Bog‘lanish yuzaga kelishining sharoit va sabablari
Suvning taqribiy nisbiy miqdori, suvning umumiy miqdori % hisobida
YAngi tayyorlangan qorishmada
TSementning qotish davrida
Kimyoviy (aniq miqdoriiy nisbatlarda)
Qorishmadan gidratatsiya va kristallashuv
1-2
4-5
Fizikaviy-kimyoviy, adsorbtsion
Qattiq fazaning molekulyar kuch maydonida adsorbtsiya
3-5
20-25
Mexanik, tuzilish
Suvning ingichka kapillyarlar, yoriqlar va g‘ovaklarni to‘ldirishi
93-95
70-75
Suvning kamroq qismi sement bilan kimyoviy ta’sirlashuvga kiradi va kimyoviy bog‘langan holatda qoladi. Bu suvning nisbiy miqdori borgan sari o‘sib boradi, biroq qotish vaqtida 5 %dan oshmaydi. Suvning boshqa qismi adsorbtsion kuchlar ta’sirida qattiq fazaning yuzasida fizikaviy-kimyoviy bog‘lanishda bo‘ladi.
Fizikaviy-kimyoviy bog‘langan suvning miqdori ham odatda qattiq jismning nisbiy yuzasini ortishi bilan kuzatiladigan sementning giratatsiyasi jarayonida o‘zgaradi. YAngi tayyorlangan sement hamirida bunday suvning miqdori 3-5% ni, qotish vaqtigacha esa o‘sib borib umumiy suv miqdoriining 25% gacha etadi. Sement hamiridagi asosiy suv miqdori donalar orasidagi muhitda joylashadi, bu g‘ovaklar va oraliqlarning o‘lchamlari 1 dan 50mkm gacha va undan ortiq o‘zarishi mumkin. Sementning giratatsiyasi jarayonida kapillyar kuchlar ta’siri va gel paydo bo‘lishi natijasida donalararo muhitda suv sement toshi bilan fizikaviy-kimyoviy bog‘lanadi. Odatda buni erkin bog‘lanish deb ataydilar, binobarin ular kimyoviy bog‘lanmagan va qattiq fazaning xech qanday molekulyar kuchlari ta’sirida emas. Erkin suvning nisbiy miqdori sement hamiri tayyorlangan zaxoti suvning umumiy hajmiga nisbatan 90%ni tashkil etadi va qotish jarayoniga qadar 65-70% ga tushib ketadi. Aynan erkin suvgina sement hamirining harakatchanligiga eng ko‘p ta’sir ko‘rsatadi.
Sement hamiri bilan to‘ldiruvchining o‘zaro nisbatiga ko‘ra beton qorishmasini asosiy uch turga ajratish mumkin (3. 1-rasm). Bu turlarning har biri beton va temir-beton konstruktsiyalarini qoliplashda xususiyatlari va o‘zini tutishi bilan ajralib turadi. Birinchi tur tuzilishidagi to‘ldiruvchining donalari bir-biridan ahamiyatli masofaga ajralgan va umuman bir-biri bilan ta’sirlashmaydi. Donalar faqat sement hamirining tegib turgan xududiga ta’sir ko‘rsatadi. Ular ta’sirining yig‘indisi to‘ldiruvchi donalarining miqdoriga va ularning solishtirma yuzalariga to‘g‘ri proportsional.