Foydalanilgan adabiyotlar
Neville, Adam M. Properties of concrete / A.M. Neville. -- 5th ed. p. cm. ISBN 978-0-273-75580-7 (pbk.)
Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton va temir-beton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi. Darslik. T., 2011.
Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton texnologiyasi. O‘quv qo‘llanma. I va II qism. TAQI T., 2012.
Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton texnologiyasi. O`quv qo`llanma. I va II qism. TAQI T., 2012.
Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton va temir-beton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi. O‘quv qo‘llanma. I va II qism. T., 2012.
9-modul: Temirbeton konstruksiyalarini o‘rnatilgan qismlari korroziyasi
Betonning I tur korroziyasiga chidamliligini oshirish uchun quyidagilar ishlatiladi: a) zichligi yuqori beton; b) beton yuzasini tabiiy yoki sun’iy karbonizatsiyalash; v) maxsus, xususan, putssolan sement; g) beton yuzasini gidroizolyasiyalash; d) betonni qoplash yoki maxsus vositalarni shimdirish.
Korroziyaning II turida beton ketma-ket emirilmaydi. Betonning tashqi muhitga ochiq yuzasida gidratlangan sement toshi struktura elementlari, ba’zan esa sement klinkerining gidratlanmagan zarrasi buziladi. YAngi hosil bo‘lgan moddalarda agressiv muhitning kirishiga qarshi turadigan bog‘lovchi xususiyat ham etarli zichlik ham bo‘lmaydi. Ular yuvilib yoki erib betonning ichki qatlamlari ochilib qoladi.
Tabiiy suvda korroziyaning korbonat angidritli suv ta’siri bilan bo‘ladigan turi ko‘proq uchraydi. Karbonat angidrit H2CO3 hamma suvda bo‘ladi. Suvning o‘zi va tuproqda bo‘ladigan jarayonlar suvda karbonat angidritni hosil qiladi.
Karbonat angidritda dissotsiatsiya ikki bosqich bilan bo‘ladi:
Aralashmada vodorod ionlari (N+)ning ko‘payishi reaksiyaning muvozanatini buzadi,s huningdek . Vodorod ionlarining kamayishi aksincha karbonat angidritnih osil qiladi va . Aralashmadagi turli pH asosiy shakli turlicha bo‘lishi harakterlidir: rN>8,4 bo‘lganda suvda karbonat angidrit N2SO3 bo‘lmaydi, rN<6,5 bo‘lganda N2SO3 asosiy shakl, rN<4 da yo‘q bo‘ladi, rN>6,5 da - asosiy shakl, rN>11 da - asosiy shakl. Aralashmada b arqaror holat bo‘lishi uchun unda ma’lum miqdorda SO2 bo‘lishi kerak. N+, SO23- va muvozanatga kelgan suv karbonat plenkani eritmaydi, ya’ni, sement toshiga nisbatan agressiv emas. SO2 muvozanatdagi holatidan oshganda karbonat plenkani eritadigan sharoit yaraladi, ya’ni suv betondagi sement toshiga nisbatan agressiv xususiyatga ega bo‘ladi.
Aralashmada reaksiyaga kirishmaydigan ionlarning bo‘lishi (Cl-, Na+ va h.k.) aralashmaning ion kuchini oshirib yuboradi, reaksiyani tezlashtiradi va ko‘p miqdordagi SaNSO3 ni eritadi. Agar betonga turg‘un yoki sekin oqadigan suv ta’sir qilsa betonning yuzasida karbonat muvozanat hosil bo‘ladi, ya’ni emirilish sekinlashadi. Suv tez oqqanda reaksiyaning sekinlashishi ta’sirga uchrovchi yuzaning kamayganligi sababli yuz beradi, aralashmada ON- ionlar kamayishi SaNSO3ni SaSO3ga aylantirib cho‘kma holatiga keltiradi. Sement toshida ON- konsentratsiyasi qancha yuqori bo‘lsa agressiv suvning yuza qismida tez almashinishi uni shunchalik tez emiradi.
Bundan xulosa qilish mumkinki, oldiniga portlandsement va putssolan portlandsementidagi sement toshining buzilish tezligi bir xil bo‘ladi, so‘ngra putssolan sementli sement toshida uning borishi kamayadi. Nimagaki suyuq fazada uning tarkibidagi gidroksil ionlar (ON-) ancha kam bo‘ladi. shu sababli gil tuproq sementli beton II tur korroziyaga chidamliroq bo‘ladi. bunda beton va korroziya mahsulining zichligi ayniqsa ahamiyatli bo‘ladi.
Karbonat angidritli korroziya sharoitida bo‘ladigan korroziya jarayoniga xulosa yasab aytib o‘tish kerakki,agressiv N2SO3 qancha ko‘p bo‘lsa aralashmaning kislotalik xususiyatlari ortib korroziya tezlashadi.
Betonga noorganik kislotalarning ta’siri ham II tur korroziyaga sabab bo‘ladi va beton sement toshini to‘la emirib I tur korroziyaga o‘tishi mumkin.
4>
Do'stlaringiz bilan baham: |