovodnost) dir. Bunday hollarda devorlarni loyihalash va qurilishini amalga oshirishda kam issiq o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo’lgan bo’shliqli (pustotelnqye kirpich) g’ishtlardan foydalanish maqsadga muvofiq keladi. Ushbu maqsadlarda 32 yoki 78 teshikka ega bo’lgan hajmiy og’irligi 1800 kg/m3 bo’lgan g’isht mahsulotlaridan foydalanish mumkin.
G’ishtli mahsulotlardan barpo etiladigan devorlarning to’ldiruvchanlik darajasini kamaytirish, mahsulot sarfini kamaytirish va iqtisodiy miqdorlarni oshirish maqsadida g’isht devorlarni issiqlik saqlovchi effektiv mahsulotlar bilan birgalikda loyihalash maqsadga muvofiq keladi.
Ushbu turdagi issiqlik saqlovchi qatlamga ega bo’lgan devorlar ikki guruhga bo’linadi:
1. yengilbetonli qorishmalar bilan to’ldirilgan yoki yengil va g’ovakli betondan tayyorlangan tayyor issiqlik vkladishli g’isht-beton devorlar.
2. Ikki tomonlama 0,5 g’isht qalinligida terilib o’zaro bir-biri bilan bog’langan va o’rta qismi yengil betonlar bilan to’ldirilgan g’isht-beton devorlar.
3. Havo qatlamli g’isht devorlar (steni svozdushnimi prosloykami).
G’isht-tosh konstruksiyali devorlarni loyihalashda kuydirib tayyorlangan g’isht mahsulotli konstruksiyalar bilan birgalikda tabiiy va suniy turdagi mayda blokli konstruksiyalardan ham keng miqdorda foydalaniladi.
Barcha turdagi devorlar statik ishlash xarakteriga qarab: yuk ko’taruvchi, o’zining og’irligini qabul qiluvchi, o’zining og’irligini uzatuvchi va osilib turuvchi bo’lishi mumkin.
Yuk ko’taruvchi devorlar o’zining, unga beriladigan barcha doimiy va vaqtinchalik tasir etuvchi yuklarni qabul qilib poydevorga uzatadi.
O’zining og’irligini qabul qiluvchi devorlar esa faqat o’zining og’irligini qabul qilib og’irlikni poydevorga uzatadi.
O’zining og’irligini uzatuvchi devorlar esa asosiy hollarda oraliq devorlar sifatida loyihalanib, o’zi tayanib turgan konstruksiyalar orqali o’z og’irligini yuk qabul qiluvchi devorlar yoki boshqa konstruksiyalarga uzatadi.
Osilib turuvchi devorlar esa to’g’ridan-to’g’ri yuk qabul qiluvchi karkas konstruksiyalariga osilib turgan hoatda loyihalanadi va o’zining og’irligini yuk ko’taruvchi konstruksiyalarga uzatadi.
Bino va inshootlarida loyihalanishiga va joylashish o’rniga qarab devorlar ichki va tashqi holatda loyihalanadi. Loyihalanish o’rni va joyiga qarab ularga alohida talablar qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |