Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalari ishlab chiqarish



Download 20,24 Mb.
bet97/166
Sana17.03.2023
Hajmi20,24 Mb.
#919930
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   166
Bog'liq
УМК БТБТ 21 asosiy

2.6-jadval

Suv – muhitning agressivlik darajasi

Konstruksiyadagi betonning emirilish chuqurligi, sm

temir-beton

beton

Noagressiv

1

2

Sust agressiv

1-2

2-4

O‘rtacha agressiv

2-4

4-6

Kuchli agressiv

4 dan ortiq

6 dan ortiq

Agressiv muhit ta’sirida beton emirilib ketishi mumkin. YA’ni, konstruksiya beton etarli darajada chidamli bo‘lmagani uchun buziladi. Konstruksiyalarni loyihalashtirishda agressiv muhitning tarkibi, konstruksiyaning ekspluatatsiya qilinish sharoitini hisobga olish, materialni to‘g‘ri tanlab beton zichligini to‘g‘ri belgilash va konstruksiyaning ko‘p yil ishlashini ta’minlash lozim.


Temir-beton konstruksiyalarni loyihalashtirganda betondagi armaturaning saqlanishiga ham ahamiyat berish zarur. Betonga po‘latga nisbatan agressiv bo‘lmagan ionli suyuq muhit ta’sir qilganda birinchi navbatda beton emiriladi. Gazli havoli muhitda (havoning nisbiy namligi >60%), shuningdek konstruksiyaga po‘latga nisbatan agressiv ionli (Cl-) qattiq va suyuq muhit ta’sir qilganda armatura korroziyasi bo‘lishi mumkin. Bu holda konstruksiyaning emirilishi armatura korroziya natijasida bo‘ladi. zang mahsuli armaturada yig‘ilib betonga bosim tushiradi, darz paydo bo‘lishi so‘ng esa himoya qatlamining emirilishiga sabab bo‘ladi. korroziyada yorilib ketishi mumkin bo‘lgan mustahkamligi yuqori po‘lat ishlatilishi ayniqsa xavf darajasini oshiradi. Bu holatda zo‘riqqan armatura uzilib ketishi mumkin.
Gazli muhitdagi korroziya nam bo‘lgan sharoitda yuz berib uning o‘tishi betonning suvli muhitda korroziyaga uchrashidan farq qilmaydi.
V.M. Moskvin korroziya asosiy turlarini sinflarga ajratishni taklif etgan (27). Olingan eksperimental ma’lumotlar va konstruksiyalar eksplutatsiyasida to‘plangan tajribaga ko‘ra betonda bo‘ladigan karroziya jarayonlari uch turga bo‘lindi:
Korroziyaning birinchi guruhi (I tur korroziya)ga yumshoq suv ta’siri bilan betonda korroziya jarayonlari birlashtirilib unda sement tarkibiy qismlari erib suv bilan oqib ketadi. Betonning I tur korroziyasi suv betonda filtratsiyalanganda ayniqsa tez boradi.
Korroziyaning ikkinchi guruhi (II tur korroziya) ga tarkibidagi kimyoviy moddalar sement toshi tashkil etuvchilari bilan reaksiyaga kirishadigan suv sabab bo‘ladigan korroziyalar kiradi. Reaksiya mahsullari suvda oson erib biriktirish xususiyati bo‘lmagan amorf massa sifatida oqib ketadi, yoki reaksiya joyida qoladi. Bu guruh kislota va magnezial tuzlar ta’sirida bo‘ladigan jarayonlarni qamrab oladi.
Korroziyaning uchinchi guruhi (III tur korroziya)ga beton g‘ovaklari va kapillyarlarida kam eriydigan tuzlar yig‘iladigan jarayonlar kiradi. Ularning kristallashuvi g‘ovak devorlari va kapillyarlardagi bosimni oshirib betonstrukturasi elementlarini buzadi. Ular sirasiga beton kalsiy gidrosulfoalyuminat kristallarining ko‘payishi natijasida emiriladigan sulfatlar ta’sirida bo‘ladigan korroziyani kiritish mumkin
Tabiiy sharoitda betonga bir qancha omillarning ta’sirini ko‘rish mumkin. Lekin ularning birortasi boshqasidan ko‘ra ko‘proq ta’sir qiladi.
I tur korroziya devori yuqa va suv bosimi sharoitida ishlatiladigan konstruksiyalar uchun ayniqsa xavfli bo‘ladi. bunday sharoitda sement toshiningtarkibiy qismlari erib suvda yuvilib ketishi mumkin. Sement gidratatsiyasining ayniqsa oson eriydigan mahsuli kalsiy oksidining gidrati hisoblanadi va uning yuvilishi sement klinkerining gidroliziga sabab bo‘ladi. birinchi navbatda uch kalsiyli va ikki kalsiyli gidrosilikat kabi ko‘p asosli so‘ng past asosli birikmalar [masalan CaOsiO2aq] emiriladi. Gidroalyuminatlardan to‘rt kalsiyli alyumoferrit (C4AF) kamroq chidamli bo‘ladi.
Betondagi kalsiy gidrookisining ajralishi beton qorishma qismi mustahkamligi yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. beton 33% CaO yo‘qotganda uning emirilishi boshlanadi. Beton korroziyasining tezligi betonni yuvadigan suv oqimi tezligiga to‘g‘ri proporsionaldir. Biroq oqim tezligi katta bo‘lganda ishqor yuvilish asosan CaO ni beton yuzasidan ajralish tezligiga bog‘liq bo‘ladi. I tur korroziya jarayonining o‘tishiga suv – muhitning kimyoviy tarkibi katta ta’sir qiladi. Suvdagi tuz sement toshi elementlari bilan reaksiyaga kirishmasa ham aralashmaning ionli kuchini oshirib CaO ishqor yuvilishini tezlashtiradi. Aralashmada kalsiy tuzi (CaHCO3) CaCO3) ishqor yuvilish tezligini kamaytiradi. SHuning uchun beton karbonlanganda I tur korroziyaning rivojlanish tezligini kamayadi. Betonning I tur korroziyaga chidamliligi ishlatilayotgan sementning kimyoviy tarkibiga ham bog‘liq bo‘ladi Agar emirilish sementning tarkibiy qismining erishi natijasida sodir bo‘lsa, ya’ni SaOning ko‘p qismi eritmaga o‘tsa, portlandsementda yuqori asosli birikmalar ( alit C3S, belit C2S) ning ko‘proq bo‘lishi sement toshining chidamliligini kamaytiradi.
Sementga faol gidravlik qo‘shimchalar (trepel, trass va h.k.) qo‘shib ham beton chidamliligini oshirsa bo‘ladi. Mazkur moddalar Sa (ON)2 ni erimaydigan birikmaga aylantirib SaO yuvilishini kamaytiradi. Bundan tashqari yuqoridagi qo‘shimchalar betonning suv o‘tkazish xususiyatini ham kamaytiradi. Putssolon portlandsement suv bilan sovuqning birga ta’siri istisno qilingandagina I tur korroziyasiga chidamli bo‘lishini ham aytib o‘tish zarur.

Download 20,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish