Mashg‘ulotning uslubiy ta’minoti:
Neville, Adam M. Properties of concrete / A.M. Neville. -- 5th ed. p. cm. ISBN 978-0-273-75580-7 (pbk.)
Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton va temir-beton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi. Darslik. T., 2011.
Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton texnologiyasi. O‘quv qo‘llanma. I va II qism. TAQI T., 2012.
Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton texnologiyasi. O`quv qo`llanma. I va II qism. TAQI T., 2012.
Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton va temir-beton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi. O‘quv qo‘llanma. I va II qism. T., 2012.
11-modul:Beton qorishmasi xossalariga ta’sir etuvchi omillar. Beton qorishmalarining harakatchanligi va bikrligi.
Reja:
1. beton tarkibi
2. Sement qorishmasi konsistensiyasi
3.beton tarkibi va beton aralashmasi konsistensiyasida koeffitsienti
Beton xususiyatlari qoliplash uni tayyorlash, joylash va qotishidan boshlanadi. Bu jarayonlar betonning, konstruksiyaning va buyumlarning sifatini aniqlaydi. SHu sababli beton qorishmasini xususiyatlarini, uning turli faktorlarga bog‘liqligini, berilgan xususiyatdagi beton qorishmasini olishni bilish, beton qorishmasini tayyorlash jarayonlarini, yoyishni va qotish davrlarini uquvli boshqarish katta ahamiyat kasb etadi.
Beton qorishmasiga xususiyatli bo‘lgan jihatlardan biri uning qulay to‘shaluvchanligi, yoki shakllanuvchanligi, jumladan, berilgan shaklni bir tekisda yoyilib qoplashi va ayni vaqtda bir turligini va monolitligini saqlashidir. Qulay to‘shaluvchanlik beton qorishmasining shaklni (qolipni) to‘ldirish jarayonida harakatchanligi(oquvchanligi), plastikligi, ya’ni yorilmasdan deformatsiyalanishi bilan aniqlanadi.
Beton qorishmasining turli sharoitlarda o‘zini tutishini ta’riflash uchun uning reologik harakteristikalaridan foydalanadilar: surilishdagi chegaraviy zo‘riqish, relaksatsiya davri va qovushqoqlik. Bunday xususiyatlarni aniqlash uchun viskozimetrlardan foydalaniladi (1.5-rasm). Bunday tajribalar asosan ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarda amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish sharoitlarida esa odatda beton qorishmasini harakatchanligini (oquvchanligi) turli moslamalar yordamida nazorat qiladilar. Bu jihozlar tez va nisbatan oddiy holda beton qorishmasining zaruriy harakteristikalarini olish imkonini beradi.
rasm.Sement hamiri va beton qorishmasining reologik xususiyatlarini aniqlaydigan asboblarning sxemalari.
a-teshikdan qorishmaning oqish tezligini o‘lchaydigan; b-konusning cho‘kish chuqurligini o‘lchaydigan; v-sharchaning cho‘kish tezligini o‘lchaydigan; g-tortilishdagi zuriqishni o‘lchaydigan; d-koaksial silindrlarning aylanishdagi zo‘riqishini o‘lchaydigan.
rasm. Surilishdagi ko‘chlanishga bog‘liq holda qovushqoq plastik beton qorishmalari xususiyatlarining o‘zgarishi.
a-tarkibiy qovushqoqlikning o‘zgarishi; b-oquvchanlikdagi deformatsiyalanish tezligini o‘zgarishi (α0 va αm -sistemaning qovushqoqligini xarakterlovchi burchaklar).
Beton qorishmasini to‘liq baholash va beton va temir-beton buyumlarini va konstruksiyalarini ishlab chiqarishni to‘g‘ri tashkil etish uchun qorishmaning boshqa xususiyatlarini ham bilish zarur, ularga quyidagilar kiradi: uning zichlashuvi, bir turliligi, qatlamlashuvchanligi, hajmining qotish jarayonida o‘zgarishi, havo yutuvchanligi, birlamchi mustahkamligi (zudlik bilan qolipdan chiqariladigan bikir beton qorishmalari uchun).
Beton qorishmasining o‘ziga xosligi asosan uning xususiyatlari (aksariyat ko‘p yoki oz jihatdan) tayyorlash boshlanishidan qotgunicha doimiy o‘zgarib tarishi bo‘lib, beton qorishmasida va betonda ketadigan murakkab fizikaviy-kimyoviy jarayonlarga bog‘liq.
Bu xususiyatlarga asosan sement hamirining miqdori va sifati o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, chunki aynan sement hamirigina dispers sistema bo‘lib, suyuq va qattiq fazalar orasida katta oraliqqa egaligi va bunda molekulyar tishlashish kuchlarining kuchayishiga hamda sistemaning bog‘langanligini oshishiga olib keladi. Beton qorishmasining xususiyatiga suv sarfi xal qiluvchi ta’sirga ega, chunki faqat suv butun sistema uchun harakterli bo‘lgan bog‘liqlik va harakatchanlikni beruvchi, hajm va suyuq fazaning tuzilishida hamda bog‘lanish kuchlarini ortishida asosiy ahamiyat kasb etadi.
Sementning gidratatsiyalanishi jarayonida (qotishdan avval) yanada ko‘proq yangi tashkil topgan gelsimon gidrat bog‘lanmalar yuzaga keladi va ular qattiq fazaning dispersligini oshishiga olib keladi. Ayni paytda bu jarayon beton qorishmasida sement hamirining elimlovchi va plastifikatsiyalovchi xususiyatlarini ham oshirib, uning bog‘lovchilik ahamiyatini ko‘taradi. SHu bilan birga beton qorishmasining harakatchanligi kamaya boradi.
1.7-rasm. Beton qorishmasi harakatchanligini konus yordamida aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |