Ma’ruzani mustahkamlash uchun savollar
CaO ni beton yuzasidan ajralish tezligiga nima bog‘liq bo‘ladi
beton karbonlanganda I tur korroziyaning rivojlanish tezligi
Foydalanilgan adabiyotlar
Neville, Adam M. Properties of concrete / A.M. Neville. -- 5th ed. p. cm. ISBN 978-0-273-75580-7 (pbk.)
Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton va temir-beton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi. Darslik. T., 2011.
Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton texnologiyasi. O‘quv qo‘llanma. I va II qism. TAQI T., 2012.
Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton texnologiyasi. O`quv qo`llanma. I va II qism. TAQI T., 2012.
Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton va temir-beton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi. O‘quv qo‘llanma. I va II qism. T., 2012.
6-modul: Betonni strukturaviy defekti
Reja:
Defektlar klassifikatsiyasi
Beton strukturasi shakllanishda defektlar xosil bo‘lishi
Defektlar hosil bo‘lishini oldini olish.
Defekt deb loyihadan yoki standartdan me’yorlardan oshuvchi har qanday cheklanish aytiladi.
Bino va inshootlarda tarkibida defektlar yoki shikastlanishlar bo‘lmasligi kerak, lekin tekshirishda ular borligi aniqlanadi.
Defektlar sabablari:
Loyihalashdagi hatolar;
Materiallar defekti;
Tayyorlash texnologiyaiga rioya etmaslik;
Montaj vaqtidagi hattolar;
Bino va inshootlarni tiklashdagi sifat;
Binolar texnik ekspluatatsiyasi qoidalariga rioya qilmaslik.
7-modul: Beton korroziyasini turlari. I-, II- va III-turdagi korroziyalar
Reja:
Korroziyaning birinchi guruhi
Korroziyaning ikkinchi guruhi
Korroziyaning uchinchi guruhi
V.M. Moskvin korroziya asosiy turlarini sinflarga ajratishni taklif etgan (27). Olingan eksperimental ma’lumotlar va konstruksiyalar eksplutatsiyasida to‘plangan tajribaga ko‘ra betonda bo‘ladigan karroziya jarayonlari uch turga bo‘lindi:
Korroziyaning birinchi guruhi (I tur korroziya)ga yumshoq suv ta’siri bilan betonda korroziya jarayonlari birlashtirilib unda sement tarkibiy qismlari erib suv bilan oqib ketadi. Betonning I tur korroziyasi suv betonda filtratsiyalanganda ayniqsa tez boradi.
Korroziyaning ikkinchi guruhi (II tur korroziya) ga tarkibidagi kimyoviy moddalar sement toshi tashkil etuvchilari bilan reaksiyaga kirishadigan suv sabab bo‘ladigan korroziyalar kiradi. Reaksiya mahsullari suvda oson erib biriktirish xususiyati bo‘lmagan amorf massa sifatida oqib ketadi, yoki reaksiya joyida qoladi. Bu guruh kislota va magnezial tuzlar ta’sirida bo‘ladigan jarayonlarni qamrab oladi.
Korroziyaning uchinchi guruhi (III tur korroziya)ga beton g‘ovaklari va kapillyarlarida kam eriydigan tuzlar yig‘iladigan jarayonlar kiradi. Ularning kristallashuvi g‘ovak devorlari va kapillyarlardagi bosimni oshirib betonstrukturasi elementlarini buzadi. Ular sirasiga beton kalsiy gidrosulfoalyuminat kristallarining ko‘payishi natijasida emiriladigan sulfatlar ta’sirida bo‘ladigan korroziyani kiritish mumkin
Tabiiy sharoitda betonga bir qancha omillarning ta’sirini ko‘rish mumkin. Lekin ularning birortasi boshqasidan ko‘ra ko‘proq ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |