Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalari ishlab chiqarish



Download 20,24 Mb.
bet36/166
Sana17.03.2023
Hajmi20,24 Mb.
#919930
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   166
Bog'liq
УМК БТБТ 21 asosiy

3. 1-rasm. Beton qorshmalarining tarkibiy tiplari va ularning tekis harakatchan qorishmadagi suvshimuvchanlikka ta’siri
I-suzuvchan to‘ldiruvchi bilan; II- zich joylashgan to‘ldiruvchi bilan; III-yirik g‘ovakli, sement hamirining etishmovchiligi bilan.

Ikkinchi turdagi tuzilishda sement hamiri kamroq bo‘lib, u faqat to‘ldiruvchining donalari orasidagi g‘ovaklikni to‘ldiradi va donalar ustiga surtilgandek bo‘lib, qalinligi sement zarralari 1-3 diametriga to‘g‘ri keladi. Bu sharoitda alohida to‘ldiruvchi donalarining ta’sir doiralarida bir-birlarini to‘sadilar – to‘ldiruvchi donalari orasida ishqalanish yuzaga keladi. Qorishmaga yuqorida aytilganidek (birinchi turdagi kabi) harakatchanlikni berish uchun yanada jadalroq ta’sir yoki S/TSning o‘zgartirilishi hisobiga birinchi tur tuzilishdagi xususiyatlarga keltiriladi.


Beton qorishmasining uchinchi tur tuzilishida sement hamiri kam, u faqat to‘ldiruvchi donalarini yuzasini juda yupqa qalinlikda qoplaydi, donalar orasidagi g‘ovakliklarni qisman to‘ldiradi.
Bir turdan tuzilishdan ikkinchisiga o‘tish to‘ldiruvchi miqdorini oshishi bilan birin-ketin amalga oshadi. Birinchi o‘tish avval kichik hajmlarda va ketma-ket butun beton hamirini qamrab oladi. Ikkinchi tuzilishdan uchinchi tuzilishga o‘tishda (tsement hamirining to‘ldiruvchilar orasidagi g‘ovaklarni to‘ldirishga etishmayotgan jarayonda) beton qorishmasini qorishtirish yoki yoyishda katta miqdorda havo qo‘shilib ketadi va ular to‘ldiruvchidagi donalararo bo‘sh g‘ovakliklarni to‘ldirib, sement hamiri hajmini oshirgandek bo‘ladi. Bunday tuzilishni ikkinchi turga mansub deyish mumkin. Sement hamirini miqdorini tobora kamayishi bilan kirayotgan havo va havo pufakchalari o‘lchamlarining ortishi natijasida notekisliklar va yoriqlar paydo bo‘ladi. Bunday tuzilish uchinchi turga mansub.
Beton qorishmasi tuzilishi harakterini ketma-ket o‘zgarishi natijasida turli tuzilishlar orasidagi chegaralar nisbiydir. Bu chegaralar sement va to‘ldiruvchi, beton qorishmasining harakatchanligi, qoliplash usullari va boshqa faktorlarni o‘zgarishi bilan ahamiyatli darajada surilishi mumkin.
Odatdagi beton qorishmalari ikkinchi tur tuzilishiga kiradi. Bunday tuzilishlar o‘zining katta samaradorligi balan ajralib turadi va minimal sement sarfi bilan berilgan harakatchanlikdagi qatlamlashmaydigan beton qorishmasini olish imkonini beradi. Tuzilishi birinchi turga mansub bo‘lgan qorishmalarga armotsement konstruktsiyalar tayyorlash uchun qo‘llaniladigan bog‘lovchi sarfi orttirilgan sement-qumli qorishmalar kiradi. Tuzilishi uchinchi turga mansub qorishmalarga qumsiz beton qorishmalari va boshqa sayoz qurilish qorishmalari kiradi.
Beton xususiyatlari qoliplash uni tayyorlash, joylash va qotishidan boshlanadi. Bu jarayonlar betonning, konstruktsiyaning va buyumlarning sifatini aniqlaydi. SHu sababli beton qorishmasini xususiyatlarini, uning turli faktorlarga bog‘liqligini, berilgan xususiyatdagi beton qorishmasini olishni bilish, beton qorishmasini tayyorlash jarayonlarini, yoyishni va qotish davrlarini uquvli boshqarish katta ahamiyat kasb etadi.
Beton qorishmasiga xususiyatli bo‘lgan jihatlardan biri uning qulay to‘shaluvchanligi, yoki shakllanuvchanligi, jumladan, berilgan shaklni bir tekisda yoyilib qoplashi va ayni vaqtda bir turligini va monolitligini saqlashidir. Qulay to‘shaluvchanlik beton qorishmasining shaklni (qolipni) to‘ldirish jarayonida harakatchanligi(oquvchanligi), plastikligi, ya’ni yorilmasdan deformatsiyalanishi bilan aniqlanadi.
Beton qorishmasining turli sharoitlarda o‘zini tutishini ta’riflash uchun uning reologik harakteristikalaridan foydalanadilar: surilishdagi chegaraviy zo‘riqish, relaksatsiya davri va qovushqoqlik. Bunday xususiyatlarni aniqlash uchun viskozimetrlardan foydalaniladi (3. 2-rasm). Bunday tajribalar asosan ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarda amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish sharoitlarida esa odatda beton qorishmasini harakatchanligini (oquvchanligi) turli moslamalar yordamida nazorat qiladilar. Bu jihozlar tez va nisbatan oddiy holda beton qorishmasining zaruriy harakteristikalarini olish imkonini beradi.





Download 20,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish