Joriy nazorat uchun nazorat savollar:
Orayopmalarning vazifasi nimadan iborat?
Orayopmalarning qanday turlari mavjud?
Yaxlit turdagi orayopmalarni loyihalash yo’llarini aytib bering?
Darsni o’tishda qo’llaniladigan pedagogik texnologiya turi:
- Aqliy hujum
Darsni o’tishda qo’llaniladigan texnik vosita turi:
Ko’rgazmali qurol
Proektor
Slayd
Tarqatma material
14-mavzu (2 soat).
ORAYOPMALARNI O’ZARO VA YUK KO’TARUV KONSTRUKSIYALARI BILAN BIRIKTIRISH.
Reja:
Yirik panelli orayopmalar va ularga qo’yiladigan talablar.
Temirbeton elementlardan loyihalanadigan yirik panelli orayopmalarnining konstruktiv yechimlari.
Tayanch suzlar va iboralar: orayopma, yig’ma orayopma, tusinli orayopma, tusinsiz orayopma, asosiy va ikkinchi darajali tusinlar, kapitel, tekis, g’ovakli va qovurg’ali orayopma.
Hozirgi kunda turar joy binolarini loyihalashda yigma temirbeton konstruksiyalarga ega bo’lgan orayopma turlaridan keng mikdorda foydalanilmokda. Yigma temirbeton konstruksiyalarga ega bo’lgan orayopmalar asosan ishlab chiqarish korxonalarida tayyorlanadigan plitalardan tashkil topib tekis, g’ovakli va qovurg’ali tarzda tayyorlanadi.
Konstruktiv sxemasiga karab ular ikki tomoni bilan yuk kutaruvchi devorlar yoki tusinlarga urnatiladigan, uch tomoni bilan yuk kutaruvchi devorlar yoki tusinlarga urnatiladigan, turt tomoni bilan yuk kutaruvchi devorlar yoki tusinlarga urnatiladigan va turt burchagi bilan yuk kutaruvchi devorlar yoki tusinlarga urnatiladigan holatda loyihalanishi mumkin.
Xar kanday holatda xam ular yuk kutaruv devorlari va tusinlarga maxsus ankerlar yoki maxkamlash detallari orqali bilan bikr maxkamlanib, yuk kutaruv devorlariga urnatilishi 120mm.dan, blok va paneli devorlarga urnatilishi esa 100 mm.dan kam bulmasligi lozim. Plitalar orasidagi choklar sement kumli korishma bilan tuldiriladi. Orayopma panellari unifikatsiyalangan o’lchamlarga mos ravishda uzunligi 2,4 m.dan 12 m. gacha va balandligi uzunligi 9 m. gacha bo’lgan panellar uchun 220 mm., uzunligi 12 metr bo’lgan panellar uchun 300 mm. balandlikda tayyorlanadi.
Binolarni loyihalash va kurilish ishlarida osma shiftlarni loyihalash mumkin bo’lgan hollarda qovurg’ali plitalardan xam foydalaniladi. Ushbu plitalar 6,9 va 12 m. uzunlikda tayyorlanib, balandligi mos ravishda 300 va 450 mm. balandlikda tayyorlanadi. Osma shift va plita orasidagi bushlik maydondan asosiy hollarda isitish, yoritish, shamollatish va elektr kurilmalarini joylashtiriladi.
Hamma turdagi orayopma panellari oldindan kuchlantirilgan armaturalash usuli orqali tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |